Ishlab chiqarishda yoritish va uni meyorlari. Tabiiy va sun’iy yoritish. Yoritishga qо‘yiladigan sanitar-gigiyenik talablar. Yoritish vositalari va turlari




Download 66.38 Kb.
bet6/8
Sana09.11.2023
Hajmi66.38 Kb.
#96214
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
9-mavzu. Ishlab chiqarish changlari va zaharli moddalarning inso-fayllar.org
3-top 16-variant, MURAKKAB TEXNOLOGIK OBYEKTLARNI IMMITATSION OBYEKTLARINI QURISH, 15-var(2-lab), Kompyuter tarmoqlari fanidan mustaqil ish mavzulari 42 43 44, ррпппппппппппппппппппппппппппппппппппп, Анкета Узб крил, 7-mavzu. Globallashuv va axborot texnologiyalari (1), 1. Funksiya limiti, limitlar haqida teoremalar Ta’rif-fayllar.org, Aminova Sabohat
6.Ishlab chiqarishda yoritish va uni meyorlari. Tabiiy va sun’iy yoritish. Yoritishga qо‘yiladigan sanitar-gigiyenik talablar. Yoritish vositalari va turlari.
Yorug‘lik insonning hayoti faoliyati davomida juda muhim o‘ringa ega hisoblanadi. Ko‘rish inson uchun asosiy ma’lumot manbai hisoblanib, umumiy olinadigan ma’lumotning taxminan 90% ko‘z orqali olinadi.
Ishlab chiqarish sharoitida yoritilganlik ishchilar salomatligiga zarar yetkazmasligi uchun u ko‘zni zo‘riqtirmaydigan, ish vaqtida binoning hamma qismlarida bir tekis taqsimlangan bo‘lishi talab qilinadi. Yorug‘lik ko‘zni qamashtirmaydigan bo‘lishi, boshqacha qilib aytganda, yorug‘lik nurlari ko‘zga to‘g‘ridan-to‘g‘ri tushmasligi kerak.
Yorug‘likning spektral tarkibi shunday tanlanishi kerakki, natijada kishi atrofdagi buyumlarning ranglarini to‘g‘ri qabul qilsin. Ish joylarida keskin ajralib turuvchi soyalar bo‘lishi va ish joylari bilan atrofdagi muhitning yoritilganligi juda katta farq qilmasligi kerak, aks holda kishi ko‘zini bir sharoitdan ikkinchi sharoitga tez-tez o‘zgartirib turishi natijasida ko‘zining akkomodatsiya xususiyati buzilib, ko‘rish organlarining toliqish holati ro‘y beradi.
Shuning uchun ham korxonalarni meyoriy yoritish sifatli mahsulot ishlab chiqarishni ta’minlash bilan birga ishlab chiqarish sharoitini yaxshilaydi, ishchilarni charchashdan saqlaydi va mehnat unumdorligini oshiradi.
Meyoriy talablar darajasida yoritilgan hududlarda ishlayotgan ishchilarning kayfiyati yaxshi bo‘ladi, shuningdek xavfsiz mehnat sharoiti yaratiladi va buning natijasida baxtsiz hodisalar keskin kamayadi.
Inson ko‘zi orqali binafsha rangdan to qizil ranggacha bo‘lgan yorug‘lik nurlarini sezadi. Ishlab chiqarish korxonalarini yoritishning mukammalligi sifat va son ko‘rsatkichlari bilan tavsiflanadi.
Son ko‘rsatkichlariga nur oqimi (lm), yorug‘lik kuchi kandela (kd), yoritilganlik (lyuks), nur qaytarish koeffitsientlari kiradi.
Yuzaga tushayotgan nur oqimi shu yuzadan qaytsa, bu nur qaytarish koeffitsiyenti bilan belgilanadi(0,02-0,95 gacha).
Yoritilganlik va ularning asosiy turlari
Amaliyotda ish joylarini yoritishda uch xil turdagi yoritilganlikdan foydalaniladi, ya’ni ular tabiiy, sun’iy va aralashgan holda bo‘ladi.
Tabiiy va sun’iy yoritish. Yoritishga qo’yiladigan sanitar-gigienik talablar.
Tabiiy yoritilganlik quyoshdan hamda yeru-samodan qaytayotgan quyosh nuridan hosil bo‘lgan yorug‘lik mahsulidir.
Tabiiy yorug’lik issiqlik va yorug’lik doimiylariga ega bo‘lib, ular quyoshdan kelayotgan issiqlik uchun 1317 Vt/m2 ga, yorug’lik uchun esa 137000 lk ga tengdir.
Tabiiy yorug‘likning afzalliklari shundaki, uning tarkibida o‘ta foydali ultrabinafsha va infraqizil nurlari mavjud bo‘lib, bu nurlar muhitni sog‘lomlashtirishga xizmat qiladi, ya’ni mikroblarni o‘ldirish xususiyatiga ega.
Tabiiy yorug’likdan uch xil moslamalar yordamida, ya’ni tomdan fonar orqali, devordan deraza orqali va aralash holdagi tizimlardan foydalaniladi.
Tabiiy yoritilgan tizimlariga qo‘yiladigan talablar quyidagilardan iborat:
-yorug‘lik miqdorini binolarning vazifasiga qarab tanlanishi, yo‘naltirilgan yoki tarqoq hollarda bo‘lishligini ta’minlanishi;
-insolyatsiya va yorug‘lik meyorlaridan kam bo‘lmasligini ta’minlanishi.
Sun’iy yorug‘lik tabiiysiga nisbatan bir oz qimmatga tushsada, ish joylarini yoritishda imkoniyati cheksizdir. Sun’iy yorug‘lik umumiy, mahalliy va aralash ko‘rinishda bo‘ladi:
  • Umumiy yorug‘lik binoda bir tekis yoritilganlikni ta’minlay oladi;


