|
Ikki komponentli sistemalar
|
bet | 6/7 | Sana | 05.12.2023 | Hajmi | 229,5 Kb. | | #111389 |
Bog'liq Faza,komponentIkki komponentli sistemalar, qoʻsh sistemalar, binar sistemalar — ikki mustaqil tarkibiy qism (komponent)dan iborat fizik-kimyoviy sistemalar. Ikki komponentli sistemani oʻrganish komponentlarning bir-biriga qanday taʼsir koʻrsatishini aniqlashga yordam beradi. Bu oʻzaro taʼsir holat diagrammasi orqali ifodalanadi. Diagrammaning absissalar oʻqiga komponentlarning konsentratsiyasi (miqdori), ordinatalar oʻqiga fazaviy oʻzgarishlar temperaturasi qoʻyiladi. Oʻzaro taʼsiriga qarab, komponentlar suyuq va qattiq holatlarda birbirida har qan-day nisbatda eriydigan yoki shu holatlarda maʼlum chegaragacha eriydigan, kimyoviy birikmalar hosil qiladigan, suyuq holatda bir-birida erimaydigan yoki qisman eriydigan sistemalarni tashkil etadi.
Qattiq eritmalar — 2 yoki undan ortiq komponentdan tashkil topgan oʻzgaruvchan tarkibli, 1 jinsli kristall yoki amorf moddalar. Komponentlar orasidagi miqdoriy nisbat oʻzgarganida ham Qattiq eritmalarning 1 jinsliligi saqlanib qoladi. Qattiq eritmalar hosil qilish xususiyati koʻpchilik qattiq moddalarga mansubligi uchun koʻpgina tabiiy va sunʼiy moddalar Qattiq eritmalar holida mavjud. Gidridlar vodorod bilan, karbidlar uglerod bilan, nitridlar azot bilan, oksidlar kislorod bilan Qattiq eritmalar hosil qiladi. Metallar orasida hosil boʻladigan Qattiq eritmalar, ayniqsa, katta ahamiyatga ega, chunki bunda ularning plastikligi deyarli kam oʻzgarib, qattiqligi, mustahkamligi va elektrga qarshiligi ortadi.
Barcha Qattiq eritmalar 3 guruhga boʻlinadi: singish bilan hosil boʻladigan Qattiq eritmalar; oʻrin olish bilan yuzaga keladigan Qattiq eritmalar; defekt tuzilishga ega ayrilish Qattiq eritmalar Ayrilish Qattiq eritmalar eritma hosil qilgan moddaning kristall panjarasida zarralar bilan band boʻlmagan boʻsh oʻrinlar mavjudligi bilan tafsiflanadi. Singish bilan hosil boʻladigan Qattiq eritmalar vujudga kelganda eruvchi moddaning atomlari erituvchi metallning kristall panjarasida tugunlararo fazoviy boʻshliqqa joylashadi (temirda uglerodning erishi bunga misol boʻla oladi). Oʻrin olish bilan hosil boʻladigan Qattiq eritmalarda eruvchi metall atomlari bilan erituvchi metall atomlari kristall panjara tugunlarida bir-biri bilan oʻrin almashadi (mas, misning nikel bilan, natriy bromidning natriy xlorid bilan boʻlgan Qattiq eritmalari).
Qattiq eritmalar texnikada qoʻllanadigan eng zarur qotishmalar asosini tashkil etadi. Mas, mashina va stanoklar yasashda ishlatiladigan qotishmalar (qarang Boʻshatish, Poʻlatni toblash, Metallarni ishlash), zanglamaydigan, kislotaga chidamli poʻlatlar, bronza, jez. Alyuminiy va magniyning boshqa metallar bilan hosil qilgan yengil va oʻta yengil Qattiq eritmalari juda mustahkam boʻlib, ular elektr tokining oʻtishiga juda katta qarshilik koʻrsatadi. Turli shishalar ham Qattiq eritmalarga misol boʻla oladi
EVTEKTIKA (Yunoncha eshekyz — oson suyuqlanuvchan) — suyuq holatida boshlang’ich komponentlar (aralashmalar) ning kristallari bilan muvozanatda, kristallanish temperaturasi esa eng past bo’ladigan suyuq sistema (eritma). Fazalar qoidasiga muvofiq, Evtektika o’zgarmas temperaturada kristallanish natijasida hosil bo’ladi. Evtektika hosil bo’lish xususiyati suyuq holatda komponentlarining bir-birida erishi cheklanmagan, qattiq holatda esa cheklanadigan yoki mutlaqo erimaydigan sistemalar uchun xos. Ikki komponentli evtektik sistemaning holat diagrammasi bo’ycha qattiq holatdagi komponentlar bir-birida erimaydi, sof komponentlar (A va V) ning kristallana boshlash temperaturalari bilan sistemaning tarkibidagi miqdori orasidagi bog’lanishni ko’rsatuvchi egri chiziqlar (ta E va TV E) evtektik nuqta (E nuqta) da kesishadi. Bunda suyuqlik (£) bir vaqtda ikkala komponent bilan to’yinadi. Evtektika texnikada quymachilik qotishmalari, kavsharlar va boshqalar materiallar sifatida ishlatiladi.
|
| |