Unit 12
Payvandlashdagi texnika havfsizligi qoidalari
Reja:
12.1. Payvandlash ishlab chiqarish sanitary-gigiyenik tavsifnomasi
12.2. Yoyli payvandlashda texnika xavfsizligi
12.3. Plazma-yoy yordamida kesishda texnika xavfsizligi
12.4. Payvandlash ashyolarini va elektr energiyani me’yorlash
Tayyorlov va payvandlash ishlarini ishlab chiqarishni noto‘g‘ri tashkillashtirish xavfli va zararli ishlab chiqarish faktorlariga, ayrim hollarda baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklariga olib kelishi mumkin. Metallarni kesish va payvandlashda havo muhiti payvand aero zol bilan ifloslanadi, uning tarkibida chang, zararli gazlar va bug‘lar, masalan, gazsimon ftorli birikmalar, uglerod oksidi, azot oksidi, azon va boshqalar bo‘ladi.
Ish muhitida zararli moddalarning mavjudligi, payvandchilarda kasbiy intoksikatsiyaga olib kelishi mumkin. Katta o’lchamli buyumlarning qizishi, qurilmalarning issiqlik nurlanishlarini tarqatishi va yilning sovuq faslidagi tananing qizib sovushi inson sog‘lig‘iga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Jihozlarning ishlashi shovqin va tebranish bilan kechadi, bu ham inson sog‘lig‘iga zararlidir. Qator ishlab chiqarishlarda intensiv ultratovush, masalan, metallga plazmali ishlov berishda ishchiga ta’sir etishi mumkin.
Elektr jihozlarning noto‘g‘ri ishlatilishi elektr tokidan jarohatlanish xavfini tug‘diradi. Ishlab chiqarish xonalaridagi ayrim jihozlar kuchli yuqori chastotali elektromagnit maydon hosil qiladi. Elektron nurli qurilmalarning ishlashi yumshoq rentgen nurlarini tashkil etadi. Zararli ionlashgan nurlar manbayi bo‘lib, gaz himoya muhitida payvandlashda ishlatiladigan torir volfram elektrodlar va payvand birikmalarni gamma-defektoskop aniqlashida ishlatiladigan radioaktiv qurilmalar hisoblanadi.
Payvand yoyining kuchli ultrabinafsha yoki yorug'lik nuri va plazmalari ishlayotganda ko‘zga ta’sir etib, ko‘z elektrooftalmologiyasini keltirib chiqarishi mumkin, infraqizil nurlarning davomiy ta’siri ortishi esa ko‘z gavharining xiralashishiga, ya’ni kataraktaga olib kelishi mumkin.
Payvandlash va kesin uchun plazma slmrrasi va yoyning ochiq ishlatilishi suyuq metall va shlakning suchrashi unfnqat kuyishga, balki yong‘in xavfini ham tug‘diradi. Payvandlash ishlab chiqarishi to'xtovsiz o‘zgarib takomillashgan sari ishlab chiqarishlarning xavfli va zararli omillarining butun ro‘yxatini keltirish qiyin.
Payvandlash ishlab chiqarishi mavjud korxonalarni loyihalashda va ishlatishda ishlab chiqarish jarohatlari va kasb kasalliklarini, birinchi navbatda zararli va xavfli ishlab chiqarish faktorlaridan himoya qilish tadbirlarini ko‘rib chiqish kerak.
12.2. Yoyli payvandlashda texnika xavfsizligi
Yoyli payvandlash ishlarini olib borishda sog’liq va hayot uchun quyidagi xatarli hodisalar uchrashi mumkin:
elektr tokidan jarohatlanish;
yoy nurlari ta’siridan ko‘z va terining ochiq qismlari jarohatlanishi;
payvandlash paytida va payvandlashga tayyorlashda urib olish va kesib olish;
shlak va erigan metalining sachrashi oqibatida kuyish;
zaharli gazlar bilan zaharlanish;
bosim ostida payvandlashda, idish ichlarini payvandlashda portlashlar;
yengil yonuvchi va portlashga xavfli joylarda portlashlar;
erigan metall va shlaklar oqibatida yong‘inlar.
