4.Statik va astatik boshqarish.
YUklamaning har qanday muvozanat qiymatiga boshqariluvchi kattalikning yangi muvozanat qiymati to’g’ri kelsa, bunday boshqarishga statik boshqarish deb ataldi.
YUklamaning har qanday muvozanat qiymatiga boshqaruvchi kattalikning bir xil qiymati to’g’ri kelsa, bunday boshqarish astatik boshqarish deb ataladi.
Astatik boshqarish sistemalari boshqariluvchi kattalik bilan boshqaruvchi organ o’rtasidagi qattiq bog’lanishning yo’qotilishi bilan xarakterlanadi. Bu bog’lanish sistemasiga qo’shimcha astatik deb ataladigan ya’ni integrallash vazifasini bajaradigan zveno kiritish bilan amalga oshiriladi.
6-rasmda boshqariluvchi kattalik bilan yuklama orasidagi bog’lanishning statik va astatik boshqarishdagi grafigi keltirilgan.
6-rasm a) statik boshqarish
b) astatik boshqarish.
Astatik sistemalarda yuklamaning o’zgarishi bilan hosil bo’ladigan statik xatolik bo’lmaydi, lekin «D» xatolikning bo’lishi har qanday real sistema elementlarining ideal xarakteristikasiga ega bo’lmasligi bilan izohlanadi.
Statik sistemalarda statik xatolikni xarakterlovchi statizm ust tushunchasi kiritiladi. Boshqarish statizmi ust yuklamaning nominal qiymatigacha o’zgarganda, boshqarilayotgan kattalikning og’ish darajasini xarakterlaydi.
ust=(Ymax-Ymin) /Ymin
|