Noaniqlik va tavakkalchilik, ularda qaror qabul qilish metodologiyasi




Download 60,86 Kb.
bet5/6
Sana17.05.2024
Hajmi60,86 Kb.
#239290
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Fayziyeva Ozoda NOANIQLIK VA TAVAKKALCHILIK (235

3.Noaniqlik va tavakkalchilik, ularda qaror qabul qilish metodologiyasi.
Boshqaruv faoliyati amaliyotida qaror qabul qilishda(QQQ) ayrim holatlarda kutilmagan holatlar paydo bo‘lib, ular tezkor va noordinar harakatlarni taqazo etadi va bu harakatlar ma’lum bir noaniqlik va xavf (risk) bilan nomoyon bo‘ladi.
Shunday vaziyatlar va u bilan bog‘liq bo‘lgan risklar oshkor va oshkormas xarakterda bo‘lib, ular kelib tushayotgan ma’lumotlarga bog‘liq bo‘ladi. Bunday holatlarda muammo yechimlaridan (alternativa) eng maqbul yechimni (“eng yaxshi”, optimal) tanlashda yechim tanloviga va sifatiga ta’sir ko‘rsatuvchi tashqi holatlarni inobatga olish kerak bo‘ladi.
Quyida bu sharoitlarda QQQ jaryoni bilan qisqacha tanishib o‘tamiz. Mutloq noaniqlik sharoiti Bu sharoitda mumkin bo‘lmagan tashqi holatlar aniq bo‘lmaganligi sababli, alternativalarni baholab bo‘lmadi. Shu sababli mutloq noaniqlikdan noaniqlik sharoitiga o‘tish kerak bo‘ladi, ya’ni barcha mumkin bo‘lgan tashqi holatlarni aniqlash va alternativalarni tashqi holatlarga mos baholash darkor bo‘ladi.
Noaniqlik sharoiti
Tashqi sharoitning ehtimolini ob’ektiv baholash imkoniyati yo‘qligi sababli bunday sharoitda QQQ (tanlov amalga oshirish) qaror qabul qiluvchi shaxsning (QQQSh) qarashlari va sub’ektiv bahosiga asoslangan bo‘ladi. Sub’ektiv baho o‘z navbatida shahsning tajribasi, intuitsiyasi va rahbarlik tajribasiga asoslanadi.
Noaniqlik sharoitida oxirgi qarorni qabul qilish rahbar qo‘lida bo‘lib, rahbar muammo yechimini izlashda jamoa bilan, ekspertchilar va boshqa mutaxassislar bilan muhokamalar o‘tkazishi mumkin. Bunda rahbarning mummoni yechishda qanday evristik usullarni qo‘llay bilishiga ham bog‘liq bo‘ladi. Noaniqlik sharoiti ko‘p hollarda tez o‘zgaruvchi holatlar, ya’ni ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va ko‘p vaqt talab qiladigan sohalarda uchrab turadi
Noaniqlik paydo bo‘lishiga sabablar:
• Vaziyatdagi element va ob’ektlar sonining ko‘pligi;
• Texnik, ijtimoiy va boshqa sabablarga ko‘ra ma’lumot cheklanganligi yoki noto‘g‘riligi;
• Aniqlik uchun ma’lumotning juda qimmatligi
• QQQShning kasbiy tajriba va mahurat kamligi;
• QQQda cheklanishlar mavjudligi, masalan, vaqt tanqisligi;
• Jarayonga tashqi vaziyat yoki raqobatdoshning hatti-harakati ta’siri.
Demak, noaniqliklikni bartaraf etish uchun
• Bor ma’lumotni chuqurroq taxlil etish;
• To‘liqroq tahlil uchun yetishmayotgan ma’lumotni qo‘lga kiritish kerak.
Noaniqlikdan tavakkalchilik sharoitiga o‘tish
Ayrim hollarda masala noaniqlik darajasini kamaytirib, tavakkal sharoitiga keltirish bilan yechiladi. Bunga quyidagi savollarga javob izlash bilan erishiladi:
• Mavjud noaniqlik darajasi qanchalik katta?
• Noaniqlik darajasini kamaytirish uchun nima qilsa bo‘ladi?
• Noaniqlik darajasini kamaytirish xarajatlari qanday?
Tavakkalchilik sharoiti
Tavakkal sharoitida mumkin bo‘lgan tashqi holatlarning ehtimolini baholash mumkin bo‘lib, QQQShning tashqi holatlarini qay darajada aniq va to‘g‘ri baholay bilishga bog‘liq bo‘ladi. Faqat hisob natijalargina emas balki QQQ sining tajribasi, intuitsiyasi va rahbarlik tajribasiga asoslanish kerak.
Xulosa.
Shu vaqtgacha biz barcha ko’rsatkichlar (narx, iste’molchi daromadi, ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori, olinadigan foyda, xarajatlar) aniq berilgan deb keldik. Lekin, real hayotda bozor sub’ektlari tomonidan qabul qilinadigan qaror noaniqliklar bilan bog’liq. Ma’lumki, to’g’ri qaror qabul qilishning asosiy sharti - bu axborot. Noaniqlik sharoitida qaror qabul qilish deganda, to’liq axborot bo’lmaganda qaror qabul qilish tushuniladi. Biror voqea yoki hodisa to’g’risida axborot to’liq bo’lmasa, qabul qilingan qaror salbiy oqibatlarga, ya’ni ma’lum yo’qotishlarga olib keladi. Ushbu yo’qotishlar tavakkalchilikni bildiradi. Noaniqlik sharoitida qaror qabul qilishda tavakkalchilik (yo’qotish) darajasini bilish, uni oldini olish uchun, tavakkalchilik darajasini kamaytirish uchun, chora tadbirlar ko’rishga imkon beradi.Yuqorida aytib o’tilgan usullardan foydalanish,ularni jamiyatga keng targ’ib qilish tadbirkorlarning ish faoliyatini o’sishiga katta hissa qo’shadi. Qolaversa har bir tadbirkor o’z korxonasining rivojlanishi uchun savodhonligini oshirib Noaniqlik holatida Tavakkalchilik qilish yo’llarini, qonunun qoidalarini o’rgansa maqsadga muvofiq bo’ladi.



Download 60,86 Kb.
1   2   3   4   5   6




Download 60,86 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Noaniqlik va tavakkalchilik, ularda qaror qabul qilish metodologiyasi

Download 60,86 Kb.