|
Mundarija: Kirish
|
bet | 1/3 | Sana | 22.12.2023 | Hajmi | 60,83 Kb. | | #126734 |
Bog'liq 1. Monopoliyaning vujudga kelish va iqtisodiy asoslari-fayllar.org
1. Monopoliyaning vujudga kelish va iqtisodiy asoslari
Mundarija:
Kirish………………………………………………………………….3-4
1. Monopoliyaning vujudga kelish va iqtisodiy asoslari………….....5-8
2. Monopoliyaning moxiyati va turlari……………………………..8-17
3. Monopoliyaning xususiyatlari…………………………………..18-21
4. O'zbekistonda monopoliyaga qarshi qonunchilik………………21-29
Xulosa………………………………………………………………30-31
Foydalanilgan adabiyotlar va internet manbalari…………………….32
Kirish
Kurs ishining dolzarbligi: Bozor iqtisodiyoti sharoitida davlat hal qiladigan asosiy vazifalardan biri bu raqobatni qo'llab-quvvatlashdir. Raqobat muhiti bozor munosabatlari rivojlanishining muhim shartidir. Lekin ko'pincha ishlab chiqaruvchilar o'rtasida halol raqobatning shakllanishiga monopoliyalar to'sqinlik qiladi. Hatto raqobat rivojlangan mamlakatlarda ham monopollashtirilgan bozor yalpi milliy mahsulotning uch va undan ortiq foizini tashkil qiladi.
Monopoliya muammosi hozirgi davrda iqtisodiyot uchun eng dolzarb muammolardan biridir. Ular mamlakatimizda bozor munosabatlarining rivojlanishiga to‘sqinlik qilmoqda.
Bundan tashqari, O’zbekiston iqtisodiyot fani uchun ushbu sohadagi tadqiqotlarning amaliy ahamiyati rivojlanayotgan iqtisodiy munosabatlarga mos keladigan monopoliyalarni tartibga solishning kompleks modelini shakllantirishga yagona yondashuvlarning yo'qligi bilan belgilanadi.
Ushbu ishning maqsadi monopoliyaning eng muhim xususiyatlari, shakllari va turlarini, shuningdek, ularga qarshi kurashishning asosiy usullarini va zamonaviy bozor munosabatlarida O’zbekistonda monopoliyaga qarshi siyosatning xususiyatlarini to'liq yoritish va tahlil qilishdir.
Kurs ishi ob’ekti: Monopoliyaning mohiyati va turlari bilan tanishtirish jarayoni
Kurs ishi predmeti: Monopoliyaning mohiyati va turlari bilan tanishtirish ko’nikmalari
|
| |