Elektr tokidan jarohatlanish payvandlash apparati bilan inson organizmi o‘rtasida elektr zanjiming qisqa tutashuvi oqibatida bo‘ladi.
Bunday tutashuvlarning paydo bo‘lishi sababi:
payvandlash apparati va payvandlash elektr simlarining yetarli darajada izolatsiyalanmaganligi;
payvandchining maxsus kiyimi va poyafzalining yomon holatdaligi;
xonaning torligi va boshqa bir qator omillar.
Qisqa tutashuv oqibatida inson organizmidan o'tuvchi elektr tok qiymatiga nisbatan quyidagi jarohatlar vujudga kelishi mumkin (tok chastotasi 50 Hz bo‘lganda):
0,6—1,5 µA tokda yengil qo‘l titrashi;
5—7 µA tokda — mushaklar tortilishi;
8—10 µA tokda — mushaklar tortilishi, barmoq va qo'l kaftlarida kuchli og’riqlar;
—20-25 µA tokda qol ishlamay qoladi, nafas olish qiyinlashadi;
50—80 µA tokda — nafas olish pasayishi;
90-100 µA nafas olish pasayishi, 3 s dan oshiq ta’sir etib tursa, yurak urishi pasayishi;
3000 µA tokda 0,1 s dan oshiq ta’sir etsa, nafas va yurak pasayishi, tana to‘qimalarining buzilishi.
Yuqoridagidan kelib chiqqan holda tokning qiymati 100 µA yoki 0,1 A bo’lganda o‘limga olib kelishi mumkin.
Agar elektr toki chastotasi 500 Hz dan yuqori bo‘lsa, uning xavfli ta’siri nisbatan kuchsizlanadi. Elektr tok ta’siri inson organizmining qarshiligiga bog‘liq, ular tana qismining har xil joyida har xil bo‘ladi. Masalan, quruq terilar qarshiligi ko‘p, uning tepa shoh qatlamida qon tomir venalari yo‘q.
Tana qarshiligi ichki sharoitlarga bog‘liq (charchash, psixologik ta’sir va boshqalar) va tashqi sharoitlar (harorat, namlik, gazlanganlik va boshqalar).
Elektr toki kuchlanishi 100 V dan yuqori bo‘lsa, teri qatlamining parchalanishi sodir bo‘ladi, bu esa tana qarshiligining kamayishiga olib keladi. Kuchlanish qiymatiga nisbatan elektr xavfsizlik sharoitlarini aniqlashda tana qarshiligini 1000-2000 Ω deb qabul qilinadi. 12 V ga teng bo‘lgan qarshilik xavfsiz deb hisoblanadi, quruq, isitish moslamalari bor va shamollatiladigan xonalarda 36 V xavfsiz deb hisoblanadi. Payvandchining elektr tokidan jarohatlanishning oldini olish uchun quyidagi shartlarni bajarish kerak bo’ladi:
yoy ta’minlash manbaasi korpusini va payvandlanayotgan buyumni ishonchli qilib ta’minlash;
-teskari (orqaga) o'tkazish uchun ta’minlash konturini ishlatmaslik kerak;
elektrod tutkichning sopini ishonchli izolatsiya qilish;
quruq va mustahkam maxsus kiyim va qo'lqoplarda ishlash (payvandchi botinkasi poshnasida temir miqlar va shpilkalar bo‘lmasligi kerak);
yomg‘ir va qor yog'ayotganda pana joylar bo'lmasa, payvandlash ishlarini to'xtatish;
jihoz va apparatlarni o'zi ta’mirlashi kerak emas (bunday ishlarni elektrik qilishi kerak);
idishlar ichini payvandlashda rezina polos va 12 V li siljituvchi lampani ishlatish kerak.
