9-mavzu: ish vaqti sarfini kuzatish uslublari




Download 106.24 Kb.
bet14/15
Sana08.04.2023
Hajmi106.24 Kb.
#49763
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
9-mavzu
9-Отилишга қарши, @MathsUz fizika Uzoqov 1-qism javoblari
Tayanch iboralar
Ish vaqtini kuzatish zarurligi, uning uslublari, ish vaqtini bevosita o‘lchash, momentli uslub bilan kuzatish, ish vaqtini kuzatishning kuzatishiga tayyorgarlik ko‘rish, kuzatish, o‘lchash, kuzatish natijasida olinganmalumotlarni taxlil qilish kabibosqichlari, shaxsi yfotografiya tushunchasi, o‘tkazish tartibi, va bosqichlari, o‘ziga xos xususiyatlari, ma’lumotlarni taxlil qilish tartiblari, o‘z-o‘zini ish vaqti fotografiyasi, o‘tkazish va olingan ma’lumotlarga ishlov berish tartibi, ish vaqtini kuzatishning momentli uslubi, o‘tkazish va olingan ma’lumotlarni tahlil qilish tartiblari.


qisqacha xulosalar

Mehnatni tashkil etish va normalash sohasidagi amaliy ishni bevosita ish joyida ish vaqti sarfini kuzatish orqali o‘rganish muhim ahamiyatga ega. Ishlab chiqarishda yoki xizmat ko‘rsatishda ish vaqti sarfini izchil kuzatmasdan va o‘rganmasdan turib, har bir ish joyining ishlab chiqarish yoki xizmat ko‘rsatish imkoniyatlarini, eng unumli, o‘ng‘ay mehnat usul va uslublarini o‘rganish, ish vaqtining zoe ketishini aniqlash va ular yuzasidan zarur ma’lumotlar olish mumkin emas.


Ish vaqtining individual fotografiyasi ijrochi mehnatining tashkil etilgan holatini, uning ishi, xizmati mazmunini har tomonlama va eng to‘liq xarakterlaydi, bajarilgan usullar miqdorini va ular qancha davom etganini, shuningdek, zoe ketgan ish vaqtining hammasini ko‘rsatib beradi.
Muayyan ishlab chiqarish yoki xizmat ko‘rsatish ish joylarida ommaviy tus olgan ish vaqti isrofgarchiligi sabablarini aniqlash uchun bir guruh ishchilarning ish kuni fotografiya qilinadi, ya’ni kuzatiladi.
Mehnatni tashkil etishning brigada shakli mavjud bo‘lgan joyda har bir brigada a’zosining qay darajada bandligini, ular o‘rtasida mehnat qay darajada taqsimlanganligini aniqlash uchun ish vaqti sarfini kuzatish katta ahamiyatga ega.
O‘z-o‘zini fotografiya qilishning o‘ziga xos xususiyatlari uning ommaviy va faol xarakterga ega ekanligidir. U vaqtining zoe ketganliginigina qayd qilib qolmasdan, mehnatni va ishlab chiqarishni tashkil qilishdagi kamchiliklarni yo‘qotish chora-tadbirlarini ishlab chiqishga ishchilar ommasini ham keng jalb qilish imkonini beradi.



Download 106.24 Kb.
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Download 106.24 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



9-mavzu: ish vaqti sarfini kuzatish uslublari

Download 106.24 Kb.