• 4. Ishlab chiqarishda zararli moddalar va ulardan himoyalanish usullari.
  • 9-mavzu. Ishlab chiqarish changlari va zaharli moddalarning inson organizmiga salbiy ta’siri, ularga qarshi chora-tadbirlar(1 soat)




    Download 66.38 Kb.
    bet4/8
    Sana09.11.2023
    Hajmi66.38 Kb.
    #96214
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    9-mavzu. Ishlab chiqarish changlari va zaharli moddalarning inso-fayllar.org
    3-top 16-variant, MURAKKAB TEXNOLOGIK OBYEKTLARNI IMMITATSION OBYEKTLARINI QURISH, 15-var(2-lab), Kompyuter tarmoqlari fanidan mustaqil ish mavzulari 42 43 44, ррпппппппппппппппппппппппппппппппппппп, Анкета Узб крил, 7-mavzu. Globallashuv va axborot texnologiyalari (1), 1. Funksiya limiti, limitlar haqida teoremalar Ta’rif-fayllar.org, Aminova Sabohat
    Ishlab chiqarish muhitidagi zaharli moddalaming yo‘l qo‘yiladigan oxirgi darajasi (YQOD)

    T\r

    Moddalarning nomi

    YQOD mg/ml


    Kun davomida o'rtacha miqdori, mg/ml


    1

    Azot ikki oksidi

    0,085

    0,085

    2

    Amiak

    0,2

    0,2

    3

    Atseton

    0,35

    0,35

    4

    Benzol

    1.5

    0,8

    5

    Benzin

    5

    1,5

    6

    Butelen

    3

    3

    7

    Dixloretan

    3

    1

    8

    Ksilol

    0,2

    0,2

    9

    Naftalin

    0,003

    0,003

    10

    Sulfat kislota

    0,3

    0,1

    11

    Xlor

    0,6

    0,6

    12

    Toluol

    0,1

    0,01

    13

    Fenol

    0,02

    0,005

    14

    Ftor birikmalari

    5

    5

    15

    F.tanol

    0,1

    1.0

    T\r

    Moddalarning nomi

    YQOD mg/mi


    Kun davomida o'rtacha miqdori, mg/mi


    1

    Azot ikki oksidi

    0,085

    0,085

    2

    Amiak

    0,2

    0,2

    3

    Atseton

    0,35

    0,35

    4

    Benzol

    1.5

    0,8

    5

    Benzin

    5

    1,5

    6

    Butelen

    3

    3

    7

    Dixloretan

    3

    1

    8

    Ksilol

    0,2

    0,2

    9

    Naftalin

    0,003

    0,003

    10

    Sulfat kislota

    0,3

    0,1

    11

    Xlor

    0,6

    0,6

    12

    Toluol

    0,1

    0,01

    13

    Fenol

    0,02

    0,005

    14

    Ftor birikmalari

    5

    5

    15

    F.tanol

    0,1

    1.0



    4. Ishlab chiqarishda zararli moddalar va ulardan himoyalanish usullari.
    Havo muhiti va tarkibi changlardan tashqari ishlab chiqarish jarayonlarini amalga oshirish davrida yuzaga keladigan turli xil zaharli gazlar va ximiyaviy moddalar bilan ham ifloslanadi. Bu atmosfera havosini buzilishi bilan bir vaqtda turli xil kasalliklarni kelib chiqishiga ham sabab bo‘ladi.

    Zararli gazlar, chang va bug‘lanishlarning tarkibi hamda miqdori payvandlash turi va himoya vositalarining (qoplamlar, flyuslar, gazlar) tarkibiga, payvandlanadigan va elektrod materiallarining tarkibiga bog‘liq. Payvandlash changi (aerozollar)ning uchuvchan birikmalarining miqdori payvandlash vaqtida 1 kg suyuqlantiriladigan elektrod metaliga 10 dan 150 kg gachani tashkil etadi. Aerozollarning asosiy tashkil etuvchilari temir oksidlari (70 % gacha), marganets, kremniy, xrom oksidlari, ftorli va boshqa birikmalardir. Ish xonalaridagi havo aerozollaridan tashqari turli zararli gazlar: azot, uglerod oksidlari va vodorod ftorid va boshqalar bilan ifloslanadi.