Ximoya ta’minlash bu metall sim bilan yerni va elektr qurilma qismlarini biriktirishdir.
Yer, avariya holatida ishlashda o‘tkazgich sifatida qo’llaniladi. Elektr jihozlar to‘g‘ri ta’minlansa, ikki parallel elektr shoxlar hosil bo’ladi: bittasi uncha katta bo‘lmagan qarshilik bilan (3-4 Q), ikkinchisi esa (inson) katta qarshilik bilan (2000 Q). Shuning uchun inson bexosdan ta’minlash manbayi korpusiga tegib ketsa, tok inson tanasidan o‘tmaydi.
Ta’minlash kuchlanish qiymati va elektr ta’minot tizimi turlariga qarab har xil bo‘ladi.
Rasmda payvandlash transformatorini neytralli ta’minlash sxemasi keltirilgan. Sxemada ko'rsatilishicha bir fazali payvandlash transformatori uchun uch simli shlangli kabel ishlatiladi, u ulanish joyidan transformator kirish qutichasigacha tortilgan.
12.1-rasm. Payvandlash transformatorini manba bilan tarmoqdan
neytral ta’minlash bilan ulanish sxemasi:
1 ulanish punkti; 2~ payvandlash transformatori; 3 elektrodtutkich; 4 payvandldanayotgan buyum; 5 ta’minlovchi shlangli uch simli o'tkazgich ta’minlash simi bilan; 6— transformatorning birlamchi o'rami; 7 transformatorning ikkilamchi o'rami; 8 ulanish punktida va transformator korpusidagi ta’minlovchi bolt; 9~ o'tkazgichning nol simi.
Kabelning uchinchi simi bir tomoni ulanish hududi korpusiga ulanadi, ikkinchi tomoni — transformator korpusining ta’minlovchi boltiga ulanadi. Past kuchlanish chulg'ami qisqichi payvandlanayotgan detalga ulanadi va shu bilan bir qatorda payvandlash transformatori korpusi ta’minlovchi boltiga ta’minlovchi metall sim bilan ulangan bo'ladi. Ko‘chma payvandlash qurilmalarida ko'chma ta’minlash qurilmalari ishlatiladi.
Elektr tokidan jarohatlanganga birinchi yordam ko‘rsatish. Birinchi navbatda jarohatlangan insonni elektr toki ta’siridan ajratib olish zarur. Bu ishni biriktirgich-ajratgichni o‘chirish yoki elektr simini quruq taxta bilan chetroqqa uloqtirish yoki elektr simini o‘tkir asbob bilan (dastasi izolatsiyalangan bo’lishi kerak) chopib uzish kerak.
Jarohatlanganga avvalo toza havo muhitini yaratish kerak va tinchlantirish kerak. Agar nafas olishi va puls urishi aniqlanmasa, u holda sun’iy nafas berish kerak bo‘ladi.
Har qanday holatda ham elektr tokidan jarohatlanish sodir bo’lsa, darhol tez yordamni chaqirish lozim bo’ladi. Elektr tokidan jarohatlanish klinik o’limga olib kelishi mumkin. Klinik o’lim holati 4—12 minut davom etadi. Bu holatda, agarda vaqtida tibbiy yordam ko’rsatilib, sun’iy nafas yoki yurak massaji. yordamida o’ziga keltirish mumkin bo’lsa, inson xayotga qaytishi mumkin. O'limning oldini faqat malakali shifokor olishi mumkin. Agar sun’iy nafas berish jarohatlanishning birinchi daqiqalarida bajarilsa, unda natija yaxshi bo’ladi. Jarohatlangan shaxs qorni bilan yotqiziladi. So’ng toza havo muhitini yaratib, nafas olish va qon aylanishi yaxshi bo’lishi uchun yoqa va shim tugmachalari va ustki kiyimlari yechiladi. Hamda pasayish vaqtida til nafas olish yo’llarini to'sib qo’yishi sababli tilni og'izdan tortib chiqarib, nafas olish uchun sharoit yaratiladi.
