Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti
Iqtisodiyot fakulteti Miroiqtisodiyot va makroiqtisodiyot” fanidan
Mustaqil ish
Mavzu: NOANIQLIK VA TAVAKKALCHILIK
Bajardi:Fayziyeva Ozoda
Tekshirdi: Jumabayeva Kumush
MUNDARIJA
KIRISH....................................................................................................................3
1.Tavakkalchilik tushunchasi va uni boshqarish……………………………...........4
2.Tavakkalchilikni baholash usullari……………………………………………….9
3. Noaniqlik va Tavakkalchilikni kamaytirish yo‘llari…………………………….12
XULOSA...............................................................................................................14
Kirish.
Kichik biznes hamda xususiy tadbirkorlikni rivojlanib borishi bilan xo‘jalik yuritishning asosini tashkil etuvchi raqobatning ahamiyati ortib bormoqda. Bunday sharoitda muvaffaqiyatli faoliyat yuritish uchun tadbirkorlar samarali boshqaruv uslublarini bilishlari, tavakkalchilik chegaralarini aniqlay olishlari, mavjud variantlardan eng maqbulini tanlay olishlari kerak. Bu esa tadbirkorning ishbilarmonlik qobiliyati bilan belgilanadi va har bir tadbirkordan ma’lum darajada bilim va malaka talab qiladi. Kelajakka taalluqli har qanday harakat noaniq natijaga ega. Daromadlarimizning bir qismini bankka depozitga joylashtirganimizda bankdan pulni qaytarib oladigan davrda uning xarid quvvati qancha b o‘lishini bilmaymiz, negaki o‘tadigan davr oralig‘ida inflyasiya sur'atlari qanchalik o‘sishi bizga noma'lum. Yoki biror maqsadda bankdan uzoq muddatli kredit olib, uni kelgusida oladigan daromadlarimizdan qoplashni rejalashtiramiz. Ammo kelgusida oladigan daromadlarimiz har doim ham aniq bo‘lavermaydi. Bugun xarid qilingan aksiyaning bo‘lg‘usi qiymati ham bizga noma'lum, chunki biz aksiyasini xarid qilgan aksiyadorlik kompaniyasining kelgusidagi moliyaviy holati, obro‘-e'tibori va dividend siyosati fond bozorlarida aksiya qiymatiga kuchli ta'sir ko‘rsatadi. Tadbirkorlik faoliyati — tadbirkorlik faoliyati sub'ektlari tomonidan amalga oshiriladigan, tavakkal qilib va o‘z mulkiy javobgarligi ostida daromad (foyda) olishga qaratilgan tashabbuskor faoliyat. Demak, tadbirkorlikka yoki daromad olish uchun tikilgan kapitalning qiymati kelgusida undan olinadigan daromad qiymatiga bog‘liq ekan, demak u noaniqlik va risk (tavakkalchilik) bilan b o‘langan ekan. Risk (tavakkalchilik) – bu har qanday usul bilan baholangan ehtimollik, noaniqlik esa baholab b o‘lmaydigan holat. Noaniqlik sharoitida iste'molchilar tomonidan ham, ishlab chiqaruvchilar tomonidan ham sotuvchi va xaridorlar sifatida qaror qabul qilishga to‘g‘ri keladi va bu qabul qilingan qarorlar albatta, ma'lum darajadagi risklar (tavakkalchilik) bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Noaniqlik cheklangan resurslarni samarasiz taqsimlanishiga, ortiqcha sarflarga, vaqtni yo‘qotishga olib keladi.
|