9-mavzu. Elektr zanjiridagi o`tkinchi jarayonlar Reja rc va rl zanjirlarda o‘tkinchi jarayonlar. V aqt doimiylari,o‘tkinchi va statsionar ta’sirlar va so‘nish




Download 80,98 Kb.
bet2/3
Sana24.11.2023
Hajmi80,98 Kb.
#105030
1   2   3
Bog'liq
9 - mavzu

9.2 L, r li zanjirga o‘zgarmas kuchlanish manbasini ulash
K etma-ket ulangan induktivlik L va qarshilik r dan iborat zanjirni (1,v-rasm) o‘zgarmas kuchlanish u(t)=U manbasiga ulashjarayonini ko‘raylik.
2-rasm.
O‘zgaruvgan toklar nazariyasida ko‘p uchragan zanjirning tenglamasini tuzamiz:
(12)
Matematik jihatdan uning (11) tenglamadan farqi yo‘q va uning yechimi aniqlangan deb hisoblash mumkin:
(13)
bunda .
Yuqorida keltirilgan misoldagidek, bir va ikki shtrixlar bilan xususiy yechim yoki majburlangan (barqarorlik) rejimi va xarakteristik tenglama yechimi (erkin tashkil etuvchi)lar belgilangan. Erkin tashkil etuvchi r, S li zanjirlaridek, bu gal ham eksponenta sifatida ifodalangan.
Tenglamaning to‘liq yechimida yana o‘zgarmas qiymat A mavjud. Uning qiymati induktivlikdagi boshlang‘ich tok i(0+) bilan aniqlanadi. Agar kommutatsiyagacha tok mavjud bo‘lmasa (nolli boshlang‘ich shartlar), u xolda:
(14)
Bunda (14) dan quyidagini aniqlaymiz:
(15)
Induktivlikdagi kuchlanish
(16)
va tok uchun grafiklarni avvalgi misol yordamida mustaqil chizishni o‘quvchiga tavsiya etish mumkin.
Zanjirdagi tok (15) noldan boshlanadi. Shuning uchun jarayon boshlanishida manba kuchlanishi to‘laligicha induktivlikka to‘g‘ri keladi . Darhaqiqat, boshlang‘ich onda i(0+)=i(0-) bo‘lgani uchun, qarshilik r da kuchlanish pasayuvi nolga teng.
Endi 2-rasmda keltirilgan zanjirda o‘zgarmas kuchlanish manbasiga ulangan induktivlik kommutatsiyadan so‘ng (kalitni uzish) manbadan uzilishini ko‘raylik . Manbasiz qolgan zanjirning bir qismida quyidagi tenglamani qoniqtiradigan faqat

i2 erkin toki mavjud bo‘ladi; bunda . Unda (i2(0)=i2(0-) bo‘lgandagi i2 ning qiymatini oson aniqlash mumkin:
(17)
Tokning oqishi induktivlik zaxirasidagi energiya bilan ta’minlanadi: energiyaning so‘nish tezligi qarshilikdagi quvvat sarfiga teng bo‘lishi zarur;
(18)
Induktivlik L qanchalar katta bo‘lsa, birlamchi zaxira energiya ham katta bo‘ladi, biroq qarshilik r qanchalak katta bo‘lsa, zaxiralangan energiyaning so‘nishi shunchalar jadallashadi. Shuning uchun, tabiyki, qarshilikning ortishi tok o‘zgarishini tezlashtiradi, induktivlikning ortishi esa uni sekinlashtiradi; aynan shunga vaqt doimiysi ifodasi mos keladi.
Aniqlangan natija va (18) tenglamani shunga o‘xshash kondensator zaryadsizlanishi tenglamasi (11) bilan (erkin rejim) taqqoslansa qiziqarli xulosaga kelish mumkin.
Zanjirni (2,a-rasm) kuchlanishi o‘zgarmas bo‘lmagan, mazkur xususiy yechimni aniqlash oson bo‘lgan biror oddiy o‘zgaruvchan funksiya u(t) yordamida ifodalangan bo‘lsa, o‘tkinchi jarayonni hisoblash deyarli og‘irlashmaydi.
Kuchlanish chiziqli ortuvchi bo‘lsa. Manbaning kuchlanishi quyidagi qonuniyat bilan o‘zgarsin deb faraz qilaylik:
u(t) = 0, agar t < 0;
u(t) = U0 t/T, agar t  0.
Kondensatordagi kuchlanishni aniqlash uchun (11)ga o‘xshash bo‘lgan tenglama

uchun, avvalo xususiy yechimni aniqlash zarur.
Shunga e’tiborni qaratish zarurki, ba’zan xususiy yechimni mos keluvchi funksiyani tanlash yo‘li bilan axtariladi. Bizning misolimizda quyidagicha taxmin qilish tabiiydir:
,
bunda K=const; so‘ngra o‘zgarmas K ni shunday tanlash kerakki, berilgan tenglama qanoatlansin, ya’ni differensialash natijasida hosil bo‘lgan o‘zgarmas yechim tarkibidan yo‘qolsin.
Ayonki, bu talabni ifoda qanoatlantiradi.
Shunday qilib, xususiy yechim quyidagicha ifodalanadi:

Xarakteristik (bir jinsli) tenglamaning yechimi tenglama o‘ng tomonining shakliga bog‘liq emas; u yuqorida ko‘rilganidan ma’lum:
,
bunda .
Shunday qilib

Integrallash doimiysi A ning qiymati aniqlash qoldi, xolos.
Agar sig‘im avvaldan zaryadlanmagan bo‘lsa (etarli boshlang‘ich shart), u xolda t=0 bo‘lganda

bunda .
Natijaviy yechim quyidagicha ko‘rinishda bo‘ladi:
(19)
Ko‘rilayotgan zanjirdagi tok quyidagicha ifodalanadi:
(20)
Zanjir ulangandan so‘ng vaqt o‘tishi bilan zanjirda (t >> bo‘lganda) CU0/T o‘zgarmas toki barqarorlashadi, sig‘imdagi kuchlanish esa chiziqli ortuvchi bo‘ladi; uning qiymati manba kuchlanishiga nisbatan r qarshilikdagi o‘zgarmas kuchlanish pasayuvi r∙CU0/T ga farq qilib kamroq bo‘ladi.

Download 80,98 Kb.
1   2   3




Download 80,98 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



9-mavzu. Elektr zanjiridagi o`tkinchi jarayonlar Reja rc va rl zanjirlarda o‘tkinchi jarayonlar. V aqt doimiylari,o‘tkinchi va statsionar ta’sirlar va so‘nish

Download 80,98 Kb.