Darsning maqsadi :
Talimiy maqsad: O’quvchilarga elektr energiyani uzatish xaqida ma’lumot berish.
Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarni tabiatga bo’lgan muhabbatini o’yg’otish, Tabiatni asrab avaylashga o’rgatish.
Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarni mustaqil fikrlashga o’rgatish,nutq madaniyatini o’stirish.
II.Dars turi: Maruza
III.Dars jixozi: Darslik, plakat, slaydlar, tarqatma materiallar
IV. Darsning xronologik tuzilishi:
№
|
Dars bosqichlari
|
Vaqt
|
1
|
Tashkiliy qism
|
3
|
2
|
O’tilgan mavzuni so’rash
|
10
|
3
|
Yangi mavzuni tushuntirish
|
15
|
4
|
Darsni mustaxkamlash
|
10
|
5
|
O’quvchilarni baxolash
|
5
|
6
|
Uyga vazifa.
|
2
|
Darsning borishi
1.Tashkiliy qism: O’quvchilarni darsga jalb qilish. Salomlashish. Yuqlama qilish. Dunyo yangiliklaridan xabardor qilish.
2. O’tilgan mavzu bayoni: Takrorlash
3.Yangi mavzuning bayoni:
Odatda, elektrostansiyalar aholi yashaydigan shahar va qishloqlardan uzoqda joylashgan bo'ladi. Elektr energiyani boshqa tur energiyalardan farqli ravishda, uni uzoq masofalardagi iste'molchilarga uzatish qulay.
Elektr energiya iste'molchilarga sim orqali uzatiladi. Lekin bunda elektr tokining ba'zi xususiyatlarini hisobga olishga to'g'ri keladi.
Elektr energiyani uzoq masofalarga uzatishda tok o'tayotgan simlarning qizishini, bunda elektr energiyaning isrofmi liisobga olish kerak.
Aytaylik, 10 ming xonadoni bo'lgan shaharchani elektrostansiyada islilab cliiqariladigan elektr energiya bilan ta'minlash kerak bo'lsin. Xonadon elektr zanjiri 220 V kuchlanishli tarmoqqa ulanadi. Har bir xonadon elektr zanjiridan o'rtacha 5 A dan tok o'tib turadi. U holda 10 ming xonadonli shaharchaga keladigan tarmoqdan 50 000 A tok o'tadi. Ammo, agar elektrostansiyada 220 V kuchlanishli tok ishlab chiqarilsa, uni ikkita sim orqali shaharchaga uzatish mumkin emas. Chunki 50 000 A tokka 1000 mm2 ko'ndalang kesimli mis sim ham bardosh berolmaydi. Bunday tok o'tganda sim qizib erib ketadi.
Katta miqdordagi elektr tokini uzoq masofalarga uzatishda simning qizimasligi va tokning ko'p isrof bo'lmasligi uchun ma'lum choralar ko'riladi.
Joul-Lens formulasidan kelib cliiqadiki, elektr tarmog'ida energiya isrofmi kamaytirish uchun tok kuchini va o'tkazgich qarshiligini kamaytirish zarur.
Uzatish tarmoqlaridagi o'tkazgichning qarshiligi kam bo'lishi uchun solishtirma qarshiligi kicliik bo'lgan moddalardan tayyorlangan yo'g'on simlar ishlatiladi.
Tok kuchini kamaytirish uchun uning kuchlanishi orttiriladi. Tok quvvatining
P - IU formulasidan kelib cliiqadiki, uzatilayotgan quwatni saqlab qolish uchun tok kuchini qanchaga kamaytirilsa, kuclilanislini shunchaga oshirish kerak bo'ladi.
Elektrostansiyada ishlab chiqarilgan tokning kuchlanishini oshirish kuchaytiruvchi yordamchi stansiyada transformatorlar yordamida amalga oshiriladi.
Kuchaytiruvchi yordamchi stansiyada yuksaltiruvchi transformatorlar yordamida islilab chiqarilgan tok kuchlanishi 500-1150 kV gacha oshiriladi.
Yuqoridagi misolga qaytaylik. 10 ming xonadon 220 V kuchlanishli tarmoqdan 50000 A tok oladi. Bunda shaharchaga keladigan tokning quwati P = 50000 A • 220 V = 11000000 W = 11 MW bo'lishi kerak.
Elektrostansiyada kuchaytiruvchi yordamchi stansiyada transformator yordamida tokning kuchlanishi U = 500 kV ga oshiriladi, deylik. U holda
shaharchaga keladigan tarmoqdan = 22 A to'k o'tadi. Yo'g'onroq simdan 22 A tok o'tganda sim deyarli qizimaydi va elektr energiyaning yo'qotilislii juda kam bo'ladi.
Kuchaytiruvchi yordamchi stansiyada kuchlanishi oshirilgan elektr toki o'nlab, hatto yuzlab kilometr masofalarga uzatiladi va iste'molchilarga taqsimlanadi.
Elektr energiyani elektrostansiyalardan iste'mol qilinadigan joylarga uzatuvchi tarmoqlar elektr uzatish tarmoqlari deb ataladi.
Elektr uzatish tarmoqlari, aso- san, (1) tayanch, (2) izolatorlar va tok eltuvchi simlardan (3) iborat bo'ladi. Tok eltuvchi simlar aluminiy yoki po'latdan tayyorlanadi. Ularning ko'ndalang kesim yuzasi 100-500 mm2, ba'zan undan ham katta bo'ladi. Bunday yo'g'on va og'ir simlar likopchasimon baquwat izolatorlar orqali tayanchga osiladi. Bitta tayanch 3-6 ta, ba'zan undan ham ortiq simni ushlab turadi. Odatda, har bir tayanch balandligi 8-20 m, oralig'i 100-200 m ga teng.
Chaqmoq paytida yashindan saq- lash uchun tayanchning tepa ucliiga yashin qaytargich o'rnatilgan bo'lib, uning pastki uclii yerga ko'miladi.
Xavfsizlikni ta'minlash maqsadida elektr uzatish tarmoqlari ko'proq ochiq yer maydonlaridan o'tkaziladi. Uzatish tarmoqlarining simlari ostiga uylar, korxonalar va boshqa binolar qurish taqiqlanadi.
Kuchlanishni pasaytirish bir necha bosqichda amalga osliiriladi. Pasaytiruvchi yordamchi stansiyalarda pasaytiruvchi transformatorlar yordamida elektr tokining kuchlanishi 6 kV gacha pasaytiriladi. Shundan so'ng, elektr energiyasi aholi yashaydigan joylarga uzatiladi. Alioli yashaydigan joylardagi pasaytiruvclii yordamchi transformatorlar elektr tokining kuclilanislii ehtiyojga qarab pasaytiriladi. Odatda, xonadonlarga, korxonalarga, idoralarga, maishiy xizmat ko'rsatish joylariga tok kuclilanislii 220 V ga to'g'rilab beriladi. Sanoat korxonalariga 220 V dan tashqari 380 V va 660 V kuchlanishli tok ham beriladi.
4.Darsni mustaxkamlash uchun savollar:
Nima uchun elektrostansiyalardan elektr energiyani uzoq masofaga uzatish uchun ularning kuchlanishi oshiriladi?
Kuchaytiravchi yordamchi stansiyalarda kuchlanish qay tarzda oshiriladi?
Elektr uzatish tarmoqlari, asosan, nimalardan tashkil topgan?
5.Uyga vazifa: 142-145 - betni o’qib kelish.
O’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari:________________________________
|