|
Purkovchi pnevmotransport qurilmalari
|
bet | 2/4 | Sana | 08.02.2024 | Hajmi | 293,53 Kb. | | #153456 |
Bog'liq Pnevmotransport va gidrotransport usullarida transportlovchi mashinalar xaqida ma’lumotlarPurkovchi pnevmotransport qurilmalari
Purkovchi qurilmalarda (9.1 – rasm, b) tashiluvchi material yuklagich 13 dan jips zatvor 12 orqali siqilgan havo yordamida quvur 14 ga tushadi. Havo qabul qiluvchi 9 orqali so‘rilgan havo kospressor 10 orqali filptrlanib havo to‘plovchi qurilma 11 ga keladi. Siqilgan havo bilan material quvurdan ajratib turuvchi kamera 15 va shlyuzli zatvor 16 orqali bunker 17 ga keladi. Ajratilgan havo tozalagich 18 dan tozalanib atmosferaga chiqariladi. Xaydovchi kospressorlarda siqilgan havoni bosimi 0,8 Mpa va havoning ish unumdorligi 100 m /min gacha boradi.
Pnevmatik qurilmaning ish unumdorligi. Pnevmatik qurilmalarning ish unumdorligi tashish o‘zunligiga, sarflangan havo va zichligiga bog‘liq (T/soat):
Q=3,6 Vx Rx (9.1)
bu yerda: - tashish o‘zunligiga bog‘liq bo‘lgan keltirilgan miqdor; Vx – sarf bo‘lgan havo xajmi, m/s; Rx – havoning zichligi
Tashuvchi havoning tezligini aniqlash (m/s)
V= (9.2)
bu yerda: a – material donasini hisobga oluvchi miqdor. Bir jinsli materiallar uchun a = 17-25 gacha.
Kuvurning ichki diametri quyidagicha aniqlanadi:
dich= (9.3)
Kerakli havo sarfi quyidagicha aniqlanadi:
Vx= m3/s (9.4)
Pnevmatik vintli nasos
Xaydovchi qurilmalarda pnevmatik nasos keng qo‘llaniladi (9.2-rasm). Material qabul qiluvchi bunker 2 dan aylanib turuvchi shnek 3 orqali aralashtiruvchi kamera 7 ga o‘zatiladi. Shnek aylanma harakatni elektrodvigatelp 1 dan oladi. Shnekning oxiri qismida siqilgan havo bilan material zichlik darajasi klapan 6 yordamida boshqariladi. Kompressor siqilgan havoni aralashtiruvchi kameraga shnek va quvur orqali o‘zatadi. Kompressor yordamida siqilgan havo va material aralashtiruvchi kameradan quvur 8 ga haydaladi. Silindrik sirt 5 ning ichiga mustaxkamlikni oshirish uchun gilpza 4 joylashtiriladi va gilpza yeyilganda almashtirish mumkin. Pnevmatik vintli nasosning kamchiligi vint bilan gilpzaning tez yeyilishidir. Nasosda havo yetarli bo‘lishi shart.
9.2 - rasm. Pnevmatik vintli nasos
1-elektrodivigatel; 2-bunker; 3-shnek; 4-gilpza; 5-silindir; 6-klapan;
7-kamera; 8-quvur.
Vintli nasosning yuk tashish qismida havo tezligi vint tezligidan yuqori bo‘lishi kerak. Vintning tezligi material og‘irligiga, shakliga va o‘lchamiga bog‘liq. 0,4-0,6 Mpa bosim kuchiga ega vintli nasoslar materialni 2 km masofaga tashish mumkin.
|
| |