Corel Draw dasturining afzalliklarining biri




Download 25,27 Kb.
bet7/8
Sana30.01.2024
Hajmi25,27 Kb.
#148811
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
8. Mavzu Grаfik ob‘ektlar va ularni kompyuterda tasvirlash usul-fayllar.org

Corel Draw dasturining afzalliklarining biri — bu qulay va tushunarli interfeysi bo`lib, bu esa o`z navbatida o`rganish jarayonini oson va ravon tushunishga imkon beradi. Corel Draw paketi dizaynerlar, veb-sayt yaratuvchilari orasida keng tarqalgan bo`lib, reklamalar yaratishda, poligrafiyada qo`llaniladi. Ish beruvchi uchun rassom-dizaynerlarni tanlab olishning eng asosiy kriteriyalarining biri kompyuter grafikasi dasturlarida ishlash uchun yetarli bilimga ega bo`lishi hisoblanadi. Bu yerda kelib chiquvchi raqobatga faqat o`z ishida mazkur dasturlarning imkoniyatlaridan erkin foydalana oladigan oliy ta`lim muassasasi bitiruvchisigina bardosh bera oladi. Shu sababdan, raqobatga bardosh berish uchun va o`z ishida tashabbuskor bo`lish uchun bitiruvchi (dizayner, poligrafist va h. z.) vektorli grafika paketlarining biridan foydalanishni bilishi zarur. Corel Draw dasturini o`rganish jarayonida talaba laboratoriya mashg`ulotlarini bajarishi zarur bo`ladi, bunda u metodik qo`llanmadan foydalanadi. Buning natijasida talaba dasturning asosiy asboblari, palitralarning joylashishi bilan ketma-ket tanishadi, faol asbobning xossalarini o`zgartirish va sozlashni, matnlar bilan ishlashni o`rganadi. Harqanday ijodiy masalani yechish uchun talabaning ma`ruza va laboratoriya mashg`ulotlarida keltrilgan izohlar va tadbiqlar orqali egallagan bilimi bo`lishi zarur. O`qituvchi tushuntiradigan va so`zlab beradigan harqanday axborotni qabul qilishda o`rganuvchi yangi tushunchalarni eshitadi, ko`radi, o`qiydi, kuzatadi, ularni avval o`rganilgan material bilan taqqoslaydi va olingan axborotni o`zlashtiradi.
Corel Draw dasturini o`rganish jarayonida talabaga uslubiy ko`rsatmalarni qo`llanib, laboratoriya mashg`ulotlarni bajarish talab qilinadi, bu orqali dasturning asosiy asbob-uskunalari, palitralarning joylashishi bilan qadamba-qadam tanishadi, faol uskunaning xossalarini o`zgartirish va sozlash, matn bilan ishlashni o`rganadi. So`ng, yaratilgan obyektlarga mukammalroq effektlarni qo`llashga o`tadi: interaktiv bo`yash, soya, musaffolik o`rnatish va h. z. Dasturni o`rganishning zaruriy bosqichi xususiy foydalanuvchi shablonlarni yaratish va ularni standart kutubxonalarga joylashtirish hisoblanadi.

Download 25,27 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 25,27 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Corel Draw dasturining afzalliklarining biri

Download 25,27 Kb.