|
8-Mavzu. Davolash va umumta’lim muasasalarida yong‘inlarni o‘chirish taktikasi
|
Sana | 13.12.2023 | Hajmi | 3,66 Mb. | | #117726 |
Bog'liq қидирув ишлари тактикаси 8м-2м
8-Mavzu.Davolash va umumta’lim muasasalarida yong‘inlarni
o‘chirish taktikasi
2-Mashg‘ulot. Maktabgacha ta’lim muassasalari, umumta’lim maktablari va
shifoxonalarda yong‘in o‘chirish.
Qidiruv-qutqaruv ishlarini olib borish taktikasi
1Maktabgacha ta’lim muassasalarida yong‘inlarni o‘chirishning o‘ziga xos hususiyatlari.
2.Umumta’lim maktablarida yong‘inlarni o‘chirishning o‘ziga xos
hususiyatlari.
3Davolash muassasalarida yong‘inlarni o‘chirish.
1Maktabgacha ta’lim muassasalarida yong‘inlarni o‘chirishning o‘ziga xos hususiyatlari.
Maktabgacha ta’lim muassasalari, odatda, bir va ikki qavatli, yong‘in bardoshliligi I-III darajali qilib quriladi. Zamonaviy tipdagi maktabgacha ta’limmuassasalari binolarining konstruktiv yechimlari uchun rigelsiz sinchlar, yirikelementli devorlar va orayopma panellari hamda yirik elementli zina kataklarimosdir. Ular yopiq o‘tish yo‘llariga ega bir nechta binolarda ham joylashishi mumkin
Maktabgacha ta’lim muassasalarida har bir guruhning xonalari boshqa guruhning xonalaridan hamda bir guruhga tegishli xonalar (yotoqxona va o‘yin xonasi)ning o‘zi ham bir-biridan izolyatsiya qilingan holda rejalashtirilishi kerak.Maktabgacha ta’lim muassasalarining birinchi qavatida 2 oylikdan 3 yoshgacha bolalarni o‘z ichiga qamrab olgan guruhlar yoki kichik yoshdagi guruhlar, shuningdek, oshxona, yotoqxona, tibbiyot xonasi, omborxona, ma’muriyat xonalariva boshqa xonalar joylashtiriladi. Alohida xonalarning maydoni 20-70 m2vabalandligi 3,3 m ni tashkil qiladi.
Maktabgacha ta’lim muassasalarida tabiiy turdagi shamollatishdan hamda oshxona, kir yuvish va hojatxonalarda esa majburiy shamollatishTizimlaridan foydalaniladi.Maktabgachata’limmuassasalarida yong‘in yuklamasi 1 m2joyda deyarli30-50 kg ni, ba’zi bir (masalan, omborxona, kir yuvish xonasi va boshqa) xonalardayong‘in yuklamasi undan ham ko‘pni tashkil qilishi mumkin.Maktabgacha ta’lim muassasalarining ma’muriyati oldindan yong‘in sodirbo‘lgan vaqtda bolalarni evakuatsiya qilish rejalarini ishlab chiqadi, xizmatko‘rsatuvchi xodim bilan o‘rganib chiqadi va bolalarni evakuatsiya qilish rejasigavaqti-vaqti bilan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritib boradi
Maktabgacha ta’lim muassasalari uchun yong‘in o‘chirish tezkor varaqasi ishlab chiqiladi. Yong‘in o‘chirish tezkor varaqasida yong‘in o‘chirish ishlarinitashkillashtirish maqsadida YoO‘R uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar ya’ni, bi noning rejaviy va konstruktiv o‘ziga xos xususiyatlari, binoning joylashgan joyi, tungi va kunduzgi vaqtda binoda bo‘ladigan bolalarning soni, evakuatsiya ishlari amalga oshiriladigan asosiy va zaxira evakuatsiya yo‘llari va boshqalar ko‘rsatiladi.Umumta’lim maktablarining tezkor-taktik tavsifi.