Hozirgi vaqtda sun’iy nafas berish («og’izdan og’izga») usuli keng tarqalgan. Bu usulda havo jarohatlanganning og’ziga puflanadi va uning yelkasi tagiga yumshoq yostiqcha qo’yish kerak bo’ladi, boshi esa orqaga qiyshaytiriladi. Yordam berayotgan odam chuqur nafas olib (jarohatlanganning og’ziga ro’molcha yoki doka qo’yib) jarohatlanganning burnini mahkam qisib, og’zi orqali ichiga havo jo’natadi.
Jarohatlanganning og’ziga havo jo’natgandan so‘ng burnini qo’yib yuboradi. Og’ziga puflash har 5—6 sekund davomida bajariladi. Sun’iy nafas berish usuli («og’izdan og’izga») afzalligi shundaki, bunda jarohatlanganning o’pkasiga boshqa usulga nisbatan 3—4 baravar ko’p havo tushadi.
Ko‘z jarohatlanishi. Elektr payvand yoyi uch xil nurlanishga ajraladi: yorug’lik, infraqizil va ultra binafsha.
Payvand yoyning yorug’lik nuri ko’zni ko’r qilishi mumkin, chunki uning yorug’ligi ko’z uchun mo’ljallangan yorug’lik miqdoridan 10000 marta katta. Infra qizil nurlanish ko’zni faqatgina ko'p vaqt mobaynida ta’sir etib turganda jarohatlashi mumkin. Buning oqibatida vujudga kelgan jarohatlanish kataraktaga olib kelishi rnumkin (ko‘z gavharining xiralanishi) va ko'zni butinlay yoki qisman ko'r qilishi rnumkin. Ultra binavsha nurlanishi hattoki qisqa vaqt ichida uncha uzoq bo'lmagan masofada ko'zga ta’sir etsa ham ko'z kassaligiga elektrooftalmologiya (yorug'likdan qo'rqish) ga olib keladi. Kasallikning asosiy belgilari — ko'z achishi, yoshlanishi, ko'z ko'rishining vaqtinchalik pasayishi. Belgilar nurlanishdan so'ng bir necha soatlardan keyin namoyon bo'la boshlaydi. Elektrooftalmiyani 2 3 kun davomida «Albusid» tomchilari yordamida tuzatsa bo'ladi. Hamda sovuq kompressor va choy bilan yuvish ham maqsadga muvofiq bo'ladi.
Elektr payvandchilar yorug'lik filtrlari bilan ishlashlari kerak, ular yoy nurlanishini to'xtatadi va yutadi. Yorug'lik flltrlari yoy kuchlanishiga nisbatan tanlanadi (12-1jadval).
Payvand yoy kuchlanishiga nisbatan yorug'lik
filtri turini tanlash
12.1-jadval
Payvand tokining qiymati
|
Yorug'lik filtrining turi
|
30 dan 75 A gacha
|
Э-1
|
75 dan 200 A gacha
|
Э-2
|
200 dan 400 A gacha
|
Э-3
|
400 A dan yuqori
|
Э-4, Э-5
|
Yorug'lik flltrlari oynasining o'lchamlari 52x102 mm bo'ladi. Yorug'lik filtralari tashqarisida oddiy oyna qo'yiladi, ular kir bo'lishiga qarab almashtiriladi.
Payvandlash ustaxonalari devorlari va shiplari nursiz-jilosiz to'q rangli bo'yoqlar bilan bo'yaladi, chunki ular yorug'lik nurlarini qaytarmasligi kerak.
