Bosim va vakuumni o’lchash uchun mo’ljallangan olish birlamchi




Download 0.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/3
Sana30.01.2023
Hajmi0.53 Mb.
#40216
1   2   3
Bog'liq
ASLO\'S 22-ma\'ruza
Korrelyatsion o, Betlik, GEL ELEKTOFOREZI, Postoperative-Surgical-Complications 2015, Сиртқи тест, 1-вазифа, 1-1-Mustaqil Ingliz tili 2023, 27634, Algoritmlarni loyihalash fanidan 5-amaliy ish, Ma’lumotlarni kiritish-chiqarish arxitekturasi va shinalar, Услубий қўлланма - ёрдамчи, Документ Microsoft Word, 14akushervaginek2324, C# dasturlash tilida sinflar ierarxiyasini tashkil etish-fayllar.org
 
Bosim va vakuumni o’lchash uchun mo’ljallangan olish birlamchi 
qurilmalari montaji 
Bosim va vakuumni o’lchaydigan olish qurilmalari muhit oqimi to’g’ri 
chiziqli bo’lgan joylarga o’rnatiladi. Olish qurilmalari gorizontal va qiya 


joylashgan gaz-havo quvuryo’llarining yuqori qismiga, suyuqlik va bug’ oquvchi 
quvuryo’llarining esa yon tomoniga o’rnatiladi.
Avtomatlashtirish tizimlarida ortiqcha bosimni va vakuumni o’lchash uchun 
birxillashtirilgan olish qurilmalaridan foydalaniladi. Bosimni o’lchaydigan olish 
qurilmalari (22.3-rasm, a, b) halqasimon truba 1 nippelli biriktirgich 2, berkitish 
organi (ventil yoki uchyo’lli jo’mrak) 3 va manometr yoki vakuummetr ulanadigan 
M20X1 1G’2* rezbali futor 4 (qisib mahkamlagich)dan iborat. Halqasimon trubka 
issiq suyuqlik (temperaturasi 700S dan yuqori) va bug’ bosimini o’lchashda 
qurilmani himoyalash uchun zarur bo’ladi. Uning vazifasi – manometrga issiq suv 
yoki bug’ning kirishiga yo’l qoymaslikdan iborat. Halqada sovigan kondensat 
to’planadi va manometrni o’lchanayotgan muhitdan ajratib turadi.Bundan tashqari, 
halqasimon trubka asbobni ulash paytida bosimning sakrashini kamaytiradi. Olish 
qurilmasi bevosita quvuryo’lga yoki apparatga o’rnatilgan shtuserga 
payvandlanadi.
22.3-rasm. Bosimni va vakumni olish qurilmalari: 1-halqasimon naycha, 2-nipelli 
biriktirgich, 3-berkitish organi, 4-futor, 5-himoyalovchi truba, 6-tarmoq, 7-tiqin 
qalpoqcha, 8-gayka, 9-olish trubasi. 
 
Bosim va vakuumni o’lchash ikkilamchi asboblar montaji 
Bosim va vakuumni o’lchash asboblari buyurtmachi (bosh pudratchi)dan 
o’rnatish zonasida stendda tekshirilganlik protokollari bilan birga qabul qilib 
olinadi. Ular yaxshi yoritilgan joylarda, agregatlarning qizigan qismlaridan 
uzoqroqda o’rnatiladi.
Manometrlar. Asboblar tashqi ko’rikdan o’tkazilganda shtuserlarda 
manometrning 
ichki 
qismini 
ifloslanishdan 
va 
rezbalarni 
mexanikaviy 
shikastlanishdan saqlaydigan himoyalash qalpoqchalarining borligiga e’tibor 
beriladi.


Nazorat savollar: 
1. Ishlab chiharish jarayonlarining to‘g‘ri o‘tishi ko‘pinsha nimaga bog`liq? 
2. Bosim deb nimaga aytiladi? 
3. Ortiqcha bosim nima?
4. O‘lchanayotgan bosim kattalikgining turiga ko‘ra o‘lchash asboblari qanday 
turlarga bo‘linadi? 
5. Suyuqlikli bosim o‘lchash asbobining ishlash printsipini aytib bering? 
6. Qalqovichli difmanometrlar sxemasini tushuntirib bering? 
7. Bosim va vakuumni o’lchash uchun mo’ljallangan olish birlamchi 
qurilmalar montaji 
8. Bosim va vakuumni o’lchash ikkilamchi asboblar montaji 
9. Bosim olish qurilmalarini o’rnatishda halqasimon trubkalar qanday hol va 
nima maqsadda qo’llaniladi? 
Adabiyotlar. 
1. Yusupbеkov N.R., Muxamеdov B.I., Gulyamov Sh.M. Tеxnologik jarayonlarni 
nazorat kilish va avtomatlashtirish. - Toshkеnt: O‘qituvchi, 2011. 
2. Клюев А.С. и др. Проектирование систем автоматизации технологических 
процессов; 2-е издание. -М.: Энергоатомиздат, 1990. 
3. Клюев А.С. и др. Техника чтения схем автоматического управления и 
технологического контроля. 3-е издание. -М.: Энергоатомиздат, 1990. 

Download 0.53 Mb.
1   2   3




Download 0.53 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Bosim va vakuumni o’lchash uchun mo’ljallangan olish birlamchi

Download 0.53 Mb.
Pdf ko'rish