9-Ma’ruza. Disklarni va fayllarni shifrlash. Ma’lumotlarni xavfsiz o’chirish usullari




Download 2 Mb.
bet4/5
Sana23.11.2023
Hajmi2 Mb.
#103980
1   2   3   4   5
Bog'liq
9-maruza

Elektron hujjatlarni yo’q qilish
Elektron shaklda saqlanadigan shaxsiy va tashkilotga tegishli ma’lumotlarga noqonuniy kirish usullarining ko’payishi sababli elektron ommaviy axborot vositalariga ishonish muammosining dolzarbligi oshmoqda. Bunga misol qilib, Markaziy razvedka boshqarmasi va AQSh milliy xavfsizlik agenti Edvard Snoudenga tegishli yangiliklarni olish mumkin. Xususan, 2013 yil iyun oyining boshida u NSAga tegishli hujjatlarni oshkor qildi. Bunga ko’ra G20 sammitining chet ellik mehmonlari, shu jumladan Dmitriy Medvedovni Amerika va Buyuk Britaniya razvedka idoralari tomonidan kuzatilayotgani aytilgan. Maxfiy agentlar PRISM dasturidan foydalanib, noutbuk va telefonlarda saqlanayotgan shaxsiy ma’lumotlarga kirishni uddasidan chiqishgan. Buyuk Birtaniya hukumati aloqa markazining xodimlari BlackBerry kodini buzib, qo’ng’iroqlarni tinglash va sammit ishtirokchilarining yozishmalarini o’qish imkoniyatiga ega bo’lishgan.
O’chirish degani bu yo’q qilish degani emas
Elektron vositalardagi ma’lumotlardan xolos bo’lishning eng oson yo’li bu uni Korzinkaga yuborish yoki yanada radikal usuli formatlashdir. Bu usul aksariyat foydalanuvchilar tomonidan ishonchli usul deb qaralsada, aslida bunday emas. Bu usul ma’lumotni fizik yo’qolishini ta’minlamaydi. Bu holda maxsus dasturlar yordamida ularni qayta tiklash imkoniyati tug’iladi (Recuva, Wise Data Recovery, PC Inspector File Recovery, EaseUS Data Recovery Wizard Free, TestDisk and PhotoRec, Stellar Data Recovery).
Hozirgi kunda amalda elektron hujjatlarni saqlagichlar sifatida quyidagi turdagi vositalardan foydalanib kelinmoqda:

  • qattiq disklar: noutbuk va kompyuterdagi qattiq disklar;

  • magnit lentalar (zaxira nusxalashdagi);

  • Floppi-disk: 3.5, 5.25 dyumli va boshqa;

  • ZIP disklar;

  • Optik disklar: CD, DVD, Blue Ray va HD DVD;

  • Flesh xotiralar va hak.

AQSh hukumatida konfidensial axborotni saqlash va o’chirib tashlash bo’yicha qator normativ hujjatlar ishlab chiqilgan (Code of Federal Regulations). Masalan, AQShning markaziy arxiv markazlarida elektron saqlagichdagi ma’lumotni yo’q qilishning quyidagi uchta usulidan amalda foydalaniladi:
Shredirlash. Kuchli sanoat maydalagichlari deyarli barcha ko’chma saqlaguvchilarni: CD, DVD, disket, magnit lentalar va hak. Maydalash natijasida buyumlar 25 mmli qismlarga bo’lib tashlanadi (9.6-rasm).

9.6-rasm. Shredirlash jarayoni
Magnitsizlantirmoq. Maxsus qurilma ichida joylashtirilgan saqlagichning xususiyatlari o’zgartiriladi va shu bilan o’qib bo’lmasligi ta’minlanadi. Agar kuchli magnitsizlantirish amalga oshirilsa ma’lumotlar saqlagichdan o’chiriladi va saqlagichning o’zi neytral mannit holatiga kiradi. Ushbu ma’lumotni yo’q qilish usuli dattiq disklarni va bazi ko’chma qurilmalar uchun qo’llaniladi (9.7-rasm).

9.7-rasm. UE-02 qurilmasi

9.8-rasm. Kuchli magnit maydoni natijasida USB flesh saqlagichining o’zgarishi
Yanchish. Shredirlash jarayonidan tashqari AQSh federal arxiv markazlari tomonidan qattiq diskni yanchish orqali uni jismonan yo’q qilish usuli ham mavjud. 5.5 tonna tosh ostida kompyuter va noutbuklarning qattiq diskalari tamomila yo’q qilinadi. Ushbu mexanizm maksimal hajmi 2.5x9x15sm bo’lgan, 3.5, 2.5 va 1 dyumli disklar (SATA, PATA, SCSI) ni maydalash uchun mo’ljallangan.
Yuqorida keltirilgan usullarning aksariyati ma’lumot tashuvchini fizik yo’q qilishni maqsad qiladi. TOP SECRET bo’lmagan axborot saqlangan holda esa saqlagichlardan qayta foydalanish talab etiladi. Buning uchun quyidagi usullardan foydalaniladi:

  • xotiraga bir necha marta takroran yozish;

  • maxsus dasturlar yordamida saqlagichni tozalash (formatlashdan oldin ma’lumotni o’chirish).

Ushbu usul ma’lumotni kafolatli yo’q qilish imkonini bermasada, amaliyotdagi aksariyat holatlar uchun yetarli hisoblanadi.
Umumiy holda elektron saqlagichlardagi axborotni yo’q qilish uchun quyidagi 9.9-rasmda keltirilgan usullardan foydalaniladi.

9.9-rasm.
AQShning Cornell kompaniyasi tomonidan elektron axborotni saqlovchilardan qayta foydalanish uchun va ularni yo’q qilish uchun quyidagi tavsiyalar beriladi.


Download 2 Mb.
1   2   3   4   5




Download 2 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



9-Ma’ruza. Disklarni va fayllarni shifrlash. Ma’lumotlarni xavfsiz o’chirish usullari

Download 2 Mb.