Zararli chang va gazlar bilan zaharlanish. Havo marganes, uglerod, xlor, ftor oksidlari hamda birikmalari va boshqalar bilan juda ifloslanganda zaharlanish mumkin. Mavjud normalarga ko'ra xonaning changishi 1 m3 havoda 10 mg dan oshmasligi, MnO miqdori ko‘pi bilan 0,3 mg/m3, EO ko‘pi bilan 30 mg/m3, NO ko'pi bilan 5 mg/m3, qo`rg'oshin bug`lari ko‘pi bilan 0,1 mg/m3 bo`lishi kerak va hokazo. Yoy yordamida payvandlashda oksid va zararli changlar miqdori 1 kg elektrod eritilganda 10 dan 150g gacha hosil bo’ladi.
Zaharlanish alomatlari, odatda, quyidagicha bo`ladi: bosh aylanadi, bosh og‘riydi, kongil ayniydi, qayd qilinadi, bo‘shashadi, tez-tez nafas olinadi va hokazo. Zaharlovchi moddalar kishi organizmining to‘qimaIarida o‘tirib qolishi va surunkali kasalliklarga sabab bo’lishi ham mumkin.
Elektrodlar qoplamasining yangi rusumlari va zaharlash xossalari juda kichik bo’lgan kukunlarning joriy qilinishi; haydash ventilatsiyasi, ko'chma surish qurilmalari o‘rnatish; havo yo’llaridan elektrod tutkich yoki shlem orqali toza havo keltirish; kimyoviy filtrli respiratordan, ba’zan esa gaz himoya vositasi (protivogazdan foydalanish havoning ifloslanishi bilan kurashish bo‘yicha chora-tadbirlar bo’lib hisoblanadi.
Kuyishlar. Payvandlashda elektrod metali va shlak sachraydi; qaynoq tomchilar payvandchining ochiq terisiga tushishi yoki kiyimining tutashi va yonishiga hamda shu bilan birga kuyishlarga sabab bo’lishi mumkin. Kuyishlardan himoyalanish uchun payvandchilar maxsus kiyim, poyafzal, qo’lqoplar va bosh kiyim bilan ta’minlanadilar. Oson alangalanuvchan ashyolar yonida ishlaganda yong’in chiqishi mumkin. Qurilishda ishlaganda yong’in chiqish xavfini ayniqsa hisobga olish lozim. Agar payvandlash ishlari balandlikda bajarilayotgan bo’lsa, u holda pastda turgan apparat va istalgan tez alangalanuvchan materiallarni yuqoridan tushayotgan uchqunlardan himoyalash zarur. Payvandlash ishi bajarilayotgan joy yaqinida yog‘och havozalar joylashgan yoki qirindi, qipiq ko’rinishidagi chiqindilar va hokazolar bo’lgan hollarda ham juda chtiyot bo‘lish talab etiladi. Ba’zan payvandlash ishlarini bajarish uchun yong'indan muhofaza qilish bo’limining ruxsati albatta talab etiladi. Payvandlash joylarida suv, qumli quti, asboblar o‘rnatilgan shit va o‘t o‘chirgichlar bo’lishi kerak.
Buyumlarni yig‘ish va payvandlashda lat yeyish, kesib olish. Ishlab chiqarishda yig‘ish-payvandlash ishlarini bajarayotganda mexanik shikastlanishning asosiy sabablari quyidagilar bo‘lishi mumkin: og'ir detallarni tashish va yig‘ish uchun moslamalar bo’lmasligi; transport vositalarining (arava, kranlar va hokazo) buzuqligi; buzuq va tekshirilmagan takelaj (kanatlar, zanjirlar, troslar, qamrovlar va boshqalar); buzuq asbob (bosqonlar, bolg‘alar, zubilolar, kalitlar va hokazo); xodimlarning takelaj ishlariga oid asosiy qoidalarni bilmasliklari va ularga rioya qilmasliklari.
