• Stator
  • Elektr dvigatelning ishlash prinsipi
  • Elektr dvigatellarning qollanilishi
  • Elektr dvigatellarning afzalliklari: ixcham va foydalanishga qulay, havoni ifloslantirmaydi, moddiy mahsulot talab qilmaydi, foydali ish koef­fitsiyenti yuqori.
  • 8-sinf fizika darsligi asosida 59-mavzu: O'zgarmas tok elektr dvigateli




    Download 1.14 Mb.
    Sana27.05.2023
    Hajmi1.14 Mb.
    #65628
    Bog'liq
    dem alıs kúnlarine maǵlıwmat, Writing Task-1, 890-1398-1-SM, 6 4-dars, perforatciya, 3-mavzu avtotransformatorlar va transformatorlarning ishlatilish, o\'quv reja, КОМПЕТЕНЦИЯ, Lesson 12, Lesson 6, 9 sinf jadid, IMG 20240331 144523 875
    • 8-sinf fizika darsligi asosida 59-mavzu:
    • Elektr dvigatelning tuzilishi
    • O'zgarmas tok elektr dvigateli ikki asosiy qism - stator va rotordan iborat qnrilma bo'lib, o'zgarmas tok elektr energiyasini mexanik energiyaga aylantirib beradi.
    • «Stator» lotinchadan olingan so'z bo'lib, «qo'zg'almas» degan ma'noni bildiradi. Stator doimiy magnitdan (169-a rasm) yoki elektromagnitdan (169-b rasm) iborat. Stator dvigatel korpusiga mahkamlangan bo'ladi.
    • «Rotor» lotinchadan olingan so'z bo'lib, «aylantirmoq» degan ma'noni anglatadi. Rotor dvigatelning aylanuvchi qismlarini tashkil etadi. Rotorning asosiy qismi bir yoki bir nechta g'altakli ramkadan va kollektordan iborat, Ramka chulg'amidagi simlarning uchlari kollektor halqalariga ulangan.
    • Kollektor ramka bilan birgalikda aylanadi. Kollektor halqalari tashqarisiga qo'zg'almas qilib ikkita ko'mir cho'tka mahkamlangan. Ular maxsus prujinalar yordamida kollektor halqalariga zich qilib siqib qo'yiladi. Zanjirdagi elektr toki shu cho'tkalar orqali kollektor halqalariga o'tadi.
    • Elektr dvigatelning ishlash prinsipi
    • Qulaylik uchun bitta ramkali rotordan iborat bo'lgan eng oddiy dvigatelning ishlash prinsipini ko'rib chiqaylik (170-rasm). Dvigatelning kollektori ikkita yarimhalqadan iborat bo'lib, ularga A va B cho'tkalar taqalib turadi.
    • Ularga tok manbaining ikki qutbidan keluvchi simlar ulangan.Tok manbaidan kelayotgan tok cho'tka, kollektor hamda ramkadan A-1-2-3-4-B yo'nalishda o'tadi (170-a rasm).
    • Magnit maydon ta'sirida ramka magnit kuch chiziqlariga perpendikular joylashishga harakat qiladi. BundaA va B cho'tkalar kollektor halqalariga tegmay qoladi va ramkadan tok o'tmaydi (170-b rasm).
    • Lekin ramka o'z inersiyasi bilan aylanishni davom ettirib, magnit kuch chiziqlariga parallel joylashib oladi (170-d rasm). Bunda cho'tkalar kollektor halqalariga tegib qoladi va ramkadan A-4-3-2-1-B yo'nalishda tok o'tadi.
    • Magnit maydon ta'sirida ramka yana perpendikular holatga kelib qolishga harakat qiladi. Shu tariqa jarayon davom etib, ramka uzluksiz aylanadi.
    • Magnit maydon ta'sirida aylanma harakatga keltirilgan tokli ramkaning harakati rotor o'qi orqali bosbqa mexanizmlarga maxsus tarzda uzatiladi.
    • Amalda bitta ramkali rotordan iborat bo'lgan dvigatellar qo'llanilmaydi. Chunki, ularda ramkaning aylanishi bir tekis bo'lmaydi va ramkaning rotor o'qini aylantirishga kuchi yetmaydi.