    Zaharlovchi moddalar bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i, ko‘ngil aynishi, qusish, darmonsizlik ko‘rinishidagi qisqa muddatli zaharlanishdan tashqari odam organizmi to‘qimalarida to‘plarib qolishi surunkali kasalliklarga sabab bo‘lishi mumkin. Marganetsning konsentratsiyasiga e’tibor berish kerak, chunki uning havodagi 0,3 mg/m3 va ortiq miqdorda bo‘lishi nerv sistemasining og‘ir kasallanishiga olib kelishi mumkin.
    Qoplamli elektrodlar bilan payvandlash eng zararlidir, avtomatik payvandlash usullarida zararli ajralmalar miqdori ancha kam bo‘ladi.
    Ishlab chiqarish jarayonida yuzaga kelayotgan zaharli va zararli moddalar masalan, oqindi suvlar, axlatlar, ishlangan gazlar, radioktiv moddalar, biotsidlar va boshqalar ekosistemaga kelib tushgach izsiz yo‘qolib ketmaydi. Ularning kichik kontsentratsiyali miqdori ham uzoq vaqt ta’sir etishi, insonlarni, o‘simliklarni va hayvonlarni zaharlashi mumkin. Ayrim zaharli moddalar oziqani tayyorlash va iste’mol qilish jarayonida ham ta’sir etishi mumkin. Masalan, zaharli moddalar o‘simlikdan chorva mollariga, chorva mahsulotlari (sut, go‘sht) orqali insonga ta’sir etib, turli xil kasalliklarni kelib chiqishiga sabab bo‘ladi.
    Bundan tashqari zararli va zaharli moddalar yer yuzi iqlimini, shuningdek, atmosferani, troposferani (atmosferaning pastki qatlami), stratosferani (yer yuzidan 10-80 km uzoqlikdagi qatlami) va kriosferani (yer yuzining muzliklar va qorliklar bilan qoplangan yuzasi) ham o‘zgarishiga olib kelishi mumkin.
    Iqlimga ta’sir etuvchi muhim faktor – Yerning issiqlik balansidir. Albatta, bu quyosh nurlari ta’sirida yuzaga keladi. Hozirgi vaqtda «Yer – atmosfera» sistemasi issiqlik tengligi holatida bo‘lib, yerga tushadigan 100% qisqa to‘lqinli quyosh nurlarining o‘rtacha 18% i atmosferada yutiladi (3% - bulutlar va 16% havo orqali), 30% i kosmosga qaytariladi (20% ti bulutlar va 6% havo hamda 4% yer yuzasi orqali). qolgan 51% qisqa to‘lqinli quyosh nurlari yer yuzasida yutiladi. Shundan 21% qayta nurlanib uzun to‘lqinli nurlar ko‘rinishida qaytadi, 30% i esa sezilarli (7%) va yashirin (23%) issiqlik ko‘rinishida atmosferaga uzatiladi. Ushbu keltirilgan nurlar balansi Yerning «Issiqlik xo‘jaligi» asosini tashkil etadi. Qabul qilingan nurlarning qaytgan nurlarga nisbati «albedo» deb ataladi. Maksimal qaytarish xususiyatiga ega bo‘lgan absolyut oq jismning albedosi birga teng. Yerning albedosi 0,30 ni tashkil etadi.
    Lekin, insoniyat tomonidan yerdan noto‘g‘ri foydalanish, o‘rmonlarni kesilishi, cho‘l yerlarni haydalishi, sun’iy suv havzalarini barpo etilishi, atrof-muhitga minglab tonna chiqindilarni chiqarilishi, ishlab chiqarish jarayonlari natijasida tonnalab zaharli gazlar va moddalarning atmosferaga chiqarilishi issiqlik balansini o‘zgarishiga olib kelmoqda. Masalan, havo tarkibiga karbonat angidrid gazining oshishi ma’lum miqdorda iqlimni isishiga olib kelishi mumkin. Karbonad angidrid gazi rangsiz gaz bo‘lib, uning sof, toza havo tarkibidagi miqdori 0,03% ni tashkil etadi. Ushbu gaz tirik organizmlarni nafas olishida, neft va gazni yoqish jarayonida, bug‘ qozonlarida, issiqlik elektr stansiyalarida, avtomobil ishlashi vaqtida ajralib chiqadi.
