• Standart noaniqlikni taqdim etish
  • 5. Standart namunalar noaniqligi.
  • Nazorat savollari
  • Talab qilinayotgan axborot




    Download 98.71 Kb.
    bet12/12
    Sana19.06.2023
    Hajmi98.71 Kb.
    #74133
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
    Bog'liq
    9-ma’ruza mavzu O‘lchashlar noaniqligi va xatoliklari. Reja
    Madinabonu Rajapboyeva pedagogika, o\'quvchilarning ilmiy dunyoqarashini shakllantirish. aqliy tarbiya , komp grafika malumotlar zori, Statik anıq emes ramalar Qallibek, 2, мажбурий шартнома, 1-kurs ishi javoxir, Asosiy taqdimot, EL lab, Вектор (математика) — Википедия, 2-amaliy ish topshiriqlari, wepik-analiz-sinteza-elektronnoi-struktury-i-ximiceskix-svoistv-gruppy-geterocikliceskix-soedinenii-20231219100906B9yl, wepik-osobennosti-metodiki-prepodavaniia-predmeta-psixologiia-mladsego-skolnogo-vozrasta-v-kurse-psixolog-20231221193524fxKw, Kiberxavfsizlik Isaev R
    Talab qilinayotgan axborot
    O‘lchash natijasining to‘liq taqdim etilishi quyidagi axborotni yoki bunday axborotni o‘z ichiga olgan hujjatlarga tavsiyani o‘z ichiga olishi lozim:
    - o‘lchash natijasini va uning noaniqligini eksperimental kuzatishlar va kirish kattaliklari haqidagi ma’lumotlar asosida hisoblash uchun foydalaniladigan metodlarni tasvirlash;
    - hisoblashda ham, noaniqliklarni tahlil qilishda ham foydalaniladigan barcha tuzatishlar va doimiyliklarning qiymatlari va manbalari;
    - noaniqlikning barcha tashkil etuvchilarining ularning xar biriga tegishli to‘liq hujjatlari bilan ro‘yxati.
    Ma’lumotlar va ularning tahlili barcha muhim bosqichlarni oson kuzatib turish va zaruriyat bo‘lganda so‘nggi natijani hisoblashni qaytarish mumkin bo‘ladigan tarzda taqdim etilishi lozim. Oraliq qiymatlarni o‘z ichiga olgan natijani batafsil taqdim etish talab etilgan hollarda hisobot quyidagilarni o‘z ichiga olishi lozim:

    • har bir kirish kattaligining qiymati, uning standart noaniqligi va uning qanday olinganligining ta’rifi;

    • natija va kirish kattaliklari, shuningdek, bu effektlarni hisobga olish uchun foydalanilgan ayrim hosilalar, kovariatsiyalar yoki korrelyatsiya koeffitsientlari o‘rtasidagi o‘zaro munosabat;

    - har bir kirish kattaligining standart noaniqligi uchun erkinlik darajalari soni.
    Izoh - Funktsional bog‘liqlik juda murakkab bo‘lgan yoki aniq ko‘rinishda mavjud bo‘lmagan hollarda (masalan, u faqatgina komp’yuter dasturi sifatida mavjud bo‘lishi mumkin) u umumiy ko‘rinishda yoki muvofiq manbaga tavsiya yo‘li bilan ifodalanishi mumkin. Bunday hollarda kimyoviy taxlil natijasi va uning noaniqligi qanday qilib olinganligi har doim aniq bo‘lishi lozim.
    Oddiy tahlillar natijalarini taqdim etishda faqatgina kengaytirilgan noaniqlik qiymatini va k qiymatni ko‘rsatish yetarli bo‘lishi mumkin.
    Standart noaniqlikni taqdim etish
    1. Noaniqlikni is yakuniy standart noaniqlik ko‘rinishida ifodalasangiz (ya’ni, bitta standart og‘ish ko‘rinishida) yozuvning quyidagi shakli tavsiya etiladi:
    «(Natija): is (birliklar) standart noaniqlikda X (birliklar), [standart noaniqlik Metrologiya sohasidagi asosiy va umumiy atamalar Xalqaro lug‘ati, 2-nashr, ISO, 1993 y.ga muvofiq aniqlanadigan va bir standart og‘ishga muvofiq keladigan joy]».

