8. Mavzu: Grаfik ob‘ektlar va ularni kompyuterda tasvirlash usullari tushunchаsi Reja




Download 25,27 Kb.
bet8/8
Sana30.01.2024
Hajmi25,27 Kb.
#148811
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
8. Mavzu Grаfik ob‘ektlar va ularni kompyuterda tasvirlash usul-fayllar.org

Corel Draw dasturining interfeysini ilk marta ko`rgan paytda foydalanuvchi sarosimaga tushib qolishi mumkin, shu sababdan, o`rganishni asoslardan boshlagan maqul. Bolalikdagi kabi — avval doira, oval, to`g`riburchaklarni chizib olish va ularni bo`yash, so`ng yanada mukammal obrazlarga o`tmoq, yaratilgan obyektlarga mumkin bo`lgan barcha effektlarni qo`llash mumkin. Obyektlar guruhi bilan ishlash va uni tahrirlash va o`zgartirishni o`rganadi.

Ta`lim jarayonida asosiysi — bu amaliyotdir. Laboratoriya ishlarini bajargandan so`ng talaba shunga o`xshash topshiriqni bajara oladi, lekin o`quvchining o`zini o`zi tarbiyalash, o`zini o`zi yuksaltirsh, yakka holda va guruh bilan ishlay olish, unumli fikrlash qobiliyatini rivojlantirish, ijodiy masalalarni yecha olish qobiliyatini shakllantirish uchun talaba o`zining ta`lim yo`nalishiga mos holda alohida ijodiy masalani qabul qiladi. O`zining ijodiy loyihasini amalga oshirishda tadqiqot usuli amalga oshadi. U zarur bilimlarni mustaqil qidirishga o`rgatadi, o`quv materialini o`zlashtirishni yanada asosli va mustahkam qiladi, mantiqiy, ilmiy, ijodiy fikr yuritishga o`rgatadi, bilishga qiziqish va ijodiy faoliyatni shakllantiradi. Shuningdek, talabada o`ylash qobiliyati ortadi, yangi rejalarni ishga oshirish uchun birqancha mukammal obyektli tuzilmalarni qo`llash qobiliyati ortadi, ulardan kelib chiqadigan ijodiy yechimlarning doirasi kengayadi. Har bir obyekt yoki obraz dastlab g`oya ko`rinishida hosil bo`ladi, bundan keyin u qog`ozda eskiz yoki xomqolip ko`rinishida tasvirlanadi, undan so`ng esa bu obraz reklama, nashriyot, dizaynerlik mahsulotlarida kelgusida foydalanish uchun kompyuterli tasavvurga berilishi zarur [3]. Shuning uchun, obrazni ishonchli taqdim etish uchun mazkur dasturiy paketning imkoniyatlarini to`liq bilishi kerak. O`z ijodiy loyihasini amalga oshirish uchun talaba avval egallagan bilimlari (ma`ruzalarni eshitish va laboratoriya ishlarini bajarish orqali egallangan bilimlar) dan foydalanadi. Faqat yetarlicha miqdordagi bilimlarga asoslangan holda o`quvchida ham dasturni bilishga qiziqish, ham o`z ijodiy g`oyalarini yuzaga chiqarishga qiziqish shakllanishi mumkin.




http://fayllar.org
Download 25,27 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 25,27 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



8. Mavzu: Grаfik ob‘ektlar va ularni kompyuterda tasvirlash usullari tushunchаsi Reja

Download 25,27 Kb.