Gaz orqali elektr toki o'tishi jarayoni gaz razryadi deb ataladi.
Havo tarkibida azot, kislorod, vodorod, suv molekulalaridan tashqari bir foizga yaqin neon, argon kabi inert gazlar ham mavjud. Xona haroratida
havodagi barcha atom va molekulalar neytral holatda bo'ladi. Havo isitilganda neytral atomlar ionlarga aylana boshlaydi, ya'ni ionlashadi. Bu jarayon qanday kechishini neon va argon inert gazlari misolida ко'rib chiqaylik.
Neon Ne yadrosi atrofida 10 ta, argon Ar yadrosi atrofida esa 18 ta elektron aylanib yuradi. Tashqi elektron qobig'ida 8 tadan elektron bo'lib tugallangan hisoblanadi. Neon yadrosining zaryadi +10e ga, elektronlarining jami zaryadi -Юе ga teng. Argonniki esa mos ravishda +18e va -18e ga teng (124- a rasm). Alohida olingan Ne va Ar atomlari elektr neytraldir.
Havo isitilganda ulardagi atom va moleku- lalarning harakat tezligi, bir-biri bilan to'qnashishi ortadi. Natijada, ba'zi Ne atomlarining tashqi 124- rasm elektron qobig'ida aylanib yurgan elektronlardan
biri atomni tark etadi. Bitta elektronini yo'qotgan Ne atomi Ne+ ioniga, Ar atomi esa Ar+ ioniga aylanadi (124- b rasm).
Temperatura qancha yuqori bo'lsa, havoda shuncha ko'p ionlar hosil bo'ladi.
Elektr maydon ta'sirida Ne+ va Ar+ ionlari kondensatorning manfiy zaryadlangan qoplamasi tomon, atomlardan ajralib chiqqan elektronlar esa musbat zaryadlangan qoplamasi tomon harakatlanadi (124- d). Natijada, havodan tok o'tadi.
Gazlarning elektr o'tkazuvchanligida, bir tomondan, ionlar ishtirok etishi elektrolitlarning o'tkazuvchanligiga o'xshaydi. Ikkinclii tomondan, o'tkazuv- chanlikda elektronlarning ishtirok etishi metallarning elektr o'tkazuvchanligiga o'xshaydi.
|