9-ma’ruza mavzu: mashinalarni yig‘ish texnologiyasi




Download 0.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana29.02.2024
Hajmi0.61 Mb.
#164764
  1   2   3   4   5
Bog'liq
5-amaliy ish sanjar (3), 1-маруза, 06.06.2023, 2-Mavzu Zamonaviy kompyuter va ularning arxitekturasi. Reja, Qarshiyev Nazarbek232323, Qarshiyev Nazarbek232323, 11 Transheyasi toraytirilgan drenaj mashinasini samaradorligini, urok-10-prez., ” fanidan Himoyaga tavsiya etaman Fakultet dekani Shu. Qosimov “-fayllar.org (1), xorij-davlatlarini-ta-lim-tizimi-aqsh-yaponiya-germaniya-misolida, 14-mashg’ulоt. Halqali yigirish mashinasining tuzilishi, vazifas-fayllar.org, 1-Laboratoriya ishi, Amaliy 1 kom mod, 6-sinf tabiiy fan test 2-chorak @e baza ishreja


9-MA’RUZA 
MAVZU: MASHINALARNI YIG‘ISH TEXNOLOGIYASI 
 
MA’RUZA REJASI: 
9.1. Mashinalarning ishlab chiqarishda yi`g‘ish jarayonlarining 
ahamiyati 
9.2. Yig‘ish turlarining tasnifi 
9.3. Yig‘ish jarayonlarini o‘lcham hisobi 
9.4. Yig‘ish texnologik jarayonining tuzilishi va tarkibi 
9.5. Mashinani yig‘uv birliklariga bo‘lish 
9.6. Yig‘uv jarayonlarini tuzilishi va tashkillanishi 
 
Tayanch iboralar: yig‘ish jarayonlari, o‘lchov qurilmalari, o‘lcham 
zanjiri, 
xatoliklar, sozlash, sinash, yig‘ish jarayonlarining tasnifi, dastlabki, 
oraliq yig‘ish, payvandlash orqali yig‘ish, tayyorlash, moslashtirish, 
sozlash, nazorat qilish, detal, kompleks, komplekt, agregat 
 
9.1. Mashinalarning ishlab chiqarishda yi`gish jarayonlarining 
ahamiyati 
Yig‘ish jarayoni mashinalarni tayyorlashning yakunlovchi bosqichi 
bo‘lib, uning asosiy ekspluatatsiya sifatini aniqlaydi. Mashinaning yuqori 
ekspluatatsion 
xususiyatlariga 
erishish 
faqatgina 
muvaffaqiyatli 
konstruksiya yaratish yoki yuqori sifatli materiallarni qo‘llash orqali 
erishilmaydi. Ushbu sifatlar va o‘ta aniq yuzali detallar o‘zaro birikkan 
yuza qatlamlarining optimal holatini ta’minlamay turib ta’minlay 
olmaydi. Mashinalarni tayyorlash jarayoni barcha ekspluatatsiya, 


shuningdek 
ekspluatatsiya 
chog‘idagi ishonchlilik va puxtalik 
ko‘rsatkichlarga erishishga yuqori sifatli yig‘ish, sozlash va sinash 
bosqichlarini shaoitlarida kafil bo‘lishi mumkin.Bu sifatli mahsulotni 
yig‘ish jarayonida turli sabablarga ko‘ra detallarning o‘zaro 
joylashishidagi xatoliklarning paydo bo‘lishi bilan yig‘ilayotgan 
mahsulotning aniqlik va ish sifatini sezilarli tushirishi bilan bog‘lanadi. 
Bunday xatoliklar sababi quyidagilar bo‘lishi mumkin: 
- ishchilar tomonidan yig‘ilayotgaan detallarni mo‘ljallash va o‘rnatishda 
yo‘l qo‘yadigan xatolari
- yig‘ish jarayonida qo‘llaniladigan kalibr va o‘lchov qurilmalarini 
o‘rnatishdagi, sozlashdagi hamda mashinada detalning aniq joylashuvini 
nazorat qilishdagi nuqsonlar; shuningdek o‘lchov asboblarining xatoligi; 
- kerakli joyga joylashtirish va o‘rnatish vaqti oralig‘ida detallarning 
nisbatan surilishi
- birikuvchi detal yuzalarida nuqsonlarning paydo bo‘lishi; 
- birikuvchi detallarni joylashtirish va o‘rnatish paytida ularning aniq va 
to‘liq bog‘lanishiga halaqit beradigan elastik va plastik deformatsiya. 
Yig‘uv ishlarini bajarish mashinalarni ishlab chiqarishga sarflanadigan 
umumiy mehnat hajmining katta qismini tashkil qiladigan ko‘p vaqt sarfi 
bilan bog‘liq. Ishlab chiqarish turiga ko‘ra yig‘uv ishlariga sarflanadigan 
vaqt yapli va katta seriyali ishlab chiqarish sharoitida 20-30%ni,donalab 
va kichik seriyali ishlab chiqarishda 35-45%ni tashkil qiladi. SHuni 
alohida ta;kidlab o‘tish joizki, chilangarlik-yig‘ish jarayonlarining 50 - 
85% qo‘l mehnati orqali amalga oshiriladi va bu ko‘p inson mehnati va 
katta iqtisodiy xarajatlarni, shunindek, yuqori malakali ishchilar 
mehnatini talab qiladi. Ko‘rsatib o‘tilgan muammolar yig‘ish sifati va 
unumdorligini ko‘tarish muammolarini ko‘paytiradi. 



Download 0.61 Mb.
  1   2   3   4   5




Download 0.61 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



9-ma’ruza mavzu: mashinalarni yig‘ish texnologiyasi

Download 0.61 Mb.
Pdf ko'rish