|
Tavakkalchilik tushunchasi va uni boshqarish
|
bet | 2/6 | Sana | 17.05.2024 | Hajmi | 60,86 Kb. | | #239290 |
Bog'liq Fayziyeva Ozoda NOANIQLIK VA TAVAKKALCHILIK (2351.Tavakkalchilik tushunchasi va uni boshqarish
Tadbirkorlik – foyda olish maqsadida o‘z mol-mulkini tavakkkalchilik asosida biznesga tikish jarayoni ekanligi tufayli, bunday faoliyat doimiy ravishda ma’lum bir xatarlar bilan bog‘liq bo‘ladi. Mamlakatimiz va xorijda to‘plangan tajribalar tadbirkorlik faoliyatini tavakkalchiliksiz amalga oshirib bo‘lmasligin ko‘rsatmoqda. Shuning uchun ham tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan insonlarning hayoti umid va tushkunlik, tinimsiz mehnat va havotirlarga to'g’ri keladi. Tadbirkor tavakkalchiligi yuqori bo‘lgan ishga tayyor bo‘lgan odamlar o‘atoriga kiradi. U tavakkalchiligi o‘ta yuqori bo‘lgan loyihalarni yechishi va hal qilishi mumkin yoki tavakkalchilikning darajasi unchalik kuchli bo‘lmagan biznes bilan shug‘ullanishi mumkin.
Tavakkalchilik – kelgusidagi vaziyat noaniq bo‘lgan sharoitda pirovard natija yaxshi bo‘lishiga umid bog‘lab, mol-mulk yoki foydadan mahrum bo‘lish (to‘liq yoki qisman) xavfini o‘z bo‘yniga olib amalga oshiriladigan tadbirkorlik faoliyatidir.
Tadbirkorlik subyektining faoliyati bilan bog‘liq tavakkalchilik turlarining mohiyati va kelib chiqish xususiyatlariga ko‘ra quyidagicha turkumlash mumkin. Bozor igtisodiyoti davrida tadbirkor kishi bilan har doim yonma-yon turadigan harakat bu tavakkalchilik bo'lib hisoblanadi. Tadbirkor kishi ko'pchilik hollarda oxirgi natijani bilmagan holda o'z mablag'ini sarflaydi, ya'ni ma'lum tavakkalchilikka asoslanadi.
Tavakkalchilik bu- firmaning ko'zlangan maqsadiga erishish yo'lida u duch keladigan iqtisodiy xavf-xatardir. Real hayotda bozor sub'ektlari tomonidan qabul qilinadigan qaror noaniqliklar bilan bog'liq. Ma'lumki, to'g'ri qaror qabul qilishning asosiy sharti -bu axborot. Noaniqlik sharoitida qaror qabul qilish deganda, to'liq axborot bo'lmaganda qaror qabul qilish tushuniladi. Biror voqea yoki hodisa to 'g'risida axborot to'liq bo'lmasa, qabul qilingan qaror salbiy oqibatlarga, ya'ni ma'lum
yo'qotishlarga olib keladi. Ushbu yo'qotishlar tavakkalchilikni bildiradi. Noaniqlik sharoitida qaror qabul qilishda tavakkalchilik (yo'qotish) darajasini bilish, uni oldini olish uchun, tavakkalchilik darajasini kamaytirish uchun, chora tadbirlar ko'rishga imkon beradi.
Noaniqlikka misol tariqasida jamg'arilgan pulni ishonchliroq bo'lgan bankka go'yish yoki tavakkalchilik (yo'qotish ehtimoli ko proq bo'lgan) yugori bo'lgan, lekin shu bilan birga yugori dividend olish mumkin bo'lgan tijorat fondlarga qo' yish to'g'risida qaror qabul qilishni keltirish mumkin. Xuddi shunday noaniqlik sharoitida iste'molchilar tomonidan ham, ishlab chiqaruvchilar tomonidan ham, sotuvchi va xaridorlar tomonidan qaror gabul qilishga to'g'ri keladi va bu qabul qilingan qarorlar albatta, ma'lum darajadagi tavakkalchilik (yo'qotishlar) bilan bog'liq bo'lishi mumkin. Noaniqlik cheklangan resurslarni samarasiz taqsimlanishiga, ortiqcha sarflarga, vaqtni yo'qotishga olib keladi.
Tavakkalchilikni o'lchash. Tavakkalchilikni o'lchashning asosi ehtimol tushunchasi bilan bog'liq. Amerikalik olim F.Nayt (1885-1974) ehtimolni ikki turga bo'ladi: matematik, ya'ni oldindan aniqlash mumkin bo'lgan ehtimol va statistik ehtimol. Birinchi tur ehtimolga tanganing raqam yoki gerb tomonini tushish ehtimoli 1/2ga tengligi yoki o'ynaydigan olti qirrali toshning oltita raqamidan bittasini tushishi ehtimolining 1/6ga tengligi misol bo'lishi mumkin. Ikkinchi turdagi ehtimolni empirik, ya'ni faraz qilish yo'li orqali aniqlash mumkin. Masalan, korxonaga xom ashyoni vaqtida yetib kelmaslik ehtimoli faraz qilinganda, ushbu faraz qilingan ragam baholovchining bilimiga tajribasiga asoslanadi. qiymatlari. Bu yerda har bir natijaning ehtimoli ushbu mos qiymatlarning takrorlanish chastotasi yoki o'chovi.
|
| |