    5. Standart namunalar noaniqligi.


    Ko‘pchilik SN lar uchun, ayniqsa laboratoriyalararo eksperiment metodi bilan attestatlanayotgan SN lar uchun metrologik tavsifnoma sifatida xatolik tushunchasidan ko‘ra noaniqlik tushunchasidan foydalanish mantiqiyroqdir. SHu sababli SN ishlab chiquvchilar, ayniqsa G‘arbiy Yevropa mamlakatlarining SN ishlab chiquvchilari SN ga sertifikatda ko‘rsatilganidek ularning attestatlangan qiymatlarini belgilash noaniqligi tavsifnomalarini keltiradilar.
    SN ning attestatlangan qiymatlarining noaniqligi quyidagi tarzda ifodalanishi mumkin:
    Sertifikatda «kengaytirilgan» yoki «jamlangan» sifatlarsiz noaniqlik belgilangan. Masalan, «MVN Analytical Ltl» (Angliya) firmasi chiqargan O`z DSN 03.0305:2004 SN «Noaniqlik» tavsifnomasiga ega.
    Sertifikatda qandaydir (R) ishonchli ehtimolligida va (K) qamrov koeffitsientida kengaytirilgan noaniqlik belgilangan. Masalan, «Raragon Scientific Ltd» (Angliya) firmasi chiqargan O`z DSN 03.0241:2004 SN «R=95% ishonchli ehtimolligida va K=2 qamrov koeffitsientida (U) kengaytirilgan noaniqliq tavsifnomasiga ega.
    Sertifikatda qandaydir (R) ishonchli ehtimolligida qamrov koeffitsientini ko‘rsatmasdan kengaytirilgan noaniqlik belgilangan. Masalan, «Petrolet Analyzer Corporation Gmbn» (Germaniya) firmasining SN «(S(p)) o‘rtacha kvadrat og‘ishga ega bo‘lgan metodika bo‘yicha (R) ishonchli ehtimolligi laboratoriyalar (n) ishtirokida olingan o‘rtacha qiymatning kengaytirilgan noaniqligi».
    Xatolik va noaniqlik tavsifnomalarining to‘g‘ridan-to‘g‘ri taqqoslanishi to‘g‘ri emas, shuning uchun qoidaga ko‘ra bu metrologik asboblarning statistik baholari taqqoslanadi.
    Agar standart yoki yakuniy noaniqlik berilgan bo‘lsa, u holda ularning baholariga o‘rtacha kvadratik og‘ishlar mos bo‘ladi:

    yoki

    bu yerda u(A) va uc(A) - SN ning attestatlangan qiymatini belgilashning mos standart va yakuniy noaniqligi;
    A - SN ning attestatlangan qiymati;
    (A) - SN ning attestatlangan qiymatining o‘rtacha kvadratik og‘ishi.
    Agar (R) ishonchli ehtimolligi va (k) qamrov koeffitsientida kengaytirilgan noaniqlik berilgan bo‘lsa yoki (Up) ishonchli ehtimolliligini ko‘rsatish bilan va (kP) ishonchli ehtimolligini ko‘rsatib qamrov koeffitsientini ko‘rsatish bilan kengaytirilgan noaniqlik berilgan bo‘lsa, u holda uning bahosiga o‘rtacha kvadratik og‘ish mos bo‘ladi:

    yoki

    bu yerda U(A) va Up(A) - SN ning attestatlangan qiymatini belgilashning muvofiq kengaytirilgan va belgilangan ishonchli ehtimolligi bilan kengaytirilgan noaniqlik.
    Agar qandaydir (R) ishonchli ehtimolligida qamrov koeffitsientini ko‘rsatmasdan kengaytirilgan noaniqlik berilgan bo‘lsa va bunda yoki laboratoriyalar, standart namunalarning metrologik tavsifnomalarini baholash bo‘yicha laboratoriyalararo eksperiment qatnashchilari soni yoki erkinlik darajasining muvofiq soni bilan (t-kriteriy) Styudent kriteriysi ko‘rsatilgan bo‘lsa, u holda uning bahosiga o‘rtacha kvadratik og‘ish mos keladi:
    .
    Noaniqlikni o‘rtacha kvadratik og‘ish ko‘rinishida ifodalangandan so‘ng SN tanlash xuddi o‘lchash vositalari (SN) xatoligi teng ehtimolliklar qonuni bo‘yicha taqsimlanganidek o‘lchash vositalari uchun amalga oshirilganidek aniqlik bo‘yicha amalga oshiriladi.
    Nazorat savollari
    1. O‘lchashlar noaniqligi nima?
    2. Standart noaniqlik nima?
    3. O‘lchashlar noaniqligi qanday baholanadi?
    4. Noaniqlikni baholash jarayoni necha bosqichdan iborat?
    5. Noaniqlik manbalari qanday namayon bo‘ladi?
    6. Noaniqlikni qanday taqdim etish mumkin?
    7. Standart namunalar noaniqligi qanday aniqlanadi?
    Download 98.71 Kb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




    Download 98.71 Kb.