|
8-Mavzu: iyoD moylash tizimi asosiy uzel-agregatlari konstruksiyasi Reja
|
bet | 3/3 | Sana | 26.09.2024 | Hajmi | 1,8 Mb. | | #272624 |
Bog'liq Presentation 8 Karterni shamollatish.
Shamollatilganda karter moyining sifati nisbatan yaxshi saqlanadi uni almashtirish orqalig‘i uzayadi va dvigatelning xizmat muddati ortadi. Avtomobil dvigatellarida ikki xil shamollatish usuli qo‘llanilgan bo‘lib, agar karter gazlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri tashqariga, atmosferaga so‘rilishini ta’minlansa ochiq (a) yoki dvigatelning ta’minlash tizimiga ya’ni kiritish taktiga majburiy qaytarilsa yopiq (b) shamollatish tizimi deyiladi.
Moylash tizimiga TXK.
Kundalik texnik xizmat ko’rsatishda moylash tizimidagi moy sathi va uning sifati tekshiriladi. Moy sathini shchup yordamida o`lchanadi, unda «max» va «min» belgilari bo`lib, moy sathi ular o`rtasida bo`lishi lozim. Moy sifatini uning rangi, qovushqoqligi va ifloslanishiga qarab aniqlanadi. Moy rangi qoramtir, suyulgan va tarkibida iflosliklar bo`lsa almashtirish zarur.
Moy nasosi detallari holatini tekshirish shchuplar to`plami bilan amalga oshiriladi. Shchuplar yordamida shesternya tishlari orasidagi tirqish tekshiriladi. Yangi tishlar orasidagi tirqish 0,12 mm ni (chetki ruxsat etilgani 0,25 mm) va shesternyani tashqi diametri va korpus orasidagi tirqish 0,11...0,18 mm ni (chetki ruxsat etilgani 0,25 mm) tashkil etishi lozim. Agar tirqishlar ruxsat etilgan chegaradan oshgan bo`lsa shesternyalar, lozim bo`lsa nasos korpusi almashtiriladi.
Moylash tizimida uchraydigan nosozliklar, ularning alomatlari
va kelib chiqish sabablari.
Ish jarayonida dvigatel karteridagi moy satxi kamayib, sifati o'zgaradi. Bular dvigatelning buzilishiga va boshqa nosozliklarni keltirib chiqarishga olib keladi. Dvigatelning ishlash jarayonida moy sifati yomonlashishiga sabab, uni metall zarrachalari, oksidlanishi va yonilg'i qo'shilib ifloslanishidandir. Mexanik aralashma, qo'shimchalar metall zarrachalaridan iborat bo'lib, bular ikki ishqalanuvchi sirt sirpanishidan hosil bo'ladi. Moy tarkibida, mexanik aralashmaning miqdori 0,2% dan oshmasligi kerak.
|
| |