Yig‘ish-payvandlash ishlarida ko‘pincha lat yeyish hamda qo‘l (asboblar va detallardan foydalana bilmaslik) va oyoqning (yig‘ilayotgan detallarning tushib ketishidan) shikastlanish hollari uchrab turadi. Payvandchining to‘g‘ri jihozlangan ish o‘rni ishlayotganlarni harqanday mexanik shikastlanishlarsiz ishlashini ta’minlashi kerak.
Yig‘ish va payvandlash texnologiyasini tuzishda xavfsiz ishlash nuqtayi nazaridan barcha loyihalanayotgan operatsiyalarni sinchiklab o’ylab chiqish lozim.
12.3. Plazma-yoy yordamida kesishda texnika xavfsizligi
Plazma-yoy yordamida kesish elektr qurilmalarni amalda ishlatish qoidalariga qat’iy rioya qilishni talab qiladi. Plazma uchun elektr qurilma “qoidalari dastaki usulda kesishda salt yurish kuchlanishini 180 V gacha va mashina yordamida kesishda 500 V gacha (masofadan boshqariladigan apparatlarda) bo’lishiga ruxsat etiladi.
Plazma yoyi yonayotgan joydan nari ketgan sari shovqin darajasi pasayadi. Shuning uchun mexanizatsiyalashtirilgan tarzda kesishda masofadan turib boshqarish qo’llanilishi va operator o‘rnini shovqin eng kam eshitiladigan joyda tanlash lozim.
Dastaki nsulda kesishda kesuvchi kesish yoyidan uzoqlasha olmaydi. Shuning uchun ГОСТ yoy kuchlanishini ISO V gacha cheklaydi. Ayrim hollarda kesuvchilari shovqinga qarshi taqiladigan naushniklaridan yoki shovqinga qarshi kiyiladigan naushnikli niqob qalpoqlardan foydalanadilar. Ular kesuvchini intensivligi 120 dB gacha bo'lgan shovqindan himoyalaydi (bunda kesuvchi yonida turgan kishining gapini eshitadi).
Plazma-yoy yordamida kesishda kesilayotgan metallda ko‘p miqdorda gaz va bug’ hosil bo’ladi.
Kesuvchi yaqinidagi havo tarkibida hatto azot va argonga o‘xshagan gazlar miqdorining ko‘p bo’lishi nafas olishni qiyinlashtiradi hamda nafasini qisadi. Mis va latunni kesishda hosil bo’ladigan mis va rux oksidlarining bug’lari ayniqsa xavfli. Shuning uchun siqiq yoy yordamida kesishda havo almashtiradigan umumiy ventilatsiyadan tashqari mahalliy ventilatsiyadan foydalanish ham talab etiladi.
Gaz-chang ajralib chiqishi va shovqin bilan bir qatorda siqiq yoy yordamida kesishda intensiv nurlanish ro‘y beradi. Kesuvchining ko‘zini himoyalash uchun himoya oynalari qo‘yilgan shitchalar va yorug‘lik filtri bor ko‘zoynakdan foydalaniladi. Ko‘zoynak nomeri qoplamali elektrodlar bilan yoy yordamida payvandlashda tok kuchiga qarab tanlashga to‘g'ri keladigan ko‘zoynakdan taxminan bitta nomer yuqori qilib tanlanadi.
Siqilgan gazning portlashi, suyuqlantirilgan metallning sachrashidan kuyishlar, yong‘in ko‘rinishidagi boshqa xavflar plazma-yoy yordamida kesishda ayniqsa extiyot bo‘lishni talab etadi.
