|
Mavzu: Pufaksimon saralash. Birlashtirish orqali saralash. Piramidal saralash
|
bet | 1/3 | Sana | 23.11.2023 | Hajmi | 179,43 Kb. | | #104055 |
Bog'liq Pufaksimon saralash
Mavzu: Pufaksimon saralash. Birlashtirish orqali saralash.
Piramidal saralash.
Pufaksimon saralash (Bubble sort) ikki qoʻshni elementni taqqoslash va ular moʻljallangan tartibda boʻlmaguncha, ularni almashtiradigan tartiblash algoritmidir. Xuddi suv yuzasiga koʻtarilgan havo pufakchalarining harakati kabi, massivning har bir elementi har bir iteratsiyada oxirigacha harakat qiladi. Shuning uchun u pufakchali saralash deb ataladi.
“Bubble sort” bu eng sodda, ketma-ketlikdagi har bir sonni boshqa sonlar bilan solishtirishga asoslangan algoritm hisoblanadi. Unda yonma-yon turgan elementlardan chapdagisi o‘ngdagidan kattaligi aniqlansa, bu ikkala son oʻrni almashtiriladi. Bu jarayon almashtirish kerak boʻlmay qolguncha davom etadi, yaʼni barcha elementlar o‘sish tartibida bo‘lib qolguncha.
“Bubble sort“ nisbatan koʻp vaqt talab qiluvchi saralash algoritmi hisoblanadi. Chunki unda n ta element uchun takrorlanishlar soni taqriban n*n ga teng. Bu, n kichik son boʻlsa unchalik sezilmaydi. Sababi, hozirgi zamonaviy kompyuterlar uchun bu takrorlanish soni qiyinchilik tugʻdirmaydi. Ammo butun boshli maʼlumotlar bazasidagi maʼlumotlarni saralash talab etilsachi? Albatta vaqtdan yutqazamiz. Ammo, bu algoritm saralash algoritmlarini tushunib olish uchun ilk qadam hisoblanadi.
Ko’rib turganingizdek algoritm g’oyasi juda ham oddiy. Endi uni qadamma-qadam keltirib o’tamiz.
Array boshidan uning oxirgi elementidan bitta oldingi elementigacha yurib chiqamiz.
Har bir yurib chiqishda ichki takrorlanish orqali qo’shni elementlarni bir-biri bilan solishtirib, katta elementni o’ng tomonga joylashtirib ketamiz. (O’sish tartibidagi saralashda)
Har bir tashqi takrorlanish qadami tugagandan so’ng bizda array oxiridan boshlab array saralanib boradi. Shu sababli har safar ichki takrorlanishda bu qismni qayta ko’rib chiqish shart emas.
Tashqi takrorlanish tugaganda bizda saralangan massiv hosil bo’ladi.
|
| |