• Qog’oz ko’rinishdagi hujjatlar
  • 9-Ma’ruza. Disklarni va fayllarni shifrlash. Ma’lumotlarni xavfsiz o’chirish usullari




    Download 2 Mb.
    bet3/5
    Sana23.11.2023
    Hajmi2 Mb.
    #103980
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    9-maruza

    Ma’lumotni yo’q qilish usullari
    Axborot xavfiszligida ma’lumotni xavfsiz saqlash qanchalik muhim hisoblansa, ularni xavfsiz yo’q qilish ham shunchalik muhim hisoblanadi. Sababi, konfidensial axborotni to’liq yo’q qilinmagan taqdirda uni tiklash imkoniyati saqlanib qoladi. Hozirgi kunda foydalanilayotgan barcha ma’lumotlarni yo’q qilish usullarini ham ishonchli deb aytish qiyin. Quyida ham qog’oz ko’rinishidagi ham elektron ko’rinishdagi hujjatlarni yo’q qilish usullari va ularning xususiyatlari bilan tanishib chiqiladi.
    Qog’oz ko’rinishdagi hujjatlar
    Odatda qog’oz ko’rinishdagi hujjatlarni yo’q qilishda quyidagi usullardan foydalaniladi:

    • maydalash (shreder);

    • yoqish;

    • ko’mish;

    • kimyoviy ishlov berish.

    Maydalash. Tashkilotda rahbariyat ruxsati bilan xodimlar qo’lida bo’lgan qog’oz ko’rinishidagi hujjatlar vaqti o’tib o’z kuchini yoqotadi yoki ularda arzimas ma’lumotlar saqlangani bois ularni yo’q qilish zaruriyati tug’uladi. Biroq, mazkur holda qimmat ma’lumot bo’lsa ularni to’liq yo’q qilish talab etiladi. Maydalash jarayoni ushbu vazifani bajarishda keng qo’llaniladigan usullardan biri hisoblanadi. Bunda ofis maydalagichi qog’ozni turli kesishlar orqali ularni maydalaydi (9.5-rasm).

    9.5-rasm. Shreder Rexel Auto+ 90X
    Maydalash usulining afzalligi quyidagilar:

    Yoqish. Yoqish orqali katta hajmdagi hujjatlarni tezda yo’q qilish mumkin. Ma’lumotni yo’q qilishning mazkur usuli ekologik tomondan ma’qullanmaydi. Bundan tashqari yoqish usuli quyidagi kamchiliklarga ega:

    • tashkilot ichida yoki tashqarichida qog’ozlarini yoqish uchun maxsus joy bo’lishi talab etiladi;

    • agar yonish yuqori sharoitda maxsus qozonxonalarda amalga oshirilmasa, qattiq bosilgan papkalarni saqlanish ehtimoli mavjud;

    • olovni yoqish va yuklash-tushirish amallari hisobida ortiqcha xarajat talab etadi.

    Ko’mish. Ushbu usul avvallari keng foydalanilgan usul hisoblansada, hozirda kamdan-kam hollarda foydalaniladi. Ushbu usul qog’oz ma’lumotlarni to’liq yo’q qilish imkoniyatini bermaydi. Iqlimi quruq hududlarda qozog’ ma’lumotlarni yo’q bo’lishi uchun uzoq vaqt talab etiladi.
    Kimyoviy ishlov berish. Yuqori maxfiylik darajasiga ega hujjatlarni yo’q qilishda yuqorida keltirilgan usullari to’liq kafolatni bermaydi. Kimyoviy usul esa qog’oz ko’rinishidagi axborotni 90% ishonchlik bilan yo’q qilish imkonini beradi. Buning uchun maxsus kimyoviy modda va suvdan foydalaniladi. Hosil qilingan massani tiklashning umuman imkoni mavjud emas. Ushbu usulning yagona kamchiligi uning narxi yuqoriligi va maxsus joy talab etilishidir.

    Download 2 Mb.
    1   2   3   4   5




    Download 2 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    9-Ma’ruza. Disklarni va fayllarni shifrlash. Ma’lumotlarni xavfsiz o’chirish usullari

    Download 2 Mb.