Umumta’lim maktablari va maktab-internatlarning binolari qoida bo‘yicha,3-5 qavatli, yong‘in bardoshliligi I-II darajali, yonmaydigan materiallardan quriladi.Hozirgi vaqtda ekspluatatsiya qilinayotgan maktab binolarining ko‘pchiligi yonmaydigan materialdan qurilgan bo‘lib, konstruksiyalarining ichki tomoni bo‘shliqlardan tarkib topgan va yong‘in bardoshliligi III darajani tashkil qiladi.Ba’zida, ayniqsa, qishloq aholi punktlarida yong‘in bardoshliligi IV-V darajalimaktab binolari ham uchrab turadi.
Maktab va maktab-internatlari binolari qavatlarining rejasiga razm soladigan bo‘lsak, rejada vestibyulga ega koridorlar, bir tomonlama yoki ikki tomonlama sinfxonalari, maxsus xonalar va laboratoriya xonalari joylashgan koridorlarni ko‘rishimizmumkin.Umumta’lim maktablarining birinchi qavatida qoidaga ko‘ra, boshlang‘ich sinfda o‘qiydigan bolalar uchun sinflar, oshxona, o‘yin xonalari, mos ravishda ombor va o‘qituvchilar xonasi hamda tibbiyot xonalari joylashtiriladi.
Ayrim maktabbinolarida sport va tomosha zallari, turli xil ustaxonalar joylashtiriladi. Maktabdagi alohida xonalarning maydoni 20-70 m2va undan ortiqni, xonalarning balandligi3,3 m ni tashkil qilishi mumkin.
Maktab binolarida yong‘in rivojlanishining o‘ziga xos xususiyatlari sifatidaasosan qavatining rejalashtirilishi koridor tipida ekanligi, koridorda sinf xonalari, laboratoriya va ustaxonalarning mavjudligi va ushbu xonalarda katta miqdorda maktab mebellari, inventarlari va o‘quv-ko‘rgazma qurollari ko‘pligi bilan izohlanadi.
Maktab va maktab-internatlarida yong‘in yuklamasi 1 m2 joyda deyarli 30-50 kg ni, ba’zi bir (masalan, omborxona, kutubxona va boshqa) xonalarda yong‘inyuklamasi undan ham ko‘pni tashkil qilishi mumkin.Maktab binolarida yong‘in sodir bo‘lganda yuzaga kelishi mumkin bo‘lganvaziyat binoning konstruktiv o‘ziga xos xususiyati va hajmiy-rejaviy tuzilishi, uningyong‘inbardoshlilik darajasi va yong‘in yuklamasi, shuningdek, bolalarning o‘ziga xos hislatlari (yoshi, holati)ga bog‘liq.Maktabgacha ta’lim muassasalari va umumta’lim maktablarida yong‘inning kelib chiqish sabablari.Maktabgacha ta’lim muassasalari va umumta’lim maktablarida yong‘inni kelibchiqishining asosiy sabablariga quyidagilar kiradi:
Maktabgacha ta’lim muassasalari va umumta’lim maktablarida yong‘inni kelibchiqishining asosiy sabablariga quyidagilar kiradi:
- qasddan o‘t qo‘yish;
- elektr qurilmalari va maishiy elektr jihozlaridan foydalanish qoidalarining
buzilishi;
- olovdan ehtiyotsizlik bilan foydalanish;
- elektr-gaz payvandlash ishlarini amalga oshirayotganda, yong‘in xavfsizligi
qoidalarining buzilishi;
- portlashlar;
- modda va materiallarning o‘z-o‘zidan alangalanishi;
- maishiy isitish jihozlarining nosozligi va ulardan foydalanish qoidalarining buzilishi.
Chiqish hududida maktabgacha ta’lim muassasalari va umumta’lim maktablari joylashgan yong‘in-qutqaruv qismlarida majburiy tarzda yong‘in o‘chirish tezkor va varaqalari ishlab chiqiladi. Yong‘in o‘chirish tezkor va varaqasida binoning hajmiy-rejaviy va o‘ziga xos konstruktiv tuzilishi, tungi va kunduzgi vaqtda bolalaryashaydigan (o‘qiydigan) joylar va bolalarning umumiy soni, asosiy va zaxira evakuatsiya chiqish yo‘llari, shuningdek, yong‘inni o‘chirishni tashkillashtirish uchunYoO‘R bilishi zarur bo‘lgan boshqa ma’lumotlar ko‘rsatiladi.
