• «Sapfir-22M- DA»
  • 8-mavzu. Bosim datchiklari. Reja




    Download 4,45 Mb.
    bet2/5
    Sana30.11.2023
    Hajmi4,45 Mb.
    #108596
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    8-mavzu. Bosim datchiklari.

    1.26. Rasm. Tenzoqarshilikli bosim o‘lchash datchigining o‘rnatilish sxemasi

    Quyidagi 1.27-rasmda esa tenzoqarshilikli bosim o‘lchash datchigining o‘rnatilish sxemasining MATLAB dasturida yaratilgan modeli berilgan. Bu model orqali tenzoqarshilikli bosim o‘lchash datchigining deyarli barcha rejimlardagi parametrlarini ko‘rish imkoni mavjuddir.






    1.27. Расм. Тензоқаршиликли босим ўлчаш датчигини ўрнатилиш схемаси

    Rossiyaning asosiy bosim datchiklarini ishlab chiqaruvchi firmalarida tenzoqarshilik «sapfirga kremniy» strukturasi ko‘rinishida, avtomatlashtirish qurilmalarini ishlab chiqarishda dunyoda ikkinchi reytingda turuvchi Siemens firmasida «kremniyga kremniy» strukturasida ishlab chiqilmoqda.


    Ko‘p adabiyotlarda tenzoqarshilikli bosim datchiklarini asosiy elementini tashkil etuvchi «tenzoqarshilik»ni «tenzoaylantiruvchi» deb ham atalmoqda.




    1.29. Расм. «Сапфир-22» маркасидаги босим датчиги схематик тузилиши.
    а) 1- тензокаршилик, 2- электрон блок. б) 1,2- менбрана, 3- кучни узатувчи ричаг, 4- тензокаршилик, 5- электрон блок.

    Tenzoqarshilikli bosim datchiklarida datchikka ta’sir etuvchi qismi ikki xil bo‘lishi mumkin. Bevosita bosim ta’sir etishi mumkin yoki natijaviy kuch richag orqali uzatilishi mumkin. Bosim bevosita ta’sir etuvchi tenzoqarshilikli bosim datchiklarida o‘lchash intervali aniq belgilanadi. Bu oraliqnni qayta boshqa oralkni o‘lchash uchun sozlab bo‘lmaydi. Ikkinchi tur, ta’sir richag orqali kuch ta’sirida uzatiladigan tenzoqarshilikli bosim datchiklarida o‘lchash oraliqlarini ma’lim oraliqlarga qayta sozlash mumkin. Qayta sozlash datchikni elektron blokida joylashgan kalitlar orqali yoki agar tenzoqarshilikli bosim datchigi mikroprotsessorli bo‘lsa maxsus programmator orqali amalga oshiriladi. Misol uchun «Sapfir-22M-DI» tenzoqarshilikli ortiqcha bosimni o‘lchash datchigini «2050» modelini quyidagi intervallardagi ortiqcha bosimni o‘lchashga sozlash mumkin:


    0 dan 0,4 mPa gacha;
    0 dan 0,6 mPa gacha;
    0 dan 1,0 mPa gacha;
    0 dan 1,6 mPa gacha;
    0 dan 2,5 mPa gacha.

    O‘lchash oraliqlarini tanlashda texnologik jarayondagi o‘lchanayotgan joydagi maksimal bosimga qaraladi. Agar maksimal bosim kichikroq bo‘lsada, tenzoqarshilikli bosim datchigini kattaroq oraliqga sozlansa, o‘lchash aniqligi kamayadi. Chunki o‘lchashdagi birlik o‘lcham kattalashib ketadi. Shuning uchun tanlanayotgan tenzoqarshilikli bosim datchigini o‘lchash intervali texnologik jarayon boosimini o‘zgarish intervaliga mos bo‘lishi kerak.


