|
8. Mavzu: Grаfik ob‘ektlar va ularni kompyuterda tasvirlash usullari tushunchаsi Reja
|
bet | 1/8 | Sana | 30.01.2024 | Hajmi | 25,27 Kb. | | #148811 |
Bog'liq 8. Mavzu Grаfik ob‘ektlar va ularni kompyuterda tasvirlash usul-fayllar.org
8. Mavzu: Grаfik ob‘ektlar va ularni kompyuterda tasvirlash usullari tushunchаsi
8.Mavzu: Grаfik ob‘ektlar va ularni kompyuterda tasvirlash usullari tushunchаsi
Reja:
1. Grafik ob‘eklar haqida ma‘lumot.
2. Kompyuterda grafik ob‘eklarni tasvirlash.
Mavzunnig maqsadi: Kompyuter grafikasi haqida va uning turlari xaqida bilimga ega bo‘lish
Axborotning asosiy qismini inson ko‘rish a'zolari orqali oladi. Ko‘rgazmali axborotning
o‘zlashtirilishi oson bo‘ladi. Inson tabiatining ana shu xususiyati grafik operatsion tizimlarda ishlatiladi.
Ularda axborot grafik obyektlar: znachoklar (belgilar), oynalar va rasmlar ko‘rinishida tasvirlanad i.
Operatsion tizimning barcha grafik obyektlari, shuningdek, boshqa barcha tasvirlar qandaydir yo‘l
bilan kompyuterda hosil qilinishi yoki unga kiritilishi kerak. Grafik tasvirlarni kompyuterga kiritish
uchun maxsus tashqi (atrof) qurilmalari ishlatiladi. Ular bilan siz 3-bobda tanishib chiqqansiz. Eng ko‘p
tarqalgan qurilma — bu skanerdir. So‘nggi paytda raqamli fotokameralarning ham qo‘llanish ko‘lami
kengayib bormoqda. Ularning oddiy fotoapparatlardan farqi shundaki, tasvir kimyoviy yo‘l bilan
fotoplyonkaga tushirilmaydi, balki fotokamera xotirasining mikrosxemalariga yozib qo‘yiladi. U yerdan
axborotni kabel orqali kompyuterga uzatish mumkin. Ayrim raqamli fotoapparatlar ma'lumotlarni fayl
sifatida egiluvchan diskka yozib qo‘yish imkoniyatiga ham ega. Diskdagi axborotni esa kompyuterga
o‘tkazish unchalik qiyin emasligini siz yaxshi bilasiz.
Tasvirni kompyuterga videokameradan ham kiritish mumkin. Videoning ketma-ketlikdagi biror
kadrni tanlashi va uni kompyuterga kiritishi tasvirni ushlab olish deyiladi.
Kompyuterga tasvirni kiritish uchun uni albatta skanerlash, rasmga olish yoki uni ushlab olish
shart emas. Tasvirni kompyuterning o‘zida ham hosil qilish mumkin. Buning uchun grafik muharrirlar
deb ataluvchi maxsus dasturlar sinfi ishlab chiqilgan.
Axborotni grafik shaklda ishlab chiqish, taqdim etish, ularga ishlov berish, shuningdek, grafik
obyektlar va fayllarda bo‘lgan nografik obyektlar o‘rtasida bog‘lanish o‘rnatishni informatikada
kompyuter grafikasi deb atash qabul qilingan. Kompyuter grafikasi uch turga bo‘linadi:
Rastrli grafika, vektorli grafika va fraktal grafika. Ular o‘rtasidagi asosiy farq nurning displey
ekrandan o‘tish usulidan iborat. Eslab qoluvchi elektron-nurli trubka (ENT)larga ega vektorli
qurilmalarda nur berilgan traektoriya bo‘ylab bir marta chopib o‘tadi, uning izi esa ekranda keyingi
buyruq berilguncha saqlanib qoladi. Demak, vektorli grafikaning asosiy elementi — chiziqdir.
Vektorli grafika bilan ishlovchi dasturiy vositalar birinchi navbatda tasvirlarni yaratishga
mo‘ljallangan. Bunday vositalar reklama agentliklarida, dizaynerlik byurolarida va nashriyotlarda
qo‘llaniladi.
Rastrli qurilmalarda esa tasvir ularni tashkil etuvchi nuqtalar majmuasidan vujudga keladi. Bu
nuqtalar piksellar (pixels) deb ataladi. Rastr — bu ekranning butun maydonini qoplovchi piksellar
matritsasidir. Demak, rastrli grafikaning asosiy elementi nuqtadan iborat.
Rastrli grafika vositalari bilan tayyorlangan tasvirlar kompyuter dasturlar yordamida kamdan -kam
holdagina yaratiladi. Ko‘pincha ushbu maqsadda rassom tayyorlagan tasvirlar yoki rasmlar
skanerlanadi. Rastrli tasvirlar bilan ishlashga mo‘ljallangan ko‘pgina grafik muharrirlar asosan
tasvirlarga ishlov berishga mo‘ljallangan. Internet tizimida ko‘proq rastrli tasvirlar qo‘llanilmoqda.
Fraktal badiiy kompozitsiyani yaratish — bu tasvirni chizish yoki jihozlash emas, balki uni
dasturlashdir, ya'ni bunda tasvirlar formulalar yordamida quriladi. Fraktal grafika odatda o‘yin
dasturlarida qo‘llaniladi.
|
| |