    Keyingi yuz yil ichida havo tarkibidagi karbonad angidrid miqdori 14% ga, hozirgi vaqtda esa har yili 0,4% ga oshib bormoqda. Industrial era (taxminan 1860 -yillar) dan hozirgi vaqtgacha 140 mlrd. tonnaga yaqin uglerod atmosferaga chiqarilgan, hozirgi vaqtda esa atmosferaga jahon bo‘yicha yiliga 8 mlrd. tonnaga yaqin uglerod chiqarilmoqda. Ushbu gazning havo tarkibidagi miqdorini oshib borishi atmosferada ma’lum qatlam hosil qilib, issiqlikni kosmosga uzatilishini susaytiradi. Bu esa o‘z navbatida Yer yuzi haroratini ma’lum darajada oshishiga olib kelishi mumkin. Havo tarkibida karbonad angidrid gazining ma’lum miqdorda oshishi natijasida 2030- yilga borib havoning isishi 1,5-2,5oS ga yetishi taxmin qilinmoqda. Haroratning oshishi esa okean sathining ko‘tarilishiga olib keladi. Hozirgi vaqtda, keyingi 100 yil ichida harorat 0,5oS ga, okean sathi esa 10-15 sm.ga ko‘tarilganligi qayd etilgan.
    1987 -yili Garbiy Berlinda bo‘lib o‘tgan Xalqaro Simpoziumda qayd etilishicha, ishlab chiqarishda sovutuvchi suyuqliklarni, turli xil turdagi aerozol ko‘rinishiga ega tozalovchi vositalarni va uglevodorodlarni (freonlarni) keng ishlatilishi Antraktida «Ozon tuynugi» (Qora tuynuk)ni hosil bo‘lishiga olib kelgan. Amerikalik olimlarning baholashiga «Ozon tuynugining» 1987 -yilgi o‘lchami AQSHning maydoniga teng kelgan. Hozirgi ma’lumotlar bo‘yicha esa uning o‘lchami Yevropa qit’asining o‘lchami (20507000 kv. km) bilan barobardir. Oddiy misol, birgina kosmetik va shunga o‘xshash kichik aerozol ballonlarni ishlatilishi natijasida yiliga 50 ming tonna freon atmosferaga chiqariladi. Bu albatta stratosferadagi ozon qatlamini yemirilishiga olib keladi.
    Bundan tashqari millionlab kishilar havoning ifloslanishi va ifloslangan suvdan iste’mol qilish oqibatida jigar kasalligi, rak kasalligi, turli xil yuqumli va allergik kasalliklar bilan kasallanmoqda.
    Yuqorida keltirilgan gaz va zararli moddalardan tashqari oltingugurt, simob, qo‘rg‘oshin, asbest, uglerod oksidi (SO), oltingugurt oksidi, azot oksidi, uglevodorodlar, ammiak va shunga o‘xshash minglab zaharli moddalar ishlab chiqarish chiqindilari sifatida atmosferaga chiqarilmoqda.
    Zoolog Drisherning qayd etishicha har yili atmosferaga insoniyatning faoliyati tufayli 40 ming xilga yaqin zaharli va zararli moddalar chiqindi sifatida chiqarilmoqda. Masalan, bitta avtomobil yiliga o‘rtacha 297 kg SO, 39 kg uglevodorod (kanserogen birikmalar), 10 kg azot oksidi, 2 kg chang, 1 kg oltingugurt ikki oksidi va 0,5 kg qo‘rg‘oshin birikmalarini chiqaradi. Hozirgi vaqtda sanoat va avtomobil transporti tomonidan atmosferaga chiqariladigan uglerod oksidining (is gazi) yillik miqdori taxminan 8 million tonnaga yetadi.

    Download 66.38 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 66.38 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    9-mavzu. Ishlab chiqarish changlari va zaharli moddalarning inson organizmiga salbiy ta’siri, ularga qarshi chora-tadbirlar(1 soat)

    Download 66.38 Kb.