Maktabgacha ta’lim muassasalari va umumta’lim maktablarida yong‘inning
rivojlanishi va uni o‘chirish xususiyatlari
YoO‘R yong‘in sodir bo‘lgan joyga borayotganda yo‘l-yo‘lakay yong‘ino‘chirish tezvor varaqasi va qism tezkor boshqaruv guruhi dispetcheridan ayni vaqtdabinoda qancha bolalar va xizmat ko‘rsatuvchi ishchi-xizmatchilarning borligini hamda yong‘inda yuzaga kelgan vaziyatni aniqlaydi, yong‘in sodir bo‘lgan joygayetib borgandan keyin darhol ma’muriyat bilan aloqani o‘rnatadi va bolalarni evakuatsiya qilish, vahimani oldini olish va yong‘inni o‘chir ish bo‘yicha qanday chora-tadbirlar ko‘rilganligini aniqlaydi.
Maktabgacha ta’lim muassasalari va umumta’lim maktablarida yong‘in sodir bo‘lganda, quyidagi vaziyatlar yuzaga kelishi mumkin:
- bolalarning vahimali qo‘rquvi, bolalarning o‘z-o‘zini boshqara olmasligi va
topish qiyin bo‘lgan joylarga bolalarning yashirinishi;
- bolalarning katta miqdorda bo‘lishi, ular (yasli yoshidagi bolalar, davolash izolyatoridagi bolalar)ning mustaqil tarzda harakatlanishini yo‘qqa chiqarishi.
Bolalarni qutqarish va yong‘in holatini aniqlash.Yong‘in holatini aniqlash davomida YoO‘R quyidagilarga aniqlik kiritadi:
o‘quvchi (bola)larning soni va yoshi;
qulay va eng xavfsiz evakuatsiya yo‘li;
olov va tutunning xavfi;
bolalarni evakuatsiya qilish zarurati va bu ishni bajarish tartibi;
evakuatsiya ishlarida qaysi xizmat ko‘rsatuvchi ishchi-xizmatchilardan
foydalanish mumkinligi.
Olovning ta’siri va tutunning xavfli omillarini hisobga olgan holda, yong‘in vatutun bilan qoplangan xonalardan bolalarni evakuatsiya qilish va qutqaris h ishlari,
ko‘pincha yong‘in o‘chirish avtonarvonlari va qutqaruv arqonlaridan foydalangan
holda, deraza o‘rinlari orqali amalga oshiriladi.
Evakuatsiya va qutqaruv ishlari yakunlangandan so‘ng, yonayotgan yoki tutun bilan qoplangan xonalarda bolalarning qolib ketgan yoki qolib ketmaganligini aniqlash maqsadida, barcha bolalar guruh yoki sinflarga ajratiladi va tekshiriladi.
Evakuatsiya va qutqarilgan bolalar yaqin atrofda joylashgan isitilgan xonalarga
joylashtiriladi. Binodan barcha bolalar evakuatsiya q ilingan yoki utqarilganligi
haqida ma’lumot olingan taqdirda ham, yong‘in-qutqaruvchilar tomonidan binoningbarcha xonalari sinchkovlik bilan tekshirib chiqiladi.
