|
Metall – yarim o’tkazgich kontakti. Yopuvchi qatlam
|
bet | 9/12 | Sana | 29.05.2024 | Hajmi | 1,2 Mb. | | #256337 |
Bog'liq Мa\'ruza 9. Ярим ўтказгичларMetall – yarim o’tkazgich kontakti. Yopuvchi qatlam
Metall – yarim o’tkazgich kontaktini ko’rib chiqamiz. – chiqish ishiga ega bo’lgan M – metall, – chiqish ishiga ega bo’lgan n – tipli yarim o’tkazgich bilan kontaktda bo’lsin (254 - rasm).
Agar bo’lsa, u holda yarim o’tkazgichdan metallga, mm va mn - ximiyaviy potentsiallar tenglashmaguncha, elektronlar oqib o’tadi, undan so’ng metall va yarim o’tkazgich orasida muvozanat holati o’rnatiladi. Metall va yarim o’tkazgichlar chegarasida Vk – kontakt potentsiallar farqi hosil bo’ladi, uning qiymati ham taxminan atrofida bo’ladi.
254 – rasm. Metall – yarim o’tkazgich kontaktida yopuvchi qatlamning hosil bo’lishi
Bu potentsiallar farqi hosil bo’lishi uchun metall - metall kontaktiga o’xshash yarim o’tkazgichdan metallga elektronlar oqib o’tishi kerak. Yarimo’tkazgich kristall panjarasi parametri ga teng, undagi elektron gaz kontsentratsiyasi n = 1021m-3 ga teng. Yarimo’tkazgich sirtidagi kontsentratsiya m-3elektronlarni tashkil etadi. Shuning uchun m-3elektronlarni yetkazib berish uchun 103 ta yarimo’tkazgichning atom qatlamlari elektronlardan xoli bo’lishi kerak.
Shunday qilib, metall – yarimo’tkazgich kontaktida kontakt potentsiallar farqi d ~ 5·103 A0 = 5·10-7m qalinlikni egallaydi. Bu qatlamda qolgan ionlashgan kirishmalar atomlari qo’zg’almas hajmiy musbat zaryadlarni hosil qiladi. 5·10-7m qalinlikdagi qatlam deyarli erkin elektronlarga ega bo’lmagani uchun uning qalinligi elektronlarning erkin yugurish yo’lidan sezilarli katta bo’ladi, shu sababli, juda katta qarshilikka ega bo’ladi. Bu qatlam yopuvchi qatlam deb ataladi.
|
| |