|
Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti Iqtisodiyot fakulteti Miroiqtisodiyot va makroiqtisodiyot” fanidan Mustaqil ish Mavzu: noaniqlik va tavakkalchilik bajardi: Fayziyeva Ozoda Tekshirdi
|
bet | 3/6 | Sana | 17.05.2024 | Hajmi | 60,86 Kb. | | #239290 |
Bog'liq Fayziyeva Ozoda NOANIQLIK VA TAVAKKALCHILIK (235E(X) = (N;*Kn)+ (N2* Km)
bunda, Ni - natijagaga erishish ehtimoli, Kn - daromadning yuqori chegarasi, N2. kutilmagan ehtimol, Km-natijaning quyi chegarasi. Masalan, korxona yangi mahsulot ishlab chiqarmoqchi, agar korxonaning yangi mahsuloti bozorda muvaffaqiyatga erishsa, har bir aktsiyaga 1000 so'm olish mumkin, agar muvaffaqiyatga erishmasa, bir aktsiya uchun 100 so'm olinadi. Korxona mahsulotining bozorda muvaffaqiyatga erishish ehtimoli 0,6 ga teng bo'lsa, kutiladigan dividend qiymati quyidagicha aniqlanadi:
E(X) = (N./*Kn)+ (N2* Km)
bunda, Ni - natijagaga erishish ehtimoli, Kn - daromadning yuqori chegarasi, N2- kutilmagan ehtimol, Km-natijaning quyi chegarasi. E(8) =0,6 1000 + 0,4 100 =640 so'm/aktsiya.
Tavakkalchilikni tug‘diradigan xavflarning turlari xilma-xil bo‘lib, ularning ba’zi birlari subyektning o‘z faoliyatini natijasida yuzaga kelsa, ikkinchi turlari unga bog‘liq bo‘lmagan tashqi omillarning ta’sirida yuzaga keladi.
Xavf darajasi
Foyda va Zarar darajasi
Tavakkalchilik darajasi
Ehtimollik darajsi
1-Rasim. Xavf darajasi.
Tavakkalchilikning turlari
Tarkibi:
Tabiiy jarayonlar bilan bog‘liq tavakkalchilik
favqulodda yuz beradigan tabiiy ofatlarning (yer qimirlashi, yong‘in, suv toshqini, jala, do‘l, dovul, qurg‘oqchilik va boshqa) xavfi;
tabiiy-iqlimiy sharoitlar, ob-havoning keskin o‘zgarishi bilan bog‘liq xavf-xatarlar va boshqalar.
Ishlab chiqarishga oid tavakkalchilik
ishlab chiqarish jarayonining izdan chiqishi yoki to‘xtab qolishi xavfi;
moddiy resurslar bo‘yicha ta’minotdagi uzilishlarning xavfi;
texnologik asbob-uskunalarning jismoniy va ma’naviy eskirishi, ishdan chiqishi va buzilish xavfi;
bino-inshootlarning yemirilishi, cho‘kishi va qulashi bilan bog‘liq xavflar;
sifatsiz xom ashyo oqibatida yaroqsiz mahsulot ishlab chiqarish xavfi;
mehnat xavfsizligiga rioya etmaslik oqibatida xodimlarning jarohat olishi xavfi va boshqalar.
Mahsulotlarni asrash va tashishga oid tavakkalchilik
transport vositalarida yuklarni tashish jarayonida ro‘y berishi mumkin bo‘lgan yo‘qotishlar va nobudgarchiliklar;
mahsulotlarni asrash jarayonida yuz berishi mumkin tabiiy me’yordagi va undan yuqori bo‘lgan buzilishlar va nobudgarchiliklar xavfi;
tovar-moddiy qiymatliklarni o‘g‘irlash va talon-taroj qilish oqibatida ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlar.
Tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq tavakkalchiliklarning turlari
Tashqi omillarga bog‘liq bo‘lmagan tavakkalchilik ko‘pincha quyidagi sabablarga ko‘ra vujudga kelishi mumkin:
boshqaruv xodimlarining ishlab chiqarish, tijorat, moliyaviy va boshqa sohalarda noto‘g‘ri o‘arorlar qabul qilishi;
xodimlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yishdagi xatoliklar;
xodimlarning o‘z xizmat vazifasiga mas’uliyatsizlik bilan yondoshuvi;
subyektni rivojlantirish strategiyasi va biznes rejasini noto‘g‘ri shakllantirish;
o‘zini qoplamaydigan va aniq hisob-kitoblar qilinmagan loyihalarga qo‘l urish;
daromadlar va xarajatlarni doimiy nazorat ostiga olmaslik;
biznesdagi tashqi sheriklarni tanlashga mas’uliyatsizlik bilan yondoshuv;
buxgalteriya hisobini to‘g‘ri va aniq yuritmaslik;
Siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy harakterdagi tavakkalchilik
milliy mojarolar, harbiy to‘qnashuvlar, g‘alayonlar, terrorizm xavfi;
ish tashlashlar, korrupsiya va jinoyatchilik xavfi;
kutilmaganda soliq‘, bojxona va boshqa me’g‘riy qonunchilik hujjatlarining o‘zgarishi;
iqtisodiy beqarorlik va o‘sish sur’atlarining pasayishi;
eksport va import tartibini murakkablashtirish xavfi
tijorat faoliyatiga oid konyukturasidagi o‘zgarishlar xavfi;
iste’molchilar talabining tushib ketishi xavfi;
bozorda taklif hajmining keskin oshib ketishi xavfi;
mahsulotning sotilmay qolishi xavfi;
raqobat ko‘rashiga bardosh berolmaslik xavfi;
mahsulot bahosining keskin pasayishi xavfi va boshqalar.