Ba’zida bolalarni tutun bilan qoplangan xonadan xavfsiz hududga olib chiqish uchun binoga nisbatan qarama-qarshi joylashgan, keyinchalik binodan tashqariga chiqish ko‘zda tutilgan, tutun bilan qoplanmagan xonalardan foydalaniladi.Qutqaruvchi (yong‘in o‘chiruvchi)lar maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilari va umumta’lim maktablarining kichik yoshdagi o‘quvchilariniyong‘in o‘chirish narvoni yordamida qutqarganda, qo‘lidan ushlagan holda yoki tarbiyalanuvchi yoki o‘quvchining qo‘lini o‘zining bir qo‘li bilan mahkam ushlab, ikkinchi qo‘li yordamida yong‘in o‘chirish narvonini mahkam ushlagan holda qutqaradi. Bolalar ayrim hollarda tutun bilan qoplangan honadan, nisbatan xavf darajasikam bo‘lgan binoning boshqa qismiga olib o‘tiladi, shundan keyin ancha xavfsiz joyga (tutun ancha kam tarqalgan xonalarga, bino tomining shamol esayotgan tomoniga,qutqarilganlarni verandaga, sportzal xonasiga va h.k.larga) bolalar ommaviy tarzda evakuatsiya qilinishi mumkin.
YoO‘R yong‘inni bartaraf etish ishlarini tashkillashtirganda, quyidagi ishlarniamalga oshirishi lozim:
- muassasaning xizmat ko‘rsatuvchi xodimlari bilan aloqa o‘rnatish;
- xavfli xonalardan bolalarni evakuatsiya qilish bo‘yicha xizmat ko‘rsatuvchi
xodim tomonidan amalga oshirilgan chora-tadbirlarni bilib olish;
- xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar orasidan evakuatsiya qilingan bolalarni hisobga
olish uchun javobgar shaxsni tayinlash;
- bolalarning soni va yoshini aniqlab olishi va ular yashirinishi mu mkin bo‘lgan
joylarga aniqlik kiritish;
- pedagog va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar bilan hamkorlikda (birgalikda)
bolalarni, birinchi navbatda kichik yoshdagi bolalarni evakuatsiya qilish, shuningdek,
evakuatsiya yo‘llarining himoyasini ta’minlash;
- evakuatsiya qilingan bolalarni yig‘ish joyini aniqlash;
- yotoqxona va o‘yin xonalari, qo‘shimcha xonalar, javonlar, kravotlar va
ularning osti, pardalarning orqa tomoni va turli xil mebellarning ichi va ularning orqa
tomonidan bolalar qolib ketganligini aniqlas h maqsadida sinchkovlik bilan tekshiruv
o‘tkazish;
- evakuatsiya ishlari tugagandan keyin muassasa rahbarlaridan bolalarni ro‘yxat
asosida tekshirishni talab qilish.
Yong‘inni o‘chirish uchun suv, namlovchi aralashmalar va o‘rta karrali havo-mexanik ko‘pikni qo‘llaydi. Yong‘inni o‘chirish maqsadida suv uzatish uchun qoida bo‘yicha, QD-50 turidagi, dastaklaridan foydalanadi ma’naviyat va ma’rifat zali, ustaxona va sport zallaridagi rivojlanib ulgurgan yong‘inlarni o‘chirishda QD -70 turidagi dastaklaridan foydalanadi. Umumta’ lim maktablarining kimyo va fizika laboratoriya xonalarida hamda maktabgacha ta’lim muassasalarining oziq-ovqat va turli xil buyumlar
saqlanadigan omborlarida yong‘in sodir bo‘lganda, yong‘inni bartaraf qilish uchun GPS-600 generatorlari qo‘llaniladi.
Shifoxonalarda yong‘in o‘chirish hususiyatlari
Shifoxonalarda sodir bo‘lgan yong‘inni bartaraf qilishda yong‘in-qutqaruv bo‘linmalarining tezkor-taktik harakatlari bir qator o‘ziga xos xususiyatlari orqali boshqa ob’yektlarda sodir bo‘lgan yong‘inni bartaraf qilishda amalga oshiriladigan tezkor-taktik harakatlardan keskin farq qiladi.
Shifoxonada sodir bo‘lgan yong‘inni bartaraf qilish uchun kelayotgan yong‘in-qutqaruv bo‘linmalarining shifoxona joylashgan hududda, ayniqsa, shifoxona hududiga kirayotganda “Sirena” signalini ishga tushirishi taqiqlanadi, yong‘in o‘chirish avtomobillari esa imkoniyat darajasida kasallar ko‘rishi mumkin bo‘lganhududdan tashqarida joylashgan suv manbalariga o‘rnatiladi.
