|
9-Ma’ruza yarim o’tkazgichlar xususiy va kirishmali yarim o’tkazgichlar Reja
|
bet | 1/12 | Sana | 29.05.2024 | Hajmi | 1,2 Mb. | | #256337 |
Bog'liq Мa\'ruza 9. Ярим ўтказгичлар
9-Ma’ruza
YARIM O’TKAZGICHLAR
Xususiy va kirishmali yarim o’tkazgichlar
Reja:
Yarim o‘tkazgichlarning xususiy o‘tkazuvchanligi, zaryad tashuvchilar konsentratsiyasi va Fermi sathi.
Xususiy yarim o’tkazgichlar elektr o’tkazuvchanligining haroratga bog’liqligi.
Aralashmali (kirishmali) yarim o‘tkazgichlar, ularning elektr o‘tkazuvchanligi, zaryad tashuvchilar konsentratsiyasi va Fermi sathi.
Kirishmali yarim o’tkazgichlar elektr o’tkazuvchanligining haroratga bog’liqligi.
Tayanch iboralar: Ярим ўтказгичлар, концентрация, xususiy yarim o‘tkazgichlar, kristall, taqsimot funksiyalari, elektr o’tkazuvchanlik, dielektriklar, Fermi sathi, Ярим ўтказгичлар, концентрация, Aralashmali (kirishmali) yarim o‘tkazgichlar, kristall, taqsimot funksiyalari, elektr o’tkazuvchanlik, dielektriklar,
Adabiyotlar: А-1-6, 7,8,10, Қ-1-3, 7,11,12,14
Xususiy yarimo‘tkazgichlar
Ximiyaviy jihatdan toza yarim o‘tkazgichlar xususiy yarim o‘tkazgichlar deb ataladi. Ularga bir qator toza elementar (Ge – germaniy, Si – kremniy, Se – selen, Te – tellur) va ximiyaviy birikmalar (Ga As – galliy arsenidi, In As – indiy arsenidi va hokozolar) kiradi. Bu yarim o‘tkazgichlardan Si - kremniy hozirgi zamon mikroelektronikasining eng asosiy xomashyosi hisoblanadi. Shu sababli, quyidagi jadvalda, sanoatda qo‘llaniladigan, yuqori darajada tozalangan kremniy tarkibida kirishmalarning atom ulushida bo‘lish chegarasi keltirilgan.
2 – rasmda xususiy yarim o‘tkazgichning energetik sohalar strukturasining chizmasi keltirilgan. Absolyut nol (T = 0 K) temperaturada valent soha elektronlar bilan to‘lgan, valent sohadan yuqorida, Egenergetik masofada joylashgan o‘tkazuvchanlik sohasidagi energetik sathlar bo‘shdir.
Bu temperaturada elektronlarning issiqlik harakati energiyasi Eg – taqiqlangan soha kengligini yengib o‘tishga yetarli emas, shu sababli, xususiy yarimo‘tkazgich xuddi dielektrik moddasidek o‘tkazuvchanlikka ega bo‘lmaydi. Temperatura ortishi bilan, uning ta’sirida valent sohadagi elektronlarning bir qismi
2 – rasm. Xususiy yarim o‘tkazgichning energetik diagrammasi
qismi termik qo‘zg‘olib, taqiqlangan sohadan o‘tkazuvchanlik sohasiga o‘ta oladigan energiyaga ega bo‘ladi (3 – rasm).Bu holda, o‘tkazuvchanlik sohasida erkin elektronlar, valent soxada esa, shu sohani tashlab ketgan elektronlarning bo‘sh energetik holatlari hosil bo‘ladi. Bunday kristallga tashqi elektr maydoni qo‘yilganda, o‘tkazuvchanlik sohasida elektronlarning maydon yo‘nalishiga teskari bo‘lgan tartibli
|
| |