Mashinasozlikda ishlatiladigan materiallar




Download 54,5 Kb.
bet3/4
Sana25.11.2023
Hajmi54,5 Kb.
#105593
1   2   3   4
Bog'liq
Mashinaning puxtalik koʻrsatkichlariga foydalanish sharoitining taʼsirini tahlil qilish

Mashinasozlikda ishlatiladigan materiallar:
Po`lat, cho`yan, rangli materiallar, plastmassa, rezina, yog`och, teri, keramika.
Po`lat deb temir - uglerod (2,14 %gacha) qotishmasiga aytiladi. Tarkibiga ko`ra po`latlar ikki turga bo`linadi:
1. Uglerodli po`latlar
2. Legirlangan po`latlar
- Uglirodli po`latlar sifatga qarab:
a. uglerodli oddiy sifatli po`latlarga
b. uglerodli konstruktsion sifatli po`latlarga
v. asbob tayyorlaydigan po`latlar.
Uglerodli oddiy sifatli po`latlar keng tarqalgan bo`lib, mashina va mexanizm
detallarini tayyorlashda ko`p ishlatiladi.
Konstruktsion sifatli po`latlar konvertor, marten va elektr pechlarda tayyorlanadi. Oddiy sifatli uglerodli po`latlar tayyorlanishiga ko`ra A,B,V, guruppalarga bo`linadi
A. Gruppadagi po`latlar mexanik xossalariga qarab tayyorlanadi, ximik tarkibiga axamiyat berilmaydi. Bu po`latga qizdirib ishlov berilmaydi (bolg`alanishida qizdirish, qizdirib shtampovka va boshqa) shuning uchun u metallurgiya zavodida olgan mexanik xossalarini saqlaydi.
B. Gruppadagi po`latlar ximik tarkibini belgilangan xolatda tayyorlanadi. Bu
po`latlarni olganda ularga ishlov bersa buldi. Ishlov berish ximik tarkibiga qarab beriladi va shunda mexanik xossalari o`zgaradi.
V guruppadagi po`latlar mexanik xossalari va ximik taribi bo`yicha tayѐrlanadi. Agar shu po`latdan tayyorlangan konstruktsiyalarga masalan svarkalansa unda mexanik xossalari va ximik tartibi kafolatlanadi, ya’ni o`zgarmaydi. Chunki svarkalanishi va mexanik xossalari svarkalanadigan joyda ximik tarkibiga bog`lik bo`ladi, konstruksiyasini qolgan joyi metallurgik zavodda olingan mexanik xossasi qolaveradi.
Konstruktsion sifati uglerodli po`latlar.
Ko`p mashina va mexanizmlarni tayyorlashda konstruktsion po`latlardan foydalanadi.
Oddiy sifatli po`latlardan konstruktsion po`latlarni farki shuki, ularda zararli oltingugurt, fosfor va boshqa qo`shimchalar ozroq bo`ladi. Barcha xollarda sifatini yaxshilaydigan kremniy va marganets (Mp) mikdori ko`p bo`ladi. Bundan tashqari po`latni tayyorlashda yaxshiroq va aniqroq qaynatib quyiladi.
Konstruktsion po`latlarni xar qanday termik va ximiko-termik ishlov bersa bo`laveradi va katta oraliqda mexanik xossalarini olsa bo`ladi. Bu materiallarga bolg`alash, mexanik ishlov berish, sovuq xolda shtampalash kabi operatsiyalarni bajarsa buladi.
Konstruktsion sifatli po`latlarni quyidagilarga bo`lsa bo`ladi:
Past uglerodli po`latlar-GOST 1050-74 markasi-0,5-10 gacha
Bu po`latlarga sovuq xolda shtampalash, egish, bukish, presslash ximikot termik ishlov bersa bo`ladi. Bu po`latlar o`rtacha statik yuklangan detal va uzellarni tayyorlashda ishlatiladi.
Nisbatan past uglerodli 15- 25 marqali po`latlar.
Bu po`latlar sovuq xolda deformatsiyalanishi yaxshi emas. Yaxshi svarkalanadi. Termik va ximiko termik ishlovdan keyin mustaxkamligi oshadi. Dinamik yuklanishi ta’siri ostida xam bo`lgan detallarga qo`llaniladi.
O`rta uglerodli mustaxkamligi yuqori po`latlar. Markasi 30-50. Har-xil termik ishlovlar po`latni sifatini va ekspluatatsion xossalarini qattiq oshiradi. Bu po`latdan xar xil yuklanadigan detallar keng tayyorlanadi.
Konstruktsion yuqori uglerodli oliy sifatli po`latlar. Bu po`latdan yuqori statik, dinamik va vibratsiya yuklanish ta’sirida ishlaydigan detallar tayyorlanadi. Po`lat sifatini oshirish uchun xar xil termik ishlov beriladi. Po`latni mexanik xossalarini oshirish uchun yoki maxsus texnologik sifatli qilish uchun uni tarkibiga nikel, xro`l, marganets, kremniy, volfram, molibden, vannadiy, titan, kobalt, mis, alyuminniy kabi metallar qo`shiladi va legirlangan po`lat deyiladi.
Ishlashga ko`ra bu po`latlar
A) Konstruktsion
B) Asbobsoz po`latlarga bo`linadi.
Xossasiga ko`ra po`latlar, issikbardosh zanglamas, yeyilishga chidamli, magnitli va boshqa maxsus xossali po`latlarga bo`linadi. Legirlangan po`latlarni qimmatligi uzoq muddat ishlashi bilan ajralib turadi.
Legirlangan po`latlar tarkibiga legirlovchi elementiga qarab xro`lli, nikelli, titanli va boshqa po`latlarga bo`linadi.
Legirlangan po`latdagi legirlovchi elementning mikdoriga qarab 2-5% kam legirlangan, 5-10% o`rta legirlangan, 10% ko`proq legirlangan po`lat deyiladi.

Download 54,5 Kb.
1   2   3   4




Download 54,5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mashinasozlikda ishlatiladigan materiallar

Download 54,5 Kb.