Magistral yeng yo‘llari imkoniyat darajasida binoning tashqi tomonidan, zaxira
kirish yo‘llari, muqim yong‘in o‘chirish narvoni orqali yoyiladi, agar yong‘in sodir
bo‘lganligi kasallarga ma’lum bo‘lsa, unda magistral yeng yo‘llari binoning a sosiy
kirish yo‘llari orqali yoyiladi.
Binoning ichiga yoyiladigan ishchi yeng yo‘llari esa kasallarni evakuatsiya qilish ishlariga halaqit qilmaydigan tartibda yoyiladi. YoO‘R shifoxonalarda yong‘in
sodir bo‘lganda, asosiy e’tiborni yuzaga keladigan vahimani oldini olishga qaratishi, ayniqsa, tug‘ruqxonalarda, asab-ruhiy kasalliklar shifoxonasida, yuqumli kasalliklar shifoxonasida, travmotologiya bo‘linmalari va shunga o‘xshash shifoxonalarda vahimani oldini olish bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni qabul qilishi lozim.Shifoxonalarda sodir bo‘lgan yong‘inni bartaraf qilish uchun suv, suvning namlovchi eritmalari va o‘rta karrali havo-mexanik ko‘piklaridan foydalaniladi.
Suv va suvning namlovchi aralashmalari chordoq, yordamchi xonalar, kasallar
palatasi, shifokorlar xonasi, yo‘laklar va shu kabi xonalarda sodir bo‘lgan yong‘inni bartaraf qilishda qo‘llaniladi.
Havo-mexanik ko‘piklarini dorixona, dori-darmonlar saqlanadigan omborxonalar, rentgen plyonkalari, rentgen va muolaja xonalari va shunga o‘xshash xonalarda sodir bo‘lgan yong‘inni bartaraf qilish uchun qo‘llash maqsadga muvofiq bo‘ladi. Yong‘inni o‘chirish uchun qoidaga ko‘ra, sochma va yaxlit oqimlarni hosil qiluvchi QD-50 dastaklaridan foydalaniladi, rivojlanib ulgurgan, ayniqsa, yong‘inbardoshliligi IV va V darajali binolarda esa quvvati ancha yuqori bo‘lgan dastaklar qo‘llaniladi.
Yong‘inni o‘chirish uchun talab qilinadigan dastaklar soni suv uzatish jadalligini hisobga olgan holda aniqlanadi. S hifoxonalarda sodir bo‘lgan yong‘inni bartaraf qilish uchun talab qilinadigan suv uzatish jadalligi 0,1 l/(m2∙s) ga teng.Shifoxonalarda yong‘in sodir bo‘lganda, YoO‘R bo‘ysinuvidagi shaxsiy tarkibni yong‘inda yuzaga kelgan vaziyat va kuch va vositalarning miqdorini hisobga olgan holda, odamlarni qutqarish va yong‘inni bartaraf qilish uchun jalb etishi lozim.
Biroq, agar kuch va vositalar ushbu ikkita vazifani bir vaqtda bajarish uchun yetarli bo‘lmasa, unda YoO‘R barcha kuch va vositalarni odamlarni evakuatsiya qilishuchun jalb qiladi yoki YoO‘R yong‘inni tezda o‘chirib olishiga ishonch bildirsa,bunday hollarda yong‘inni o‘chirishga kuch va vositalar jalb qilinadi va bu bilan birvaqtning o‘zida odamlar xavfsizligini ta’minlash va kasallar orasida vahimani oldiniolish ishlariga ham e’tiborini qaratishi lozim, lekin bu usul hamma hollarda ham o‘zini oqlamaydi. Shifoxonalarda yong‘in sodir bo‘lganda, yong‘in o‘chirish uchastkalari zina kataklari, qavatlar va ish turlari (kasallarni evakuatsiya qilish, yong‘inni o‘chirish)ga ko‘ra tashkil qilinadi. Yong‘inni bartaraf qilish bilan bir vaqtda, YoO‘R va ekipaj komandiri yong‘in o‘chirish uchastkalarida qimmatbaho jihozlarning miqdorini, dori-darmonlar, rentgen plyonkalari, gaz va yengil alangalanuvchi suyuqliklar to‘ldirilgan ballonlarningzaxirasini aniqlaydi, ularni olov, tutun va suv tegishidan himoya qilish uchun zudlik bilan kuch va vositalarni jalb qiladi, zarurat tug‘ilganda, ularni evakuatsiya qilish
ishlarini tashkillashtiradi.
