|
– rasm. Xususiy yarimo‘tkazgich valent elektronlarini tashqi ta’sir ta’sirida qo‘zg‘olishi
| bet | 2/12 | Sana | 29.05.2024 | Hajmi | 1,2 Mb. | | #256337 |
Bog'liq Мa\'ruza 9. Ярим ўтказгичлар3 – rasm. Xususiy yarimo‘tkazgich valent elektronlarini tashqi ta’sir ta’sirida qo‘zg‘olishi
harakati paydo bo‘ladi. Valent sohada esa, o‘tkazuvchanlik sohasiga o‘tgan elektronlarning musbat zaryadlangan holatlarining maydon yo‘nalishidagi tartibli harakati paydo bo‘ladi . Natijada, kristall o‘tkazuvchanlikka ega bo‘ladi. Taqiqlangan soha kengligi kichrayishi va kristall temperaturasi ortishi bilan, o‘tkazuvchanlik sohasiga elektronlar ko‘proq o‘ta boshlaydi va kristall o‘tkazuvchanligi orta boshlaydi.
Taqiqlangan sohasi kengligi Eg = 0,66 eV ga teng bo‘lgan germaniyda, uy temperaturasida (T = 250C) o‘tkazuvchanlik sohasidagi elektron gaz konsentratsiyasi ni 1019sm-3tengdir va kristallning solishtirma qarshiligi 0,48 Om*m ga teng bo‘ladi.Xuddi shu sharoitda taqiqlangan sohasining kengligiEg = 5,2 eVga teng bo‘lgan olmosning o‘tkazuvchanlik sohasida elektronlar konsentratsiyasi ni 109sm-3ga, kristallning solishtirma qarshiligi i 108Om.m. ga teng bo‘ladi. Ammo, temperatura 600 K ga teng bo‘lishi bilan elektron gazning konsentratsiyasi olmosda bir necha tartibga ortadi, solishtirma qarshiligi esa 0,5 Om.m. ga yaqinlashadi.
Yuqoridagilardan quyidagi ikkita muhim xulosa kelib chiqadi:
– yarim o‘tkazgichlarning o‘tkazuvchanligi valent sohadagi elektronlarga o‘tkazuvchanlik sohasiga o‘tish uchun yetarli bo‘lgan energiyani beruvchi tashqi kuchlar ta’sirida paydo bo‘ladi. Shuning uchun yarim o‘tkazgichlar o‘tkazuvchanligi qo‘zg‘otilgan o‘tkazuvchanlikdan iboratdir;
– qattiq jismlarning yarimo‘tkazgichlar va dielektriklarga bo‘linishi ma’lum bir hisobda shartli tabiatga ega. Uy haroratida dielektrik xususiyatga ega bo‘lgan olmos, yuqori temperaturalarda sezilarli o‘tkazuvchanlikka ega bo‘lib, yarim o‘tkazgich xususiyatini oladi.
Tashqaridan berilgan ta’sir hisobiga valent sohadagi elektronlar taqiqlangan sohani yengib, o‘tkazuvchanlik sohasiga o‘tadi. Natijada, valent sohada bo‘sh energetik holatlar hosil bo‘ladi. Kristallga tashqi elektr maydoni qo‘yilganda,valent sohadagi elektron hosil bo‘lgan bo‘sh energetik o‘rinni (kovakni) egallaydi va o‘zi tashlab ketgan joyda yana kovak hosil qiladi. Yangi hosil bo‘lgan bo‘sh kovakni valent sohadagi boshqa elektron egallaydi va h.k.
|
| |