9-Ma’ruza: Flash-texnologiyasi asoslari




Download 81.5 Kb.
bet1/2
Sana30.11.2022
Hajmi81.5 Kb.
#32628
  1   2
Bog'liq
9mar
qon ketish turlari, 1-amaliy (1), Mavzu Protsessorlar arxitekturasi. Reja Protsessor arxitektura-fayllar.org, 1-mustaqil ish, Amaliy mashg’ulot. 8-Mavzu Raqamli iqtisodiyotning platformasi. (2), Topshiriq Tinish belgilarining ishlatilishi bilan tanishtirilad, Texnologiya va dizayn yo‘nalishi, 7-ma\'ruza, Taqdimot (14), Cisco Packet Tracer dasturida wan tarmog’ini hosil qilish Labaratoriya ishi, Ilmiy maqola yozish qonun qoidalari, kursavoyga malumot1, Monopoliya atamasi qaysi tildan olingan A nemis tilidan-hozir.org, \'Moliya-kredit 6-mavzu Microsoft Word

9-Ma’ruza: Flash-texnologiyasi asoslari

Flash texnologiya yoki yana ularni interaktiv WEB animatciya texnolgiyasi ham deyiladi, Macromedia kompaniyasi tomonidan yaratilgan bo’lib, axborotni multimedia ko’rinishida ifodalash asoslanadi va ko’pgina ko’pgina kuchli texnogiyalarni o’z ichiga mujassamlashtirgan. Flash filmlarni ishlab chikarishda vektor grafikasiga asoslangan muxit barcha multimedia elementlari: harakat, ovoz va ob`ektlar interaktivligi asos buldi. Bunda tayyor bo’lgan dasturning xajmi kichik va foydalanuvchi ekranining ruxsat me`yoriga bog’liq emas – bu esa internet – loyihalarida asosiy talab hisoblanadi.


Yakinda chiqqan Flash hozirda WEB dizaynerlar orasida katta obru kozondi.Flash saytlarda dinamika,ovoz va grafik effektlar qo’llash imkonini beradi Flash sahifalarni kurish uchun ozod tarkatiladigan (freeware) ,sahifalarni yaratish uchun dastur bor, u shartli holda bepul (shareware),Macromedia bu dasturlarni 30 kun davomida ishlatish imkonini beradi.
Kupincha Flash loyihalar oddiy HTML dokumentga Flash ob`ektlarni kushish orqali bo’ladi.Bunday sahifani kurish uchun plagin kerak,kaysiki bu Windows 98 konfiguratciyasiga kiradi.Plaginning xajmi atigi 160 kb.Agar ma`lum sabablarga kura bu dastur bo’lmasa,uni Macromedia saytidagi manzildan olish mumkin.Lekin ko’p xollarda .Flash sahifalari kaysi dastur ta`minoti yukligini aniqlaydi va avtomatik ravishda tortib oladi va shundan sung ishlaydi. Flash texnologiyalariga boshqa misol qilib lokal prezentatciyalarni keltirish mumkin.Bu uchun dasturda bajariluvchi (.exe) fayl yaratish optciyasi quyilgan.Shu holda ham dastur xajmi kata bulmaydi va internetda ishlatish mumkin. .Flash ning shak shubxasiz yutugi bu kichik xajmdagi rangli, animatcion,dinamik,interaktiv sahifalarni yaratishidir,bu internetda ishlatish uchun ideal hisoblanadi.Bu vektor grafika va kuchli informatciyani kisish algoritmlari yordamida amalga oshiriladi.Shuni ham aytish kerakki, Flash serverga so’rov berish uchun formalarni ishlatishi, bunda ma`lumotlar bazasiga ulanishi mumkin. Flash sahifalarni yaratuvchi dastur sayt yuklanish jarayonini boshqarishi mumkin.Masalan,yuklanish foizini shkalada ko’rsatishi mumkin.
Flash-animatciyalarni yaratishda dasturchi asoslanadigan muhim ob`ekt bu kadr.Kuchli ichki tizimli belgilarning murojaat va o’zgaruvchilarning ishlatilishi esa,konkret o’zgaruvchilarning kiymatiga bog’liq holda bir necha xil ukitilishi mumkin.Shunday qilib, yakuniy dasturning xajmi va yuklanish vaqtini tejashga olib keldi.
Shuni ham Yana aytish kerakki, WEB sahifalar animatciyasining texnologiyasi buyicha, flash-texnologiyaning ishlatilishida ekran kattaligi va sahifa kattaligi to’g’ri kelmasligi muammosi uchramaydi. Ekran kattaligini foiziga karab ob`ekt xajmini foizlarda bersak bo’lgani , flash-ob`ektning munosabat xajmini olamiz.Yana bunda nafaqat vektor grafika balki ,quyilgan grafik ko’rinishlar ham masshtablanadi.
Rasm,ovoz,vektor grafika- bularning hammasini Flash birgina SWF kengaytmali faylga ( prezentatciya yaratishda fayl.exl kengaytmaga ega bo’ladi) joylashtiradi. Bu yuklanishni boshlanish bilan birga sahifalarni yaratishda dasturchining va foydalanuvchini ishini osonlashtiradi. Foydalanuvchi darxol zastavka ,to’liq yuklanishgacha bo’lgan vaqtni kurishi mumkin.
Albatta, Flashda ham kamchiliklar bor. Flash ob`ektlarining asosiy kamchiligi bu oxirgi foydalanuvchiga plaginining o’rnatilganligidir. Lekin, yuqorida aytganimizdek ko’p hollarda u o’rnatilgan bo’ladi.
Kamchiliklardan yana biri bu Flash roliklarni kurishda ko’p kompyuter resurslarni talab qiladi.Animatciya o’quvchi juda ko’p protcessorning resursini oladi,uqilish tezligi esa ekran xajmiga ham bog’liq bo’lib koladi.Lekin, shunday bulsa ham,barcha kompyuterlarda kaerda Windows OT o’rnatilgan bulsa Flash rolikni kurish mumkin.U tezkor xotira kiymatiga va protcessorga kattik talab kuymaydi.Yagona farki ishlash tezligi bo’ladi.
Hozircha Flash-texnologiya ochiq holda 3 xajmli grafikani ta`minlamasada , kuchli asboblar paneli va utelitalar 3 kiymatli strukturalardan farklash qiyin bo’lgan 2 kiymatli strukturalar kurish imkonini beradi. Demak, kiskacha flash-texnologiyada ishlash misollari bilan tanishamiz.
1. M.Flash muxarririni o’rnatish.
Bu etap xolatida Flash-muxarririning oxirgi versiyasi MX bo’lgani uchun, keyingi barcha muloxazalar shu versiyaga taallukli bo’ladi.
Birinchi kadamda o’rnatuvchi komplektni olish kerak. Bu uchun Macromedia kompaniyasining distribyutorlariga murojaat qilish eki Macromedia saytidan 30 kunga muljallangan yarim funktciyani tortib olishmumkin. Shu erda darxol aytsak, filmlar namoyishi shablonlarining oxirgi versiyasini ham tortib oling.Bu dasturiy ta`minotdan boshqa ko’pgina erdamchi vositalar bor , ular quyidagi jadvalda keltirilgan.
Jadval Flash-texnologiyalari bilan ishlovchi asosiy instrumental vositalar.