Shifoxonalarda yong‘in sodir bo‘lganda, yong‘in o‘chirish uchastkalarini tuzish, shuningdek, texnika xavfsizligini tashkillashtirish turar-joy va jamoat binolarida yong‘in sodir bo‘lganda tuziladigan yong‘in o‘chirish uchastkalari va tashkillashtiriladigan texnika xavfsizligi kabi amalga oshiriladi. Yong‘in-qutqaruv bo‘linmalari shaxsiy tarkibi va shifoxonaning xizmat ko‘rsatuvchi xodimlari tomonidan yong‘inni tez va qisqa fursatlarda, kam talofatlarbilan bartaraf qilish maqsadida oldindan yong‘in o‘chirish tezkor rejasi ishlab chiqiladi
Ushbu rejada yong‘in-qutqaruv bo‘linmalari shaxsiy tarkibi vashifoxonadagi xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarning kasallarni evakuatsiya qilish va qutqarish bo‘yicha harakatlari va majburiyatlari, kasallarni evakuatsiya qilish yo‘llari va usullari, qutqarilgan kasallar joylashtiriladigan joy, shuningdek, yong‘inni tarqalishini oldini olish, cheklash va bartaraf qilish usullari ko‘rsatiladi
Mehnatni muhofaza qilish qoidalari
Shifoxonalarning yuqumli kasalliklarbo‘limlaridagi, biologik xavfli moddalarni saqlash va ular bilan ishlash tashkilotlaridagi yong‘inni bartaraf etishda YoO‘R va mansabdor shaxslar tashkilot ma’muriyatining FVV bo‘linmasi shaxsiy tarkibini zararlanish ehtimolidan himoya qilish bo‘yicha tavsiyalariga qatiy rioya qilgan holda bajarishi shart.Nafas olish ya’zolarini yakka tartibda himoya qiluvchi vosita hisobdanolinganda, boshqa shaxsga topshirilganda, yuqumli kasalliklar bo‘lgan binolar va xonalarda ishlaganda hamda gazniqobning egasi yuqumli kasallik bilan og‘riganbo‘lsa va 3-sonli tekshiruvda nafas olish ya’zolarini yakka tartibda himoya qiluvchivosita yaxshilab dezinfeksiya qilinishi shart.
Yakuniy qism
-O‘tilgan mavzu va mashg‘ulot nomi, shu bilan birgalikda mashg‘ulotning o‘quv-
tarbiyaviy maqsadlarini eslatib, unga qo‘yilgan maqsadlarga erishilganlik
darajasini yetkizaman.
-Talabalarning mashg‘ulotdagi ishtiroklarini tahlil qilib, ya’ni unda faol ishtirok
etgan yoki faollik ko‘rsatmagan talabalarni aytib o‘taman.
-Talabalarga mashg‘ulot mobaynida qo‘yilgan baholarni o‘qib yetkazaman.
-O‘quv adabiyotlar va moddiy ta’minotni mavjudligi hamda sozligini tekshiraman,
ularning kutubxonaga va o‘qituvchilar xonasiga topshirilishini nazorat qilaman.
-Mustaqil tayorgarlikka vazifa beraman va qo‘yilgan vazifaga sifatli tayyorgarlik
Mashg‘ulot raxbari.
Front orti va moliyaviy ta’minot sikli o‘qituvchisi
QK xizmatchisi S.Axatov.
|
| |