    Texnologik jarayonlarni avtomatik boshqarish tizimlarida keng qo‘llanilayotgan Rossiya kompaniyalarida ishlab chiqarilayotgan «Sapfir-22M» bosim aylantirish datchigiga kengroq to‘xtalib o‘tamiz. Bu bosim datchigi normal va agressiv muhitlarni quyida keltirilgan bosim turlarini o‘lchab masofaga keltirilgan elektr signali ko‘rinishida uzatuvchi qurilmadir:
    «Sapfir-22M- DA» absolyut bosimni o‘lchash datchigi;
    «Sapfir-22M- DI» ortiqcha bosimni o‘lchash datchigi;
    «Sapfir-22M- DV» bosim kamayishi(razryajeniya)ni o‘lchash datchigi;
    «Sapfir-22M- DIV» ortiqcha - kamaygan bosimni o‘lchash datchigi;
    «Sapfir-22M- DD» bosim farqini o‘lchash datchigi.
    «Sapfir-22M» bosim datchigi (1.30-rasm) qo‘llanilayotgan o‘lchash tizimidagi ikkilamchi o‘lchov vositasi keltirilgan elektr signallari 0÷5 mA, 4÷20 mA, 0÷20 mA, doimiy toklarini kiruvchi signal sifatida qabul qila olishi kerak. Bosim datchigi o‘zini markasiga qarab, 36 V yoki 24 V li stabillashtirilgan doimiy tok manbai bilan birga ishlatiladi.
    Tenzoqarshilikli bosimni aylantiruvchi qurilmalarida asosiy qismlaridan biri elektron blokdir. Uning vazifasi deformatsiya ostida sezuvchi elementni qarshiligini o‘zgarishini kalibrovkada keltirilgan bosimga mos chiqish elektr signalini tashkil etishdir.
    Bosim datchigini yuqorida aytib o‘tilgan intervallarga sozlash uchun XV5, XV6, XV7 kalitlaridan va 11, 12 korrektorlaridan foydalaniladi. Bu qismlarga kirish uchun bosim datchigiga asosiy qopqoqlari ochilib 10 chi qopqoq ham olinadi. Kalitlarni o‘rnatilishi va korrektorlardan foydalanish ketma-ketligi datchikni pasportida yoki instruksiyasida ko‘rsatiladi.
    «Sapfir-22M» bosim datchigi ikkilamchi o‘lchash vositasiga ikki xil usulda ulanishi mumkin, 4 simli yoki ikki simli.
    1-simli ulanishda bosim datchigiga tok manbai klemmnikni 1,2 nuqtalarga ulanib, chiqish signali klemmnikni 3, 4 nuqtalardan tok kuchi ko‘rinishida olinadi. 2- simli ulanishda klemmnikni 3, 4 chi nuqtalar o‘zaro tutashtirilib, tok manbai va yuklama, ya’ni ikkilamchi o‘lchash vositasi klemmnikni 1, 2 nuqtalarga ulanadi. Bu turdagi bosim datchiklari o‘zlarini standart doimiy tok manbalari 22BP-36 bilan birga qo‘llaniladi. 22BP-36 doimiy tok manbai stabillashgan 36 V kuchlanishga ega bo‘lib, 1, 2, 4, 6 kanalli bo‘ladi. 6- kanalli tok manbaiga bir vaqtni o‘zida 6 tagacha bosim datchigi ulanishi mumkin.


    1.30. Расм. «Сапфир-22М» босим датчиги электрон блоки.
    1- клеммник, 2- экранни улаш жойи, 4- копкок, 5,7,9 – электрон платалар,- 8- беркитувчи резина халка, 10- копког,11,12- улчаш интервалини ва ноль ни созлаш коректорлари мос холда, 13- кабел кириш жойи, 14- датчикни корпусини ерга улаш болти, 15- тешикни вактинча бекитиш бекиткичи








    1.31. Расм. 1-симли уланиш схемаси.
    I- босим датчиги электрон блоки клеммниги, II- ташкий клеммник, III- кабель, IV- доимий ток манбаии., V- чикиш сигнали.







    1.32. Расм. 2-симли уланиш схемаси.
    I- босим датчиги электрон блоки клеммниги, II- ташкий клеммник, III- кабель, IV- ток манбаии ва юклама, чикиш сигнали.

    Rasmda II lar bosim datchiklari, Rn ikkilamchi o‘lchash vositalari.



    1.33. Расм. 6-каналли ток манбаига датчикларни уланиш схемаси. I- электр тармоги(220 В), II- босим датчиклари.

    Dunyo bo‘yicha avtomatlashtirilgan tizimlarda qo‘llaniladigan qurilmalarni ishlab chiqaruvchi kompaniyalar juda ko‘p. Lekin ulardan Honeywell, Simens, Advantech, va boshqa kompaniyalar qurilmalari o‘zlarini ishonchliligi, xatoligi kamligi, kalibrovkalash qulayligi va universalligi bilan ajralib turadi. Lekin ulardan tashqari Rossiya kompaniyalari ishlab chiqarayotgan tenzorezistorli bosim datchiklari Sapfir va Metran ham texnologik jarayonlarni nazorat qilishda keng qo‘llanilmoqda.


    Metran bosim datchilaridan hozirda ishlab chiqarilayotgani asosan mikroprotsessorli bo‘lib, o‘lchanayotgan bosim intervaliga programmator orqali programmalashtiriladi. Ba’zi Metran bosim datchiklarini chiqish signallari raqamli bo‘lib, bevosita kompyuterlarga vizualizatsiya va arxivlash uchun uzatilishi mumkin. Masalan quyidagi keltirilgan datchiklarni intelektual datchiklar deb atalib, programmalashtirilishiga qarab keltirilgan (unifitsirovannыy) yoki HART protokoli bo‘yicha raqamli elektr signali chiqaradi. O‘lchashdagi asosiy nisbiy xatolik 0,1% ni tashkil etadi.

    • ortiqcha bosim o‘lchash datchigi - Metran-100-DI;

    • absolyut bosim o‘lchash datchigi - Metran-100-DA;

    • bosim pasayishi (razrejeniya) o‘lchash datchigi - Metran-100-DV;

    • bosim – bosim pasayishi o‘lchash datchigi - Metran-100-DIV;

    • bosim farqi (perepad) o‘lchash datchigi - Metran-100-DD;

    • gidrostatik bosim o‘lchash datchigi - Metran-100-DG.

    1.35. расм. Метран -100- ДД босим фаркини улчаш датчиги

    1.34. Расм. Метран -100- ДИ ортиқча босим ўлчаш датчиги


    Dunyoda keng tarqalgan bosim /pasaygan bosim (jadval 2.) va bosim farqi (jadval 3.)o‘lchash datchiklarini texnik kattaliklar va narxlarini quyidagi jadvallardan takkoslash mumkin :


    1.3.1-Jadval


    Download 4,45 Mb.
    1   2   3   4   5




    Download 4,45 Mb.