|
11-mavzu funksiyaning hоsilаsi
|
bet | 1/11 | Sana | 06.06.2024 | Hajmi | 0,75 Mb. | | #260700 |
Bog'liq Funksiyaning hosilasi
11-MAVZU
|
FUNKSIYANING HОSILАSI.
|
11.1. Ma’ruza mashg’ulotining ta’lim texnologiyasi.
(11 - mashg’ulot)
O’quv soati: 11 soat
|
Talabalar soni: 50 ta
|
O’quv mashg’ulotining shakli:
|
1-Kirish ma’ruza.
|
Ma’ruza rejasi:
|
1. Аrgumеnt vа funksiya оrttirmаsi hаqidа tushunchа.
2. Hоsilа tushunchаsigа оlib kеlаdigаn mаsаlаlаr.
3. Hоsilаning tа’rifi.
4. Elеmеntаr funksiyaning hоsilаsi.
5. Murаkkаb funksiyaning hоsilаsi.
6. Hosilaning funksiyani tekshirishga tadbiqi.
|
O’quv mashgulotining maqsadi: Tаlаbаlаrni hоsilа tushunchаsi vа uning tаdbiqlаri bilаn tushuntirish.
|
|
Pedagogik vazifalar:
Argument va funksiya ortirmalari haqida tushunchalar berish;
Hosila tushunchasiga olib keladigan masalalardan keltirish va ularni yechish;
Hosilaning ta’rifi va uning yordamida ba’zi funksiyalarning hosilasini topish;
Hosila ta’rifiga ko’ra asosiy elementar funksiyalarning hosilalarini hisoblash.
Elementar funksiyalarning hosilalarini topish.
Murakkab funksiyaning hosilasini hisoblash haqidagi teoremani isbotlash va u yordamida funksiyalarning hosilalarini topishni o’rganish.
|
O’quv natijalari:
Argument va funksiya ortirmalarini topish qoidalarini o’rganish;
Hosila tushunchasiga olib keladigan mehanik masalalarni yechisni o’rganish;
Hosilaning ta’rifi va uning yordamida funksiyalarning hosilasini topishni o’rganish;
Hosila ta’rifiga ko’ra asosiy elementar funksiyalarning hosilalarini hisoblash.
Elementar funksiyalarning hosilalarini topish.
Murakkab funksiyaning hosilasini hisoblash haqidagi teoremaning isbotini o’rganish va u yordamida istalgan funksiyaning hosilalasini topish malakalarini shakllantirish.
|
Ta’lim metodlari:
|
Ma’ruza, namoyish etish, aqliy hujum, tezkor savol-javob
|
Ta’lim vositalari:
|
Ma’ruza matni, marker, doska, kodoskop, skotch slaydlar, qog’ozlar.
|
Ta’lim shakli:
|
Frontal, jamoaviy, guruhlarda ishlash.
|
O’qitish shart-sharoitlari:
|
Texnik vositalardan foydalanishga va guruhlarda ishlashga mo’ljallangan auditoriya.
|
Monitoring va baholash.
|
Og’zaki nazorat, savol-javob, o’zini-o’zi nazorat qilish, reyting tizimi asosida baholash.
|
|
| |