• Moylash tizimi quyidagi qismlardan tashkil topgan
  • Moy nasosi
  • 8-Mavzu: iyoD moylash tizimi asosiy uzel-agregatlari konstruksiyasi Reja




    Download 1,8 Mb.
    bet1/3
    Sana26.09.2024
    Hajmi1,8 Mb.
    #272624
      1   2   3
    Bog'liq
    Presentation 8


    8-Mavzu: IYoD moylash tizimi asosiy uzel-agregatlari konstruksiyasi
     
    Reja:
    1. IYoDlarning moylash tizimi vazifasi, turlari.
    2. Moylash tizimida qo`llaniladigan moylar bo`yicha qisqacha ma`lumotlar.
    3. Moylash tizimlarining asosiy mexanizm va detallari konstruksiyasi, ishlash prinsipi.
    4. Moy nasoslari, moy filtrlari, reduksion va o`tkazgich klapanlar, nazorat asboblari konstruksiyalari va ishlashi.

    Moylash tizimining vazifasi dvigatel detallarining ishqalanuvchi yuzalariga yetarli miqdorda moy yetkazib berish bilan detallar sirtida mustahkam moy pardasi hosil qilish hisobiga ulardagi ishqalanishni va yeyilishni kamaytirish.
    Shuningdek, ishqalanuvchi yuzalarni qisman sovitadi va ularda yeyilishdan hosil bo‘lgan metall zarrachalari bilan birga moy qurumlarini yuvadi, so‘ngra karter tubidagi ifloslangan moylarni filtrlaydi.

    Moylash tizimi quyidagi qismlardan tashkil topgan:
    - moy karteri;
    - moy nasosi moy qabul qilgich bilan birga;
    - moy filtrlari;
    - moyni yuqori bosim ostida uzatuvchi quvur (silindrlar blokidagi).
    Karter - avtomobil dvigatelining pastki qismida joylashgan bo’lib, mashina yoki mexanizmlarning asosiy qismi. U ish qismlarini qo'llab-quvvatlash, ularni himoya qilish va dvigatel yog'larni joylashtirish uchun mo'ljallangan.
    1-moyni gaz taqsimlash mexanizmlariga yetkazuvchi quvur:
    2-asosiy moy magistrali;
    3-tirsakli valining podshipnikini moylash quvuri;
    4-dvigatel karteri:
    5-filtlovchi element;
    6-moy filtrini korpusi;
    7-moy nasosi;
    8-moy qabul qilgich;
    9-moy karteri;
    10-moyni chiqarish tiqini.
    Moy nasosi, moyni bosim ostida dvigatel mexanizmlarining ishqalanuvchi yuzalariga, shuningdek, moyni tozalash va sovitish tuzilmalariga yuborish uchun xizmat qiladi. Avtomobil dvigatellarida asosan shesternyali nasoslardan foydalaniladi. Nasoslar shesternyalarning ilashishi bo‘yicha tashqi va ichki ilashgan shestrenyalilarga bo‘linadi.

    Download 1,8 Mb.
      1   2   3




    Download 1,8 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    8-Mavzu: iyoD moylash tizimi asosiy uzel-agregatlari konstruksiyasi Reja

    Download 1,8 Mb.