    • Ramka magnit kuch chiziqlariga perpendi­kular vaziyatdan parallel vaziyatga kelguncha sekin va kuchsiz aylanma harakatda bo'ladi.
    • 171-rasmda ikkita ramkali elektrodvigatelning tuzilishi tasvirlangan. Bunda ramkalar bir-biriga per-pendikular qilib bitta o'qqa mahkamlanadi.
    • Kollektorning qoplamalari ikkita emas, balki to'rtta bo'ladi.
    • Ikkita ramkali rotorda magnit kuch chiziqlariga parallel joylashgan birinchi ramkadan tok o'tganda magnit maydon ta'sirida u perpendikular vaziyatda bo'lishga harakat qiladi.
    • Birinchi ramka perpendi­kular vaziyatda bo'lganda parallel vaziyatdagi ikkinchi ramkadan tok o'tadi va u perpendikular vaziyatga kelishga harakat qiladi. Shu tariqa ramkalar rotorni bir tekisda aylantiradi.
    • Dvigatelning quvvatini oshirish uchun texnikada qo'Uaniladigan dvigatel rotori ko'p ramkali bo'lib, ramka chulg'amlari temir silindr ariqchalariga joy- lashtiriladi.
    • Bunda temir silindr o'zak vazifasini o'taydi. 172-rasmda 6 ta ramkali va temir o'zakli rotor va statorning ko'ndalang kesimi tasvirlangan.
    • 173-rasmda keng qoilaniladigan katta quvvatli elektr dvigatel ko'rsatilgan,
    • Elektr dvigatellarning qo'llanilishi
    • Elektr dvigatellaming issiqlik dvigatellariga nis- batan afzal tomonlari ko'p. Birinchidan, elektr dviga­ tellari issiqlik dvigatellariga qaraganda ixcham va foydalanish uchun qulaydir, ularni istalgan qulay joyga o'rnatish mumkin. Ikkinchidan, ishlaganda gaz, tutun va bug' chiqarmaydi.
    • Uchinchidan, ular uchun yoqilg'i va suvning keragi yo'q. To'rtinchidan, elektr dvigatellarning foydali ish koeffitsiyenti 80 % dan ortiqdir, issiqlik dvigatellariniki esa 20 % dan ortmaydi.
    • Elektr dvigatellarning afzalliklari: ixcham va foydalanishga qulay, havoni ifloslantirmaydi, moddiy mahsulot talab qilmaydi, foydali ish koef­fitsiyenti yuqori.
    • Elektr dvigatellar istalgan quvvatga mo'ljallab ishlab chiqariladi. Masalan, elektr ustaralarda dvigatel quvvati bir necha vattli bo'lsa, elektrovoz, kemalarniag elektr dvigatellari bir necha megavattli bo'ladi.
    • Turli maishiy elektr asboblari fen, drel, charx (174-rasm), magnitofon, ventilator, muzlatgich, tikuv va kir yuvish mashinalariga elektr dvigatellar o'rna-tilgan bo'ladi.
    • Korxonalarda elektr dvigatellari turli dastgoh va mashinalarni harakatga keltiradi. Qishloq xo'jaligida elektr dvigatellaridan nasoslarni, g'alla yanchadigan mashinalarni, elevatorlarni yurgizish uchun foydalaniladi.
    • Transportda elektr dvigatellari tramvay, trolleybus, metro poyezdlari va elektrovozlami harakatga keltiradi.
    • Elektr dvigatellaming turli sohalarda keng qo'llamlishi inson mehnatini osonlashtirdi, faoliyatida qulaylik yaratdi.

    Download 1.14 Mb.




    Download 1.14 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    8-sinf fizika darsligi asosida 59-mavzu: O'zgarmas tok elektr dvigateli

    Download 1.14 Mb.