|
Mashinaning puxtalik koʻrsatkichlariga foydalanish sharoitining taʼsirini tahlil qilish
|
bet | 2/4 | Sana | 25.11.2023 | Hajmi | 54,5 Kb. | | #105593 |
Bog'liq Mashinaning puxtalik koʻrsatkichlariga foydalanish sharoitining taʼsirini tahlil qilishIshga layoqatlilik – buyumning shunday xolatiki, bunda u texnik xujjatlarda ko’rsatilgan ko’rsatkichlar bo’yicha berilgan vazifalarni bajarishga qodir bo’ladi. Mustahkamlik, bikrlik, issiqbardoshlik, titrashga va eyilishga chidamlilik detalning ishlash layoqatini aniqlashning asosiy o`lillaridir.
Mustahkamlik. Detallarning ishlash sharoitida, deformatsiyalanishi me’yorida, sinmay va
benuqson ishlay olish xususiyati uning mustahkamligi deyiladi.
Yangi detallar loyihalashda, avvalo, uning mustaxkam bo’lishini ta’minlash zarur.
Bikrlik. Kuch ta’sirida ishlaydigan detallarni loyixalashda mustaqillik yetarli emas. Masalan: ma’lum kuch va mo`lent ta’sirida aylanayotgan val mustaxkam bo’lishiga qaramay, ruxsat etilgandan ortiq egilishi mumkin. Detalning bikrligini ta’minlash uchun ko’proq egilishi mumkinbo’lgan uchastkasi aniqlanib, o’sha yerdagi deformatsiya aniqlanadi va ruxsatetilgan qiymat bilan solishtriladi. Agar xisob qiymati ruxsat etlgan qiymatdan kichik yoki teng bo’lsa, detalning bikrligi qoniqarli deb topiladi.
Titrashga chidamlilik.
Mashinalarning ishlash tezligining oshirilishi, detallarning og’irligini kamaytirilishi har xil titrashlarga olibkelmoqda. Titrash esa o’z navbatida detallarning toliqishiga olib keladi. Bu borada ayniqsa, rezonans xodisasi o’ta xavflidir. Odatda, detallarning titrashga chidamliligini oshirish uchun rezonans xodisasini keltirib chiqaradigan o`lillarni yo’qotishga erishish lozim, ya’ni detalning o’zida xosil bo’ladigan xususiytitrashni chastota bilan tashqi kuch ta’sirida xosil bo’ladigan tebranish chastotasi teng bo’lmasligi kerak. Titrashni kamaytirish maqsadida titroq so’ndirgichlardan, ya’ni maxsus elastik elementlardan foydalaniladi.
Issiqbardoshlik.
Ishqalanish natijasida ishlaydigan detallar ma’lum darajada qiziydi. Bu esa detallarning ishiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Loyihalashda Q Q1- mashinadan tashqariga tarqaluvchi issiqlik miqdori KKall;
Yeyilishga chidamlilik.
Detalning tez yoki yaxshi yeyilishi uning ishlash sharoitiga, moylanish darajasiga kontakt kuchlanishning qiymatiga va boshqa faktorlarga bog’liq. Shu sababli eyilishga chidamlilikni ta’minlovchi aniq bir hisoblash usulini tavsiya etish qiyin. Eng ko’p qo’llaniladigan usul, bu solishtirma bosim va shartli koeffitsent Pni aniqlab, ularni ruxsat etilgan kattaliklar bilan solishtirishdir.
P < (P). PV < (PV)
bu erda V - ishqalanish tezligi.
|
| |