Moliyaviy faoliyatga oid tavakkalchilik
pulning qadrsizlanishi va inflyatsiya xavfi;
valyuta hisob rao‘amidagi mablag‘larning salbiy farqlanishi xavfi;
investitsion sarflarning o‘zini o‘oplamasligi xavfi;
pul oo‘imlari va aylanma mablag‘larning yetishmasligi xavfi;
debitor va kreditor o‘arzlarning ko‘payib ketishi xavfi;
noto‘lovlar xavfi;
qimmatli qog‘ozlar qiymatining tushib ketishi xavfi;
qarzga olingan mablag‘larni qaytarolmaslik xavfi va boshqalar.
Hisobot shakllarini to‘g‘ri va aniq to‘lg‘asmaslik; bozor konyukturasini, raqobat muhitini, talab va taklif nisbatini, iste’molchilarning hatti-harakatini va boshqa omillarni doimiy kuzatib bormaslik.
Bunday tavakkalchiliklarning turlarini subyekt boshqaruvchilari doimiy ravishda kuzatib borishlari va ular natijasida yuzaga keladigan zararlarni pasaytirish tadbirlarini belgilab borishlari mumkin.
Tashqi omillarning ta’siri natijasida yuzaga keladigan tavakkalchilik turlari subyekt boshqaruvchilari yoki xodimlarining hatti-harakatlariga bog‘liq bo‘lmay, ko‘pincha favqulodda shart-sharoitlarning ta’sirida yuzaga keladi.
Har qanday tadbirkorlik firmasi tavakkalchilik bilan bog‘liq faoliyat olib borar ekan, doimiy ravishda tavakkalchilik turlarini aniqlaydi, ma’qul bo‘lgan chegarasini belgilaydi hamda uning keskin oqibatlaridan o‘zini himoyalash yo‘llarini qidiradi. Tavakkalchilikdagi xavf darajasini aniqlash, uning oldini olish yo‘llarini izlab topish va oqibatida yuz berishi mumkin bo‘lgan zararlarni pasaytirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirishga oid faoliyatni tavakkalchilikni boshqarish tizimi deb ataladi. Tadbirkorning tavakkalchilikni boshqarish doirasidagi faoliyati o‘z subyektining daromadligiga tahdid soluvchi tavakkalchiliklarning ta’siridan himoya qilishga yo‘naltirilgan. Tavakkalchilikni oo‘ilona boshqarish subyektning uzoq muddatli istio‘bolda muvaffao‘iyatga erishish imkoniyatini oshiradi, uning moliyaviy holatining yomonlashish xavfini bir muncha bo‘lsada kamaytiradi. Tadbirkor uchun paydo bo‘ladigan tavakkalchilikni taxminiy bilish zarurdir, lekin buning o‘zi yetarli emas. Muhimi, tavakkalchilikning aniq turi korxona faoliyatiga o‘anday ta’sir ko‘rsatayotganligi va qanday oqibatlarga olib kelishi mumkinligini aniqlab, uni to‘g‘ri baholay bilish va shundan so‘ng subyektining iqtisodiy samaradorligiga ta’sirini hisoblab topishdir. Tavakalchilikni boshqarish bir-birini to‘ldirib boruvchi bir nechta bosqichlardan iborat bo‘ladi Tavakkalchilikni boshqarishda eng avvalo yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan uning turlari aniqlanadi, ular tahlil etiladi va zararning kutiladigan darajasi hisoblanadi. Keyingi bosqichda uning oldini olish, ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni pasaytirish yoki sug‘urtalash tadbirlari ishlab chiqiladi va uni boshqarish usullari tanlanadi. Oxirgi bosqichda esa ko‘rilgan zararlarni qoplash, oqibatlarini tahlil etish va bartaraf qilish choralari ko‘riladi.
Umuman olganda, tavakkalchilikni boshqarish tadbirkorga resurslardan yanada oqilona foydalanish, javobgarlikni taqsimlash, firma faoliyatining natijalarini yaxshilash va tavakkalchilikning ta’siridan xavfsizligini ta’minlash imkonini yaratiladi. Taxminiy tavakkalchilikni aniqlash: Tavakkalchilikdaki xavf eshtimolini tashlil etish va basholash Xavfni oldini olish yoki pasaytirish imkoniyatlarini belgilash.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti Iqtisodiyot fakulteti Miroiqtisodiyot va makroiqtisodiyot” fanidan Mustaqil ish Mavzu: noaniqlik va tavakkalchilik bajardi: Fayziyeva Ozoda Tekshirdi
|