12.4. Payvandlash ishlarini me`yorlash
Ikki xil me’yorlash mavjud: vaqt me’yori va ishlab chiqarish me’yori. Vaqt me’yori bu ma’lum miqdor detalni sifatli qilib bajarish uchun ishchi sarflashiga yo‘l qo’yiladigan vaqt miqdoridir. Ishlab chiqarish me’yori deb vaqt birligi ichida bajarilishi mumkin bo'lgan detallar miqdoridir. Ishlab chiqarish me’yori ko'pincha payvandlash uchun pogon metrlarda, eritib qoplashda esa bir soat ichida eritib qoplanadigan metallning kilogrammda ifodalangan miqdori bilan belgilanadi. Me’yorlar vositasida mchnatga haq to’lash rostlanadi.
Vaqt me’yori quyidagi elementlardan tashkil topadi:
tayyorlash-tugallash vaqti bu vaqt buyumlar partiyasiga beriladi va topshiriq olish, ko'rsatmadan o'tish, ish bilan tanishish, moslamalar hamda jihozlarni tayyorlash, ishni topshirish vaqtlari dan iborat bo'ladi;
asosiy vaqt tA detalga yoki 1 m chokka yoxud 1 m metallni kesishga beriladi; asosiy vaqt deb faqat payvanlash yoki kesish jarayonining o‘ziga (shu jumladan ish ni boshlashdan oldin metallni qizdirishga) sarflanadigan vaqtga aytiladi;
yordamchi vaqt elektrodlarni almashtirishga, chokni o'lchash va ko’zdan kechirishga, chetlar hamda choklarni tozalash, buyumni o’rnatish va olib qo‘yish, choklarni tamg‘alash, boshqa payvandlash joyiga o‘tish, dam olish va hokazo ishlarga sarflanadigan vaqtlarni hisobga oladi;
ish o’rnida xizmat qilish uchun qo’shimcha vaqt (asboblarni joy-joyiga qo’yish va yig‘ish, ballonlar almashtirish, shlanglar kiygizish, tok va gazlar bosimini rostlash);
Vaqt normalarini belgilashda sex (korxona)ning ishlab chiqarish imkoniyatlarini, jihozlarning eng unumli ish rejimlarini hamda mazkur shart-sharoitlarga eng qulay ish usullari va mchnatni tashkil etish formalarini to‘la hisobga olish zarur.
Asosiy vaqt payvandlanadigan metallning xili va qalinligiga, tok, payvandlash usuli, chokning fazodagi holati hamda payvandchi malakasiga bog’liqdir. Kesishda asosiy vaqt kesiladigan metall qalinligiga bog’liq boladi.
Payvandlash uchun sarflanadigan umumiy vaqtni topish uchun avvalo asosiy vaqtni topib, unga «а», «d», «с» bo‘yicha sarflanadigan qo'shimcha vaqtlarni qo‘shish kerak.
Asosiy vaqt quyidagi formula bo'yicha topiladi:
bu yerda: tA — asosiy vaqt, soat; L — chok uzunligi, sm; F — chok kesimining yuzasi, sm2; y eritib qoplangan metall zichligi, g/sm3; / — tok, A; ae — eritib qoplash koeffltsiyenti, g/(A • soat).
Eritib qoplangan metallning miqdori G = F • L • y formula bo‘yicha hisoblanadi. Choklarning ko‘ndalang kesimlari yuzasi F payvand birikmalar chizmasi bo'yicha hisoblanadi.
Ko‘p qatlamlab payvandlashda va har xil qatlamlarni turli rejimlarda bajarishda asosiy payvandlash vaqti har qaysi qatlamga alohida hisoblanib, keyin jamlanadi.
Formula bo'yicha hisoblangan vaqt /a ni vertikal chokni payvandlashda 25%, gorizontal chokni payvandlashda 35% va ship chokni payvandlashda 60% oshirish kerak.
Yoy yordamida dastaki payvandlashda tayyorlash-tugallash, yordamchi va qo‘shimcha vaqtlar asosiy vaqtning quyidagi qismini tashkil etadi (foiz hisobida): sex sharoitlarida payvandlashda 30 dan 50% gacha, qurilish montaj ishlarida payvandlashda 40 dan 60% gacha.