  • Mahalliy yorug‘lik esa faqat asosiy ish joyidagi yoritilganlikni meyor talabi darajasida ta’minlaydi;


  • Aralash yorug‘lik, mahalliy yoritilganlikni, umumiy yoritilganligi bilan birgalikda qo‘llanilganligidir.


Bu xildagi ya’ni aralash yoritilganlik usuli, binolardagi yarqiroqlik tafovuti-kontrastni yumshatadi hamda meyor talabini to‘la qondira oladi.


Yoritilganlikni vazifasiga qarab ishchi va nazorat turlaridan tashqari yana favqulodda zarur holatlarda xizmat qiladigan ikki turi ham mavjud. Ularni avariya va evakuatsiya yoritilganliklari deyiladi hamda miqdorlari 0,5 -2,0 lyuks bo‘ladi.
Agar tabiiy yorug‘lik binolarni yoritish uchun yetarli bo‘lmasa, bunday hollarda, sun’iy yorug‘lik bilan to‘ldiriladi.
Sun’iy yorug‘likni meyorlashdan maqsad biror bir yuzani yoritish uchun gigiyena nuqtai nazaridan eng kamida ruxsat etilgan minimal yorug‘lik miqdori bilan ta’minlashdir.
Yoritilganlikka bo‘lgan sanitar-gigienik talablar
Ishlab chiqarish sharoitida yoritilganlik, ishchi-xodimlar salomatligiga zarar yetkazmasligi uchun u ko‘zni zo‘riqtirmaydigan, ish vaqtida binoning hamma qismlarida bir tekis taqsimlangan bo‘lishi talab qilinadi. Korxonalarda yoritishga doir talablar quyidagilardan iborat:
  • yoritish qurilmasi yorug‘ligining spektral tarkibi quyosh yorug‘liginikiga yaqin bo‘lishi;


  • bajariladigan ishlarning turi va aniqligiga qarab, yoritilganlik darajasi yetarlicha bo‘lishi hamda gigiyena talablariga mos kelishi;


  • ish joyida to‘g‘ri tushadigan va qaytgan yorug‘liklar bo‘lmasligi;


  • meyorlarga muvofiq, korxona binolariga avariya yoritgichlari o‘rnatilishi;


  • xavfli ish o‘rinlari yuqori darajada yoritilgan bo‘lishi;


  • yoritish qurilmalari xavfli hamda zararli omillar hisoblangan, ya’ni shovqin, elektr quvvati, issiqlik chiqarish va yong‘in chiqarish manbalari bo‘lmasligi;


  • nazorat o‘lchash asboblari, xavfsizlik signalizatsiyasi ishonchli va uzluksiz yoritilishi;


  • yoritilish bir tekis va turg‘un bo‘lishi, soyalar hosil qilmasligi darkor. Aks holda inson ko‘zini bir sharoitdan ikkinchi sharoitga tez-tez o‘zgarib turishi natijasida, ko‘rish organlarining toliqish holati ro‘y beradi.





Download 66.38 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 66.38 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ishlab chiqarishda yoritish va uni meyorlari. Tabiiy va sun’iy yoritish. Yoritishga qо‘yiladigan sanitar-gigiyenik talablar. Yoritish vositalari va turlari

Download 66.38 Kb.