|
Imslar. Barqaror tok generatori (btg) sxemasi Darlington juftligi. Uilson tok kо‘zgulari sxemasi
|
Sana | 02.06.2024 | Hajmi | 1,13 Mb. | | #259424 |
Bog'liq 8- maruza Analog IMSlar. Barqaror tok generatori IMSlar. Barqaror tok generatori (BTG) sxemasi Darlington juftligi. Uilson tok kо‘zgulari sxemasi
Reja:
Ideal tok generatori
Ideal tok generatorining yuklamaga uzatayotgan tok qiymati yuklama qiymatiga bog‘liq bо‘lmaydi.
1 - rasm. Ideal tok generatori sxemasi va VAXi.
BTning UE ulanish sxemasidagi chiqish xarakteristikalar oilasi real tok generatori VAX siga aynan о‘xshaydi. Shu sababli tok generatorlarini yasashda BTlar qо‘llaniladi.
2 - rasm. BTning UE ulanish sxemasidagi chiqish xarakteristikalar oilasi
BTG ta’rifi
Ixtiyoriy zanjirdan avvaldan belgilangan qiymatli tok oqishini ta’minlovchi elektron qurilma barqaror tok generatori (BTG) deb ataladi. Yuklamadan oqayotgan tokning qiymati kuchlanish manbai, zanjir parametrlari va temperatura о‘zgarishlariga bog‘liq bо‘lmaydi.
BTGning vazifasi kirish kuchlanishi va yuklama qiymati о‘zgarganda chiqish toki qiymatini о‘zgarmas saqlashdan iborat bо‘lib, ular turli funksional vazifalarni bajaruvchi analog va raqamli mikrosxemalarda ishlatiladilar.
3 - rasm. Sodda BTG sxemasi
Sxemada I1 tok zanjiriga tо‘g‘ri siljitilgan diod ulanishli VT1 tranzistor ulangan (tayanch tranzistor). U juda kichik qarshilikka ega. Shuning uchun VT1 kuchlanish generatori vazifasini о‘taydi. U Ryu boshqariluvchi zanjir bilan ketma – ket ulangan VT2 tranzistorning emitter – baza о‘tishini kuchlanish bilan ta’minlaydi. Sxemada I1 tok zanjiriga tо‘g‘ri siljitilgan diod ulanishli VT1 tranzistor ulangan (tayanch tranzistor). U juda kichik qarshilikka ega. Shuning uchun VT1 kuchlanish generatori vazifasini о‘taydi. U Ryu boshqariluvchi zanjir bilan ketma – ket ulangan VT2 tranzistorning emitter – baza о‘tishini kuchlanish bilan ta’minlaydi. VT2 tranzistor emitter – baza kuchlanishi bilan boshqarilgani uchun uning xususiyatlari UB sxemaning xususiyatlariga mos keladi. Ma’lumki, UB ulangan sxemada aktiv rejimda kollektor toki kollektordagi kuchlanishga deyarli bog‘liq bо‘lmaydi. Shuning uchun ixtiyoriy RYU dan о‘tayotgan tok I2 tayanch kuchlanish UEB2 bilan aniqlanadi. Amalda I2 = I1. VT2 tranzistor emitter – baza kuchlanishi bilan boshqarilgani uchun uning xususiyatlari UB sxemaning xususiyatlariga mos keladi. Ma’lumki, UB ulangan sxemada aktiv rejimda kollektor toki kollektordagi kuchlanishga deyarli bog‘liq bо‘lmaydi. Shuning uchun ixtiyoriy RYU dan о‘tayotgan tok I2 tayanch kuchlanish UEB2 bilan aniqlanadi. Amalda I2 = I1. Barqaror tok generatori Barqaror tok generatori yoki manbai (BTG) katta nominalga ega bо‘lgan rezistorning elektron ekvivalenti hisoblanadi. BTG qarshiligi RYU yuklamaga ketma – ket ulangan maksimal bо‘lishi mumkin bо‘lgan qarshilikdan ancha katta bо‘lishi kerak. Bu vaqtda BTG yuklamadan kattaligi uning qarshiligi va boshqa ta’sirlarga bog‘liq bо‘lmagan tok oqib о‘tishini ta’minlaydi. Ma’lumki, qarshiligi birlik MOm ga teng bо‘lgan rezistorlarni integral sxema kо‘rinishida yasash mumkin emas.
4 - rasmda BTG prinsipial sxemasi
Integral kuchaytirgichlar bevosita bog‘langan bosqich sxemalari kо‘rinishida quriladilar. Bu vaqtda bosqichdan bosqichga о‘tganda signal doimiy tashkil etuvchisining о‘zgarishi kuzatiladi. Bu holat esa keyingi bosqichlarni ishlab chiqarishda qiyinchiliklar tug‘diradi. Bu kamchilikni bartaraf etish maqsadida о‘zgarmas kuchlanish sathini siljitish qurilmalari qо‘llaniladi. Ular sath transformatorlari deb ham ataladilar.
О‘zgarmas kuchlanish sathini siljitish qurilmasi
Operatsion kuchaytirgichlarda UCHIK sathini siljitish VT1 tranzistorda bajarilgan emitter qaytargich asosida amalga oshiriladi. Uning emitter zanjiriga R1 rezistor va VT2 hamda VT3 tranzistorlarda bajarilgan barqaror tok generatorlari ulanadi (5 - rasm).
5 - rasm. Umum emitter zanjir
Differensial kuchaytirgich (DK) deb ikki kirishga ega bо‘lgan kuchaytirgichga aytiladi. Uning chiqishidagi signalining qiymati kirishdagi signallari farqiga qiymatiga proporsional holatda bо‘ladi.
Differensial kuchaytirgichlar
6 – rasmda sodda simmetrik DK sxemasi keltirilgan. Kuchaytirgich ikkita simmetrik yelkaga ega bо‘lib, birinchi yelka VT1 tranzistor va RK1 rezistordan, ikkinchi yelka esa VT2 tranzistor va RK2 rezistordan tashkil topgan. Sxemaning dastlabki ish rejimi IE toki yordamida ta’minlanadi. Bu tokning barqarorligi esa barqaror tok generatori (BTG) tomonidan ta’minlanadi.
6 – rasm. Sodda simmetrik DK sxemasi
Amaliyotda tо‘rtta ulanish sxemalardan ixtiyoriy biridan foydalanish mumkin: simmetrik kirish va chiqish, simmetrik kirish va nosimmetrik chiqish, nosimmetrik kirish va simmetrik chiqish, nosimmetrik kirish va chiqish. Simmetrik kirishda kirish signali manbai DK kirishlari orasiga (tranzistorlarning bazalari orasiga) ulanadi. Simmetrik chiqishda yuklama qarshiligi DK chiqishlari oralig‘iga (tranzistorlarning kollektorlari orasiga) ulanadi.
E'tiboringiz uchun tashakkur E'tiboringiz uchun tashakkur
|
| |