|
Ultratovushli nazorat qilishda qo‘llaniladigan apparaturalar, usullar va texnologiyalar
|
bet | 2/4 | Sana | 15.11.2023 | Hajmi | 141,22 Kb. | | #99257 |
Bog'liq 9-mavzu8.2. Ultratovushli nazorat qilishda qo‘llaniladigan apparaturalar, usullar va texnologiyalar
Konstruksiyada mavjud bo‘lgan nuqsonlarni aniqlash va o‘lchashni maxsus yoki umumiy xususiyatli ultratovushli defektoskoplar yordamida amalga oshiriladi. 9.1-rasmda umumiy xususiyatli impulsli ultratovushli exo-defektoskopning sxemasi keltirilgan.
Nazorat qilinayotgan buyumga yuborilayotgan ultratovushli mexanik tebranishar impulsi pezoqayta hosil qilgichda qotuvchan pezoeffekt tufayli hosil qilinadi. Buning uchun pezo hosil qilgichning pezoelementiga qisqa elektr impulsi beriladi, bu impulsni esa zondlanuvchan impulslarni ishlab chiqaruvchi generator orqali beriladi. Tublik sirtidan qaytarilgan yoki nuqsondan qaytarilgan UZK mexanik impulsi o‘sha yoki qabul qilish rejimida ishlovchi boshqa pezohosil qilgich bilan qilinadi va u to‘g‘ridan to‘g‘ri o‘zgartiradigan pezoeffekt bilan elektrik signalga o‘tkaziladi.
Keyin esa kuchaytirgichda kuchaytirilgan signal defektoskopning ekranida balandligi bo‘yicha nurning holatini aniqlovchi ekranning elementlariga uzatiladi.
B ir vaqtning o‘zida zondlovchi impulslar generatori bilan birga aniqlovchi generator ishga tushadi, bu generator bilan chiziqli kuchayadigan arrasimon impulslar ishlab chiqiladi va ularni gorizontal tekislikda nurni tekislash uchun ekranning gorizontal og‘ishadigan elementlariga uzatiladi. Nuqsondan (D) keluvchi signallar yoki buyumning qarama-qarshi tomonidan keluvchi signallar (tublik signali) zondlovchi impulslar bilan birga defektoskopning ekranida mos keluvchi amplitudali cho‘qqilar sifatida hosil bo‘ladi, ushbu cho‘qqilarning gorizontal o‘qida ularning kelishi vaqti aniqlanadi va u tekshirilayogan buyumning UZ tebranish ning tezligiga hamda nuqsonning topilgan chuqurligiga va buyum qalinligiga bog‘liq bo‘ladi. Impulsning kelishiga asoslangan chuqurlikni o‘lchovchi asbob yordamida va tebranishning ma’lum bo‘lgan tarqalish tezligi yordamida mos ravishda nuqsonning turgan chuqurligi va buyumning qalinligi aniqlanadi.
|
| |