Mavzu: III guruh elementlari




Download 229,5 Kb.
bet1/7
Sana05.12.2023
Hajmi229,5 Kb.
#111389
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Faza,komponent


Mavzu:III guruh elementlari
Вor elementini — 1808-yilda L.Tonar va Gey — Lyussak tomonidan Bor elementi kashf etiladi. Ular В2Оз ga kaliy metali ta’sir ettirib oladi. Bor nomi uning minerali "Bura" nomidan olingan. A1 - 1782-yilda Lavuaz’e achchiqtoshga ishqor ta’sir ettirib, hosil boigan moddani nomaium bo’lgan elementning oksidi deb ataydi. Alyuminiy so‘zi "alyumen" so‘zidan olingan bo’lib "achchiq tosh" ma’nosini anglatadi. Alyuminiy metali avvallari qimmatbaxo boigan. Ga — 1875-yilda Lekoyode bua bodron tomonidan galliy elementi kashf etiladi. Uning nomi olim vatani xurmati uchun Fransiyaning eski nomi "Galliya" nomiga qo'yilgan. In - 1863-yilda F.Reyx va Rixter tomonidan spektral analiz yo’li bilan indiy elementi kashf etiladi. U indigo bo‘yog‘i nomidan olingan boiib, spektrda 2 ta tiniq ko‘k chiziqlar hosil bo’ladi. Ti - 1861-yilda U.Kruks tomonidan spektral analiz yo’li bilan talliy elementi kashf etildi. Spektrda tiniq yashil chiziqlaming hosil bo’lishiga qarab element nomlangan. Uning nomi "yashil novda" ma’nosini bildiradi. Bu guruhcha elementlariga B, Al, Ga, In, Ti kiradi. Tashqi elektron qavatida 2 ta s va 1 p elektronlar bo’ladi. В va Al, Ga, In uchun xarakterli oksidlanish darajasi +3 lekin In da +1, +2 darajali birikmalari ham uchraydi. Talliy uchun +1 va +3 oksidlanish darajasi xarakterli. Tabiatd a tarqalishi. Alyuminiy yer qobig‘ida keng tarqalgan bo‘!ib, uning massa ulushi 8,13% ga teng. U kaolin, dala shpati, korund, kriolit minerallari xolida uchraydi. B, Ga, In, T1 yer qobig‘ida kamroq tarqalgan elementlar bo‘lib, Bor kalsiy va magniy tuzlari tarkibida uchraydi. Buloq suvlarida H3BO3 ham uchraydi. Ga guruhchasi elementlari tarqoq elementlar hisoblanib, polimetallurgik sulfid rudalarining tarkibida uchraydi. Angrenda alyuminiyning minerali - kaolinitning katta zaxirasi jamlangan. Undan alyuminiy ishlab chiqarish imkoniyati kattadir. Olmaliq rux zavodida qimmatbaxo metall indiy ishlab chiqariladi. Surxondaryo viloyatining Xondiza konlarida qo‘rg‘oshin rux bilan birga ishla chiqarish uchun yetarli miqdorda indiy uchraydi.
Olinishi. Bor — magniotermik usulda olinadi. 3B2O3 + 3Mg → 6B + 3MgO
Alyuminiy dastawal 1827-yilda F.Veyler tomonidan quyidagicha olingan:
AICI3 + 3K → A1 + 3KC1
Hozirgi vaqtda hamma ishlab chiqariladigan alyuminiy elektroliz usulida olinadi. Alyuminiyni elektroliz usulida olish uchun boksit (A12O 3 * nH2O ) ga kriolit (Na3AlF6) qo'shib, suyuqlantirilib elektroliz qilinadi. A12O3 ning suyuqlanish haroratsi 2072°C da suyuqlantiriladi. Suyuqlanmani elektrolizida quyidagi jarayonlar sodir bo‘ladi:

Download 229,5 Kb.
  1   2   3   4   5   6   7




Download 229,5 Kb.