• Web sahifadan Android ilova yaratish.
  • Website 2 APK Builder Pro
  • 9- ma’ruza: web-dizayn asoslari. Mavzu rejasi




    Download 136,61 Kb.
    bet3/4
    Sana12.02.2024
    Hajmi136,61 Kb.
    #155002
    1   2   3   4
    Bog'liq
    TAT-9 MA\'RUZ MATNI
    2-ma`ruza. Intelektual tizim tasnifi. Intelektual axborot tizimi, Самостоятельная работа (1), Шаблон учун, raqamli texnologiya, eng-xavfsiz-shifrlash-algoritmlari, IBET1243 (1), Intizom Ma `lumot texnologiyalar dars mavzu Microsoft Word da-genderi.org, 126 1684497155, 4-laboratoriya, Baxtiyorov Nodirbek (2), Ishlab chiqarishning[1], 11. Kvadratik formalar (3), Kompyuter viruslari va viruslardan himoya qilish muammolarini hal, Elektron Chaqiruv xati BT, 9-informatika-darslik
    Web ilova yaratish.
    Dasturchilar orasida web dasturchilar ko'pchilikni tashkil qiladi. Hozirgi kunda web sahifa tayyorlash qiyin ish emas. HTML, CSS va JavaScript web dasturlash tillarini bilish kifoya. HTML, CSS va JavaScript bilan faqat web sayt yaratilmaydi, turli interaktiv muloqat oynalari, testlar, o'yinlar, animatsiyalar, amaliy topshiriqlar yaratishingiz mumkin. 2020-yildan boshlab Adobe Flash dasturi mahsulotlarini ko'plab brauzer va boshqa dasturlarda ishlamaydi. Sababi Flash dasturi o'rnini HTML, CSS va JavaScript egallamoqda. Flashda qilingan interaktiv oynalarni Front End dasturchilar HTML da yaratishmoqda. Web texnologiyalar yordamida dasturlar yaratib turli platformalarda qiyinchiliksiz foydalanish mumkin, ular bir xil ishlaydi. Shu sababdan web texnologiyalar yordamida mobil ilovalar yaratish ommalashmoqda ko'plab JavaScript kutubxonalari, frameworklari yaratilmoqda.
    Web sahifadan Android ilova yaratish.
    Android Studio va Java dasturlash tilidan foydalanmasdan HTML, CSS va JavaScript yordamida dastur, o'yin, test, topshiriqlar to'plami, elektron kitob, elektron darslik, web sayt va h.k. larni yaratib ularni qisqa vaqt ichida Android qurilmalarda ishlovchi .apk ilova ko'rinishiga o'tkazishingiz mumkin. Web sahifadagi barcha fayllar rasm, video, audio, .css, .js yagona ilovaga birlashtriladi. HTML sahifani .apk ilovaga o'tkazuvchi tizimlar online yoki offline turlarga bo'linadi. Online tizimlar web sayt bo'lib brauzerda internetdan yuklanadi. Offline tizimlar oddiy dastur bo'lib kompyuterga o'rnatiladi. Windows operatsion tizimida ishlovchi eng yaxshi Android ilova yaratuvchi dasturlardan biri Website 2 APK Builder Pro dasturidir.
    Website 2 APK Builder Pro dasturida ishlash.
    Dastur hajmi 10 megabaytdan kichik bo'lib, 1 gigabayt tezkor xotiraga ega kompyuterlarda ham ishlay oladi. Interfeysi bitta oynadan iborat juda sodda va foydalanishga qulay. Dastur pullik bo'lib, bepul Demo versiyasidan foydalanilganda imkoniyatlari cheklangan bo'ladi.Website 2 APK Builder Proning aktivlashtirilgan holatida dastur oynasidagi barcha parametrlardan foydalanishimiz mumkin. 
    Android ilova yaratishdan oldin HTML, CSS, JavaScript tillaridan foydalanib kalkulyator yaratib olamiz. Kalkulyatorimiz 3ta fayldan iborat: index.html, style.css va skript.js. 
    Website 2 APK Builder Pro dasturini ishga tushiramiz, "Directory of Local Website:" maydoniga web sahifa joylashgan papkani ko'rsatamiz. Dasturimiz ikonkasini o'zgartiramiz, versiyasini yozamiz va kerakli maydonlarni to'ldirib chiqamiz, oxirida "GENERATE APK" tugmasini bosamiz. "Output Directory:" maydoniga ko'rsatgan papkamizda .apk ilova fayli hosil bo'ladi. Telefonga o'tkazib foydalanish mumkin kalkulyator ishlayapdi.
    Internet turli xil insonlarni yagona maqsad bilan birlashishiga sabab bo’lmoqda. Hamma Internet tarmog’idan biror turdagi axborot olishga harakat qiladi. Shunday vaqtlar keladiki, hujjatni Internetda chop etish malakasi yozuv mashinasidan foydalanish kabi har bir, hatto o’rta ma’lumotga ega bo’lgan insonning qo’lidan keladi.
    So'ngi paytda Internetni shiddat bilan rivojlanishi va uning foydalanuvcxilari sonini kundan-kunga ortib borishi bois Internetda turli yo'nalishda web sahifalar soni ham ortib bormoqda. Internet orqali savdo-sotiq ishlarini olib borish , masofadan turib universitetlarga o'qishga kirish va nufuzli universitetlar diplomini olish ham mumkin. Turli provayderlar nafaqat firma va kompaniyalar balki dunyo bo'ylab millati, dini va tilaidan qatiy nazar oddiy fuqarolar uchun ham internetda o'z sahifalarini joylashtirish imkoniyatini taklif etmoqda. Internetda o'z sahifangizni yaratish uchun siz albatta web sahifa yaratish texnalogiyasi haqida dastlabki tushunchaga ega bo'lishingiz lozim.

    Download 136,61 Kb.
    1   2   3   4




    Download 136,61 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    9- ma’ruza: web-dizayn asoslari. Mavzu rejasi

    Download 136,61 Kb.