|
Mavzu: III guruh elementlari
|
bet | 2/7 | Sana | 05.12.2023 | Hajmi | 229,5 Kb. | | #111389 |
Bog'liq Faza,komponentFizikaviy xossalari. Bor - juda qattiq, yarim o‘tkazgich. Uning amorf, (jigar rang) kristall(qora) shakl o‘zgarishlari uchraydi. Alyuminiy — oq, yaltiroq metall, yumshoq. Undan ingichka simlar va yupqa zar qog‘ozlarini tayyorlash mumkin. Ga, In, TI — oq, yumshoq metallardir. Ga ning suyuqlanish haroratsi 29,8 . Bunga sabab galliyning kristall panjara tugunlarida Ga2 atom juftlari uchraydi.
Kimyoviy xossalari. Bordan aiyuminiyga tomon metallik xossalari kuchayib boradi. TI(OH) 3 ishqor xossasiga ega.
Bor kislota hosil qiluvchi element bo‘lib, ishqorlar bilan reaksiyaga kirishganda meta va tetraborat kislotalarining tuzlarini hosil qiladi.
В + КОН + H2O = KBO2 + З/2 Н2 (oksidlovchi ishtirokida)
4B + 2NaOH + 5H2O = Na2B4O7 + 6 H2
Alyuminiy amfoter element:
3A1+3HC1+6H2O = [A1(H2O) 6]C13+ 3/2H22A14 +6NaOH + 6H2O = 2Na3 [Al(OH)6] + 3H2 Galliy alyuminiyga o‘xshab, ishqorlar bilan reaksiyaga kirishadi. Indiy ishqor bilan juda sekin ta’sirlanadi, talliy esa ishqor bilan reaksiyaga kirishmaydi. AI, Ga, In, TI suyultirilgan kislotalar bilan reaksiyaga kiirishadi. Bor suyultirilgan H2SO4, HCI, HNO3 bilan reaksiyaga kirishmaydi, lekin kontsentrlangan HNO3 va H2SO4 bilan reaksiyaga kirishadi.
B+ 3HNO3 = H3BO3 + 3NO2
2B +3H2SO 4 = 2 H3BO3 + 3SO2
Alyuminiy sovuq kontsentrlangan HNO3 va H2SO4 lar bilan reaksiyaga kirishmaydi, chunki ulaming dastlabki ta’sirida oksid qavat hosil qilib passivlanadi. Bor birikmalarida Bor atomining sp2 gibridlanishi (BC13, B(OH)3, alyuminiy birikmalarida atomining sp3 (Na[Al(OH)4]) va sp3d2 gibridlanishi xosdir: Na3AlF6, Na3 [Al(OH)6], [A1(H2O) 6]C13
|
| |