N

Produkt nomi

Ishlatilishi

1

Macromedia Flash

Professional flash-muxarrir

2

M.F.Print Kit

M.Fdan Chop etish uchun dasturiy ta`minotlar to’plami

3

M.Generator

Flash-roliklarni modullarini dinamik yaratuvchi dastur

4

M.Director

Ma`lumotlar va jarayonlarni boshqarish ob`ektga asoslangan muxitni ifodalovchi maxsus kompilyator,Lingo dasturlash tili yordamida kengaytirilgan

5

Corel Draw exporter for M.F

Corel Draw da yaratilgan rasmlarni M.Fga eksportlash vositasi

6

Adobe Illustrator exporter for M.F

Adobe Illustratorda yaratilgan rasmlarni M.Fga eksportlash vositasi

7

M.Applet Ace

Appletlar yaratish uchun vosita

8

M.FreeHand

Vektor grafika muxarriri standart formatlar bilan birga SWF formatini kuvvatlovchi

9

M.Dream Weaver

M. Firmasining HTML-muxarriri, u saytni vizual proektlash metodlari va HTML –kod bilan to’g’ridan-to’g’ri ishlashni ta`minlaydi.

10

M.Extension Manager

Proektlarni boshqarish tizimi.

11

M.Fire Works

Internet uchun multifunktcional dasturlarni yaratishning kompleks tizimi.

12

Direct Flash Turbine

Flash-filmlar generatori,multimediya dasturlari yaratish buyicha o’zida ko’pgina funktciyalarni, dinamik generatciyani kushgan holda shularni mujassamlashtirgan.

13

Swift Generator

Flash-filmlarni matn,shrift,ovoz,tarkaluvchan ko’rinish, dastur kodlari kadrlarda interaktiv novigatcion elementlarni modifikatciyalovchi tizim.

14

Flash 2 Form

Flash-filmlarda murojaat va matnlarni,kadr va ob`ektlar nomini o’zgartiruvchi generator.

15

Netstudio 2000

Flash bilan ishlovchi integrallashgan paket.

16

Kool Moves

Animatciya yaratish uchun vosita.

17

Quick Time Pro

Video bilan ishlovchi vosita

18

Real Audio Producer

Ovoz bilan ishlovchi vosita

19

Real Player

Ovoz bilan ishlovchi vosita

20

Swift 3D

3 kiymatli Flash ob`ektlar yasash vositasi.

21

Vecta 3D

3 kiymatli Flash ob`ektlar yasash vositasi

.
Kerakli dasturiy ta`minotni olgandan sung, uni o’rnatishga utsak ham bo’ladi, bu esa kata qiyinchilik tugdirmaydi.Tanlanadigan o’rnatishni ishlatish maksadga muvofik,bu faqat kerakli komponentlarni o’rnatishga imkon beradi.Sungra tanlangan paketlar yuqorida ko’rsatilgan katalogda o’rnatiladi.
O’rnatish yaxshi tugatildi , endi muxarrir bilan ishlashga utsak bo’ladi.

Download 81.5 Kb.
  1   2




Download 81.5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



9-Ma’ruza: Flash-texnologiyasi asoslari

Download 81.5 Kb.