|
Mavzu: III guruh elementlari
|
bet | 4/7 | Sana | 05.12.2023 | Hajmi | 229,5 Kb. | | #111389 |
Bog'liq Faza,komponentSultidlari. Umumiy formulasi E2S3 dir. Tellur TI2S birikma hosil qiladi. Sulfidlari kuchli gidrolizga uchraydi. B2S3 + 6H2O → 2H3BO3 + 3H2S
AI2S3 + 6H2O → 2A1(OH) 3 + 3H2S
TI2S olish uchun TI2SO4 ga (NH4)2S qo‘shiladi.
TI2SO4 + (NH4)2S → TI2S |+(NH4)2SO4
Galogenidlari va boshqa tuzlari. Bor galogenidlari: BF3 — gaz, BCI3 BBr3 - suyuqliklar, BS3 - qattiq. Suvdagi eritmada galogenidlari gidrolizga uchraydi. BHal3+ 3H2OB(OH) 3 + 3HHal A1F - suvda yomon eriydigan modda. A1C13 - suvda eriydi. A1C13 molekulasi uchun kovalent bogianish Harakterli, dimer holda bo‘ladi. (A1C13) 2 • A1C13 suyuqlanmasi elektr tokini o‘tkazmaydi. T1C1 ning xossalari AgCl xossalariga o‘xshaydi. Uni olish uchun T12SO4 ga NaCl ta’sir qilinadi: T12SO4 + 2NaCl -> 2T1C1 + Na2SO4
T1C1 qattiq modda. A1CI3 ga o‘xshab yorug‘lik ta’sirida parchalanadi.
Mavzu: Fazalar komponent erkinlik tushunchalarining ta’rifi
Reja:
1.Faza tushunchasi
2.Komponent tushunchasi
3.Bir komponentli sistemalar
Faza (yun. phasis — paydo boʻlish) — 1) biror jarayon (ijtimoiy, geologik va boshqalar)ning taraqqiyot yoʻlidagi davr;
2) fizikaning tebranishlar nazariyasi — muayyan vaqtning har bir momentida tebranish jarayoni holatini ifodalaydigan kattalik. Davr ulushlarida, burchak yoki yey birliklarida oʻlchanadi.
3) termodinamikada — tizimning boshqa qismlari bilan aniq chegara orqali ajralib turgan, bir jinsli va xossalari bir-biridan farq qiladigan hamda mexanik usul orqali ajratib olinishi mumkin boʻlgan har bir qismi. Suv muz suv bugʻi (gaz) bir komponentli tizim boʻlib, u uchta fazadan tashkil topgan. Agar berk idishdagi suvga maʼlum miqdorda simob, muz va temir parchalari solinsa, vaqt oʻtishi bilan muvozanat holati yuzaga keladi va 2 qattiq faza — muz va temir hamda 2 suyuq, faza — suv va simob va nihoyat bir necha fazali tizim hosil boʻladi. Har qanday tizim bir qancha qattiq fazadan, bir qancha suyuq fazadan va bittadan oshmaydigan gazsimon fazadan tashkil topgan boʻlishi mumkin. Modda har bir fazada termodinamik muvozanat holatida boʻladi. Bu holat fizik xossalari boʻyicha moddaning boshqa muvozanat holat (boshqa faza) laridan farq qiladi. Modda bir fazadan boshqa fazaga oʻtganda uning xossalari sifat jihatidan oʻzgaradi. Yuqori temperatura va bosimda modda plazma holatiga oʻtadi. Turli kristall fazalari bir-biridan elektr oʻtkazuvchanligi, elektr va magnit momentlari, kristall tuzilishi va boshqa bilan farq qiladi. Turli suyuqlik fazalari ham bir-biridan konsentratsiyasi, oʻta oquvchanligi, elektr xossalari va boshqa bilan farqlanadi; 4) elektrotexnikada — koʻp fazali, xususan, 3 fazali liniyadagi oʻtkazgichlardan biri. Komponentlar mustaqil komponentlar — termodinamik sistemani tashkil etadigan, kimyoviy jihatdan individual hisoblanadigan