|
Mashinaning puxtalik koʻrsatkichlariga foydalanish sharoitining taʼsirini tahlil qilish
|
bet | 1/4 | Sana | 25.11.2023 | Hajmi | 54,5 Kb. | | #105593 |
Bog'liq Mashinaning puxtalik koʻrsatkichlariga foydalanish sharoitining taʼsirini tahlil qilish
Mashinaning puxtalik koʻrsatkichlariga foydalanish sharoitining taʼsirini tahlil qilish
Reja:
1. Mashinalar ishonchliligi.
2. Detallarning ishga layoqatliligi.
3. Mashinasozlikda ishlatiladigan materiallar.
Ishonchlilik - bu obyekt (mashina)ning ishlatish (foydalanish)ning berilgan sharoitlarda talab etilayotgan vazifaning bajarilishini ta’minlaydigan barcha ko‘rsatkichlami belgilangan chegarada vaqt davo`lida saqlab turish xossasidir.
Texnika sohasida ishonchlilikning ustuvorligi uning darajasi to`l ma'noda ishlab chiqarishni avto`latlashtirish, ish jarayonlari va tashishni jadallashtirish, material va quvvatni tejash, axborotni saqlash, qayta ishlash va uzatish kabi sohalardagi texnikaning taraqqiy etishini aniqlashdan iboratdir.
Hozirgi zamon texnik vositalari o'zaro ta'sirlashuvchi mexanizmlar, apparatlar va asboblardan iborat. Masalan, oddiy tikuv mashinasi bir necha o ‘n yoki yuz detaldan iborat bo`lsa, zamonaviy raketalami uchirish va radioboshqarish majmuaviy tizimi o"n millionlab elementlardan tashkil topgan. Birorta mas’ul elementning ishdan chiqishi, albatta, butun tizimdagi ish maro`lining buzilishiga olib keladi. «Kursk» ato`l suvosti kemasining halokati, Chemobil ato`l elektrostansiyasidagi portlash, neft tashuvchi katta sig‘imli tankerlardagi ishlatish va tashish talablarining buzilishi hammamizga ma’lum bo'lgan insoniyat uchun halokatli ekologik ofatlarga olib keldi.
Jihozlar, mashinalaming yetarli darajada ishonchli emasligi ta’mirlashdagi katta sarflarga, mashinalaming ishsiz turib qolishiga, aholini elektroenergiya, suv, gaz, transport vositalari bilan ta’minlanishining uzilib qoiishiga olib keladi.
Ishonchlilik tushunchalari va atamalari standartlashtirilgan. Mashinalar ishonchliligining asosiy ko’rsatkichlariga raddiyasizlik, umrboqiylik, ta’mirlashga moyillik va saqlanuvchanlik kiradi.
Raddiyasizlik (tor ma’noda, ishonchlilik) - ishlash muddatida yoki berilgan vaqt davo`lida mashinaning ishga yaroqliligini uzluksiz saqlashi xossasi.
Umrboqiylik - belgilangan texnikaviy xizmat va ta’mirlash tizimida mashinaning chegaraviy holatgacha ishga yaroqliligini davo`liy saqlay olish xossasidir.
Ta’mirlashga moyillik - mashinaning texnikaviy xizmat va ta’mirlash yo'li bilan raddiya va buzilishlaming yuz berish sabablarini aniqlash va oldini olish, ishga yaroqli holda ushlab turish va shu holga tiklanishga moslanuvchiligidir.
Saqlanuvchanlik- mashinaning saqlash va transportirovkadan so'ng raddiyasizlik, umrboqiylik va ta’mirlashga yaroqlilik ko'rsatkichlari qiymatlarini saqlash xossasidir. Bu xossaning amaliy ahamiyati zahiradagi detal, qism va mashinalarni hamda mavsumiy ishlatiladigan texnikani yana ishlatishda yaqqol ko'rinadi.
|
| |