|
Pnevmatik yuk transportlovchi qurilmalar
|
bet | 3/4 | Sana | 08.02.2024 | Hajmi | 293,53 Kb. | | #153456 |
Bog'liq Pnevmotransport va gidrotransport usullarida transportlovchi mashinalar xaqida ma’lumotlarPnevmatik yuk transportlovchi qurilmalar
Bunday qurilmalarning berk temir yo‘l vagonlaridan ko‘qunsimon materiallarni so‘ruvchi va so‘ruvchi-xaydovchi (qo‘shma) turlari bor, bularning ishlash tartibi bir-biriga o‘xshash.
Pnevmatik yuk tashish va ortish qurilmalarining bir-biridan farqi So‘ruvchi yuk tushirish qurilmasida mexanik nasosdan foydalaniladi va qo‘shma yuk tushirish-haydash qurilmasida esa pnevmatik transport qo‘llaniladi.
So‘ruvchi yuk tashish qurilmasi (9.3 – rasm) maxsus moslama 1, egiluvchan yuk tashish quvuri 2, ajratish kamerasi 3, pnevmavintli nasos 4, aralashtiruvchi kamera 5 va vakuum-nasos 6 dan iborat.
So‘ruvchi pnevmatik qurilmalar ikkita g‘ildirak ustiga o‘rnatiladi. Har bir g‘ildirak alohida ahamiyatga ega. Kurilmaning telejkasiga syementni titratish uchun disk va so‘ruvchi soplo o‘rnatilgan. Material quvur 2 orqali ajratuvchi kamera 3 ga tushadi va havodan syement ajratiladi. Ajratilgan material zatvordan pastga shnekka tushadi va 10-12 m masofagacha tashiladi. Syementdan havoni ajratgich-tozalagichlar yordamida havo yana tozalanadi va atmosferaga chiqariladi. Tozalangan havoni tashqarida kamera ichiga so‘rish va silkitish mexanizmi yordamida tozalanadi.
9.3 – rasm. Syementni xavo yordamida tushiruvchi qurilma
1-maxsus moslama; 2-quvur; 3-kamera; 4-nasos;
5-aralashtiruvchi kamera; 6-vakum-nasos.
So‘ruvchi – haydovchi pnevmatik qurilmalarning ish jarayoni ham So‘ruvchi qurilmalarga o‘xshash, bu qurilmalarning farqi shundaki, havo bilan materialni purkaydi. Bu qurilmalar pnevmovintli nasos 4, aralashtiruvchi kamera 5 dan iborat (9.3 – rasm) bo‘lib, siqilgan havo aralashtiruvchi kameraga alohida kompressor orqali keladi. Bu qurilma bilan yuklarni 50 m masofaga tashish mumkin.
Gidrotransportlovchi uskunalar
Gidrotransportlovchi uskunalar tog‘-kon qurilish materiallari, kimyo va boshqa ko‘p tarmoklarda ken tarqalgan bo‘lib, asosan yumshoq xom-ashyo (masalan, tuproq, mel, ko‘mir, qum va boshk.) materiallarni transportlashda qo‘llaniladi. Bu usulda maqsadli material suv bilan arlashtirilib loy (shlam, pulpa) kurinishiga keltiriladi va kerakli joyga shlamnasoslar yordamida yetkaziladi.
Materialning yirikligiga va talab etilayotgan o‘zatishga qarab tuproq va qum uchun shlamnasoslar va ko‘mir uchun ko‘mirsurgichlar qo‘llanadi. Maxsus shlamnasoslar shlamni zavod ichida transportlashga imkoniyat beradi (masalan, syement yetishtiruvchi zavodlarda) , katta quvvatli tuproq nasoslari va ko‘mirso‘rgichlar shlam yoki pulppalarni karpyerlardan bir necha kilometrgacha transportlashga imkon beradilar.
Pulppa yoki shlamlarni xaydash uchun asosan markazdan qochma nasoslar qo‘llaniladi.
6 FSH-7a turidagi shlam nasosi (9.4-rasm) tana 4, markaziy suruvchi patrubka 1 va xaydovchi patrubka 3-dan tashqil topgan. Tana flansali
9.4-rasm. Shlam nasosi
1-so‘ruvchi potrubka; 2-nasos; 3-xaydovchi potrubka; 4-tana; 5-shpilka; 6-qopqoq; 7-teshik; 8-salnik; 9-gayka; 10-podshipnik; 11-val;
12- podshipnik; 13-mufta
kronshteynga qopqoq 6 orkali shpilkalar 5 yordamida maxkamlangan. Nasosning ishchi g‘ildiragi 2 val 11-ga konsol usulda utkazilgan hamda gayka va kontr-gayka yordamida maxkamlangan. Valni zichlash uchun gayka 9 yordamida sozlanadigan salnik 8 ko‘zda tutilgan. Щz navbatida val ikkita podshipnik 10 va 12-larda maxkamlangan va mufta 13 yordamida elektrmotordan harakatga keltiriladi. Shlam salnikka kirmasligi maqsadida uning oldida 7 teshik orqali yuqori bosimda toza suv xaydaladi. 1500 ay/min tezlikda aylanayotgan ishchi g‘ildirakning parraklariga markaziy surish patrubkasi orqali keladi va katta bosim ostida xaydash patrubkasiga chiqariladi .
Shlam va pulppalar haydash uchun qo‘llaniladigan markazdan qochma nasoslar texnik tavsifi 9.1-jadvalda keltirilgan.
|
| |