|
Parollarni buzishning Fishing usuli
|
bet | 3/5 | Sana | 28.05.2024 | Hajmi | 60,73 Kb. | | #256195 |
Bog'liq 6. (81-95) Karimov86.Parollarni buzishning Fishing usuli
Fishing – bu tasodifiy Internet foydalanuvchilarni parolni berishga “undash” jarayonidir. Odatda bu jarayon mohiyati qalbaki saytlarni yaratib, bu saytlar orqali foydalanuvchilarni o’zini parolni kiritishda yolg’on yo’l bilan undashdan iborat.
87.Tarmoqlararo ekran texnologiyasi
Tarmoqlararo ekran (TE) - Brandmauer yoki firewall sistemasi deb ham ataluvchi tarmoqlararo himoyaning ixtisoslashtirilgan kompleksi. Tarmoqlararo ekran umumiy tarmoqni ikki yoki undan ko‘p qismlarga ajratish va ma’lum paketlarini chegara orqali umumiy tarmoqning bir qismidan ikkinchisiga o'tish shartlarini belgilovchi qoidalar to‘plamini amalga oshirish imkonini beradi.
- tashqi (himoyalanuvchi tarmoqqa nisbatan) foydalanuvchilarning korporativ tarmoqning ichki resurslaridan foydalanishini chegaralash.
Bunday foydalanuvchilar qatoriga tarmoqlararo ekran himoyalovchi ma’lumotlar bazasining serveridan foydalanishga urinuvchi sheriklar, masofadagi foydalanuvchilar, xakerlar, hatto kompaniyaning xodimlari kiritilishi mumkin;
- himoyalanuvchi tarmoqdan foydalanuvchilarning tashqi resurslardan foydalanishlarini chegaralash. Bu masalaning yechilishi, masalan, serverdan xizmat vazifalari talab etmaydigan foydalanishni tartibga solishga imkon beradi.
88.Brandmauer (olovli devor) sistemasi
Brandmauer tashkilot tarmogʻiga tashqaridan foydalanish va buzib kirishning oldini oladi va tarmoq zaifligini xavfsizlikka hujumlardan kamaytiradi. Kirish va chiqish paketlari ushlab qolinadi, tahlil qilinadi va ruhsat etiladi/saralanadi (chetlatiladi). Xavfsizlik siyosatidan kelib 325 chiqib, brandmauer maʻlumotlarni oʻtkazish mumkinligini hal qiladi. U ishonchsiz tashqi tarmoq va ichki tarmoq oʻrtasida shlyuz boʻlib xizmat qiladi.
Brandmauer - Tarmoqlararo toʻsiq, «Firewall» atamasining sinonimi (nemis tilidan «olovli devor» deb tarjima qilinadi).
Brandmauerlar turlari: − Paketli filtr yoki saralovchi filtrlar; − Ilova shlyuzlar yoki proksi-serverlar. Ushbu himoya tarmoq qurilmalarini qoʻllash himoyalash siyosati va tashkilotda tatbiq etilgan qoidalar toʻplamiga bogʻliq boʻladi.
|
| |