• So‘ruvchi pnevmotransport qurilmalari
  • Pnevmotransport qurilmalari tasnifi




    Download 293,53 Kb.
    bet1/4
    Sana08.02.2024
    Hajmi293,53 Kb.
    #153456
      1   2   3   4
    Bog'liq
    Pnevmotransport va gidrotransport usullarida transportlovchi mashinalar xaqida ma’lumotlar


    Pnevmotransport va gidrotransport usullarida transportlovchi mashinalar haqida ma’lumotlar Pnevmotransport qurilmalari tasnifi
    Pnevmatik transport qurilmalari syement, qum, qirindi va mayda materiallarni siqilgan yoki siyrak bosimda gorizontal va tik yo‘nalishda tashish uchun ishlatiladi. Bu qurilma yuklarni tushirish, ortish va tashish ishlarida qo‘llanilganda ish unumdorligi sezilarli oshadi va materiallarni ifloslanishdan saqlaydi.
    Kurilma to‘liq avtomatlashgan va material minimal isroflangan holda quvurlar ichida harakatlanadi, shuning uchun qurilmalarning ish unumdorligi juda yuqori. Kurilish materiallarini tashish uchun o‘rta diametrli quvurlardan foydalaniladi.
    Pnevmatik tashishning ikki – so‘rish va purkash turi bor. Pnevmatik qurilma quyidagi kamchiliklarga ega: elektr quvvati va havoni ko‘p sarflaydi, o‘tkir qirrali materiallarni tashishda qurilma moslama qismlari tez yemiriladi, yopishqoq va nam materiallarni tashiy olmaydi.
    So‘ruvchi pnevmotransport qurilmalari
    So‘rish usulida materil tashish quvuriga beriladi va u vakuum nasos hosil qilgan havoning siyraklanishi hisobiga siljiydi.
    So‘ruvchi qurilmalarda (9.1 – rasm, a) material vakuum-nasos 8, hosil qilgan havo bosimida soplo 1 quvur 2 orqali ajratuvchi kamera 3 ga tushadi. Material zatvor 4 orqali bunker 5 ga havo esa qisman material bilan birgalikda filptr 6 ga tushadi. Filpr havoni materialdan ajratib vakuum-nasosga va undan quvur orqali atmosferaga chiqarib yuboradi. Bunday qurilma materiallarni qisqa masofaga tashish uchun qo‘llaniladi, bu qurilmalarda bosim 0,03-0,04 Mpa bo‘ladi. So‘ruvchi qurilmaning soplo qismida havo bosimi past, vakuum-nasosda esa yuqoridir.



    9.1 – rasm. Havo bilan transportirovka qilish qurilmasi sxemasi
    a- so‘ruvchi, b –purkovchi. 1-soplo, 2,14 – quvur o‘tkazgich,
    3,15 –tindirish kamerasi, 4,12,16 – zatvor, 5 – bunker, 6,18 – filptr, 7 – quvur, 8 – vakuum nasos, 9-havo qabul qiluvchi, 10 – kompressor,
    11 – kompressor, 13-yuklagich, 17 – bunker.

    Download 293,53 Kb.
      1   2   3   4




    Download 293,53 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Pnevmotransport qurilmalari tasnifi

    Download 293,53 Kb.