|
Виртуальная память. Понятие виртуальной памяти. Организация виртуальной памяти
|
bet | 1/4 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 0,76 Mb. | | #229404 |
Bog'liq Маъруза 2 хотира Kompyuterlar va tizimlarning xotirasini tashkil etilishi 2-
Виртуал хотира нима?
Virtual(тассавурдаги) xotira - bu kompyuter xotirasini boshqarish usuli bo'lib, u asosiy xotira va ikkilamchi xotira (masalan, qattiq disk) o'rtasida dastur qismlarini avtomatik ravishda ko'chirish orqali kompyuterda mavjud bo'lgandan ko'ra ko'proq operativ xotira talab qiladigan dasturlarni bajarishga imkon beradi[1][2][3].
Ishlayotgan dastur uchun bu usul mutlaqo shaffof va dasturchi tomonidan qo'shimcha harakatlarni talab qilmaydi, ammo bu usulni amalga oshirish uchun ham apparat(hard), ham operatsion tizim(soft) tomonidan qo'llab-quvvatlanish kerak.
Виртуал хотира нима? (aniqlanishlar)
Virtual xotira tizimida dasturlar tomonidan foydalaniladigan, virtual deb ataladigan manzillar, kompyuter xotirasidagi fizikaviy(haqoniy) manzillarga tarjima(translyatsya) qilinadi. Virtual manzillarni fizikaviy(haqoniy) manzillarga tarjima qilish xotirani boshqarish bloki deb ataladigan apparat(MMU) tomonidan amalga oshiriladi. Dastur uchun asosiy xotira mavjud va uzluksiz manzil maydoni sifatida ta’sirot xosil qilib, kompyuterda tegishli operativ xotira miqdori mavjudligidan qat’iy nazar, ulashgan segmentlar to'plami sifatida ko'rinadi. Virtual manzil fazolarini boshqarish, fizikaviy(haqoniy) va virtual xotirani xaritalash va asosiy hamda ikkilamchi xotira o'rtasidagi xotira qismlarining muloqotlanishi operatsion tizim tomonidan amalga oshiriladi.
Virtual xotiradan foydalanish qanday imkoniyatlarni yaratadi
- dasturchini dastur qismlarini xotiraga yuklashni qo'lda boshqarish va xotiradan foydalanishni boshqa dasturlar bilan muvofiqlashtirishdan ozod qilish
- dasturlarga tizimda mavjud bo'lgandan ko'ra ko'proq asosiy xotira berish
- ko'p vazifali tizimlarda ishlaydigan dasturlarni bir-biridan ajratib, ularga bir-biriga kesishmaydigan manzil fazolarini belgilash(himoylangar xotira rejimi)
Virtual xotira apparat va dasturli qo’llab quvatlanishi
Hozirgi vaqtda virtual xotira ko'pgina zamonaviy protsessorlarda apparat tomonidan quvvatlanadi[1]. Shu bilan birga, mikrokontrollerlarda va juda tez ishlash talab qilinadigan yoki javob berish vaqtida cheklovlar mavjud bo'lgan (real vaqtda tizimlari) maxsus maqsadli tizimlarda virtual xotira nisbatan kam qo'llaniladi. Shuningdek, bunday tizimlarda ko'p vazifali va murakkab xotira ierarxiyasi kamroq uchraydi.
|
| |