Flyus ostida avtomatik payvandlashda payvandlash tezligi a (m/s) asosiy miqdor liisoblanadi. Bu miqdor payvandlash rejimi bilan belgilanadi. Uzunligi / (in) bo'lgan chokni avtomatik payvandlash uchun sarllanadigan asosiy vaqt /, (s) quyidagiga teng:
Ko‘p qatlamli choklarni payvandlashda hosil bo'lgan qiy-
matni qatlamlar soniga ko‘paytirish kerak. Flyus ostida avtomatik
payvandlashda sarflanadigan jami yordamchi va qo'shimcha vaqt
asosiy vaqtning 60 dan 80 % gachasini tashkil etishi mumkin.
Payvandlash ashyolarini va elektr energiyani me’yorlash
Elektrodlar va sim sarfi. Elektrodlarga bo'lgan chtiyoj chokning eritib qoplangan metalining umumiy massasi bo'yicha aniqlanadi. Massaga yupqa qoplamali elektrodlar uchun 20—30% va qalin qoplamli elektrodlar uchun 40-60% qo'shiladi. Elektrodlarga bo'lgan chtiyoj (donabay hisobida) elektrodlar umumiy massasini qoplama massasini hisobga olgan holda bitta elektrod massasiga
bo'lib hisoblanadi.
Flyus ostida yoki karbonat angidrid gazida payvandlashda elektrod sim sarfini aniqlash uchun chokning geometrik o'lchamlariga qarab eritiladigan metall massasi hisoblanadi,so'ngra hosil qilingan miqdorga rejimni sozlash, chok kraterini chiqarish,o'ramda qolgan sim uchlari, yoyning uzilishlari va boshqa chiqimlarga
sarflanadigan simni hisobga oluvchi 3 % qo'shiladi.
Flyus sarfi. Flyus ostida payvandlashda flyus sarfi 1,13G ga
teng qilib olinadi. Bu yerda G elektrod sim sarfi, kg.
Himoyalovchi gazlar sarfi. Payvandlashda gaz sarfi me’yori
(dm3/s): yarim avtomatik payvandlashda karbonat angidrid gazi
sarfi 0,2—0,4; suyuqlanmaydigan elektrod bilan dastaki usulda payvandlashda argon sarfi 0,05—0,4.
Elektr energiya sarfi. Payvandlash postlarini ta’minlash uchun ishlatiladigan agregat turiga qarab bir kilogramm eritib qo'shiladigan metall uchun sarflanadigan energiyaning taxminiy miqdori (kW • soat hisobida) quyidagilarni tashkil etadi:
Birpostli payvandlash transformatoridan olinadigan bir fazali o'zgaruvchan tok bilan yoy yordamida dastaki payvandlashda
|
3-5
|
Flyus ostida bitta sim bilan o'zgaruvchan tokda payvandlashda
|
3-4
|
Flyus ostida bitta sim bilan o'zgarmas tokda payvandlashda
|
6-7
|
Bir postli transformatorda 3 fazali yoy bilan payvandlashda
|
2,65-3
|
Bir postli o'zgartirgichdan olinadigan (60 V) o'zgarmas tokda payvandlashda ishlatiladi
|
6-7
|
Nazorat uchun savollar
Elektr tokidan jarohatlanishning asosiy sabablari nimadan iborat?
Elektr tokidan jarohatlanganda tibbiy yordam berishning qanday usullarini bilasiz?
Yoyli nurlanishdan jarohatlanganga qanday yordam qo'rsatish mumkin?
Sun'iy nafas berish qanday bajariladi?
Payvandlash uchun vaqt me'yori qanday elementlardan iborat?
Yoyli payvandlashda to la vaqt ganday aniglanadi?
Payvandlashda qoplamali elektrodlar sarfi qanday aniqlanadi?
Payvandlashda flyuslar va himoyalovchi gazlar sarfi qanday aniqlanadi?
|