moddalar. Komponentlar deganda sistemani tashkil etadigan moddalarning umumiy soni emas, balki uning har qanday fazasining tarkibini ifodalash uchun yetarli boʻlgan moddalar soni tushuniladi. Masalan, kalsiy oksid (CaO) va karbonat angidrid (CO2)dan tashkil topgan sistemada CaO + CO2 →CaCO3, reaksiyasiga muvofiq kalsiy karbonat (CaCO3) hosil boʻladi. Bu sistemada CaO va CO2 mustaqil komponentlar, CaCO3 esa shu Komponentlarning birikish mahsulidir. Shuningdek, CaO va CaCO3 ni teng huquqli komponentlar, CO2 ni esa CaCO3 ning termik dissotsiatsiyasi mahsuli deb qarash mumkin. Kimyoviy sistemalarni tashqil etadigan moddalar oʻzaro reaksiyaga kirishadi va shu sababli bu sistemalarda komponentlar soni tashkil etadigan moddalar soni bilan roʻy berishi mumkin boʻlgan mustaqil reaksiya soni orasidagi farq bilan aniqlanadi. Agar sistemani tashqil etadigan komponentlar oʻzaro reaksiyaga kirishmasa, bu sistema fizik sistema deyiladi (masalan, benzol-glitserinning suyuq aralashmasi). Bunday sistemalarda komponentlar soni sistemani tashqil etuvchi moddalar soniga teng. komponentlar soniga karab 1 komponentli, 2 komponentli, 3 komponentli va koʻp komponentli sistemalar boʻladi. komponentlar tushunchasini fanga 1875—1876-yillarda amerikalik fizik J.I.Gibbs kiritgan.
Bеrilgan idеal gazning ichki enеrgiyasi dеganda, shu gazni tashkil etuvchi barcha molеkulalarning bеtartib tarzdagi ilgarilanma va aylanma harakat kinеtik enеrgiyalari bilan molеkulalardagi atomlarning bеtartib tarzdagi tеbranma harakat kinеtik va potеntsial enеrgiyalarning yig’indisi tushuniladi.
Bir atomli molеkulaning harakati faqat ilgarilanma harakatdan iborat bo’ladi. Lеkin ikki va undan ortiq atomlardan tashkil topgan molеkulalar ilgarilanma harakatdan tashkari aylanma harakatda ham ishtirok etishlari mumkin, shuningdеk ular tarkibidagi atomlar esa yana tеbranma harakatda ham ishtirok etishlari mumkin. Shuning uchun molеkulaning to’la enеrgiyasi ilgarilanma, aylanma va tеbranma harakat enеrgiyalarining yig’indisidan iborat.
To’la enеrgiyani hisoblash uchun erkinlik darajasi tushunchasi bilan tanishib chiqaylik. Jismning fazodagi vaziyatini to’la ravishda ifodalash uchun zarur bo’lgan erkin koordinatalar soniga shu jismning erkinlik darajasi dеyiladi. Har qanday atom yoki bir atomli molеkula moddiy nuqta dеb qaralishi mumkin. Agar molеkula bir - biri bilan elastik tarzda bog’langan N ta atomdan tashkil topgan bo’lsa, molеkulaning bеrilgan vaqtda fazodagi vaziyatini to’la aniqlash uchun 3N ta erkin koordinata zarur bo’ladi. Ya'ni, bunday molеkulaning erkinlik darajasi 3N ga tеng. Lеkin shu molеkuladagi istalgan ikki atom orasidagi masofa aniq qiymatga ega bo’lib, u vaqt o’tishi bilan o’zgarmasa, molеkulaning erkinlik darajasi 3N dan bitta kam bo’ladi. Bunday masofa bir nеchta bo’lsa, 3N shunday masofalar soniga kam bo’ladi.
BIR KOMPONENTLI SISTEMALAR
|
| |