• Ta’minlash tarmog’i
  • 9-mavzu: Turli xildagi (benzin dizel va gaz ) yoqilg’ilarida ishlaydigan dvigatellar ta’minlash tizimining vazifasi tuzilishi va ishlshi. Reja




    Download 128.88 Kb.
    Sana13.10.2023
    Hajmi128.88 Kb.
    #87677
    Bog'liq
    9-mavzu
    1710581586 (4), Nuklein kislotalar

    9-mavzu: Turli xildagi (benzin dizel va gaz ) yoqilg’ilarida ishlaydigan dvigatellar ta’minlash tizimining vazifasi.tuzilishi va ishlshi.


    Reja
    1. Benzinli dvigatellarning ta’minlash tarmog’ining vazifasi
    2. Dizel dvigatellarning ta’minlash tarmog’ining tuzilishi
    3. Gaz dvigatellarning ta’minlash tarmog’ining ishlash uslubi
    Ta’minlash tarmog’i yonilg’i bilan xavoni tozalash va ulardan kerakli tarkibda yonilg’i aralashmasi tayyorlab, silindrlarga kiritish hamda ishlatilgan gazlarni tashqariga chiqarib yuborish uchun xizmat qiladi. Ta’minlash tarmog’iga kiruvchi asbob-uskunalarni to’rt guruxga bo’lish mumkin.
    1) yonilg’ini saqlash, tozalash va uni yonilg’i aralashmasi hosil qiluvchi asbobga yuborish qismlari – yonilg’i baki, yonilg’i satxini ko’rsatuvchi datchik, yonilg’i filtri, yonilg’i nasosi va yonilg’i o’tkazuvchi naychalar;
    2) xavoni tozalash va uni uzatish qurilmasi – xavo filtri va xavo o’tkazgich;
    3) yonilg’i va xavodan aralashma hosil qiluvchi asbob – karbyurator;
    4) yonilg’i aralashmasini silindrlarga kirituvchi va ishlatilgan gazlarni chiqarib, ularning tovushini pasaytiruvchi qismlar – kiritish va chiqarish quvurlari hamda so’ndirgich.




    Rasmda karbyuratorli dvigatelning ta’minlash tarmog’i asboblarining joylashish tizimining chizmasi ko’rsatilgan. Yonilg’i benzobak 12 dan naycha 9 orqali filtr 7 ga o’tib, undan benzonasos 6 yordamida bosim ostida naycha 5 ga va undan karbyuratorga yuboriladi. Xavo tashqi muxitdan xavo filtri 1 orqali karbyurator 2 ga so’riladi. Karbyuratorda to’zitilgan va qisman bug’langan benzin xavo bilan qo’shilib, yonilg’i aralashmasini hosil qiladi. So’ng yonilg’i aralashmasi kiritish quvuri 3 orqali silindrlarga so’riladi, ishlatilgan gazlar esa chiqarish quvuri 4 va oraliq quvur 8 orqali so’ndirgich 10 ga kirib, quvur 11 dan tashg’i muxitga chiqariladi. Benzobak 12 dagi yonilg’i satxi qalqovich 15 yordamida kabinaga o’rnatilgan manometr 16 bilan aniqlanadi. Benzobakning yonilg’i quyish bo’g’izi 13 qopqoq 14 bilan jips qilib berkitilgan. Keltirilgan sxemada yonilg’i aralashmasi (benzin va xavo) silindr tashqarisida tayyorlanadi. Yonilg’i aralashmasini bunday tayyorlash karbyuratsiyalanish, uni tayyorlovchi asbob karbyurator deyiladi.
    Karbyuratorli dvigatellar uchun yonilg’i sifatida asosan benzin ishlatiladi. Benzinning sifati issiklikk berish qobilyati, solishtirma ogirli, bug’lanuvchangligi va zudlik bilan portlashga moilligi bilan aniklanadi. Benzinning solishtirma og’irligi 700…760 kgG’m3 (0,700…0,760 gG’sm3) ga 253 K(- 20°S) da teng bo’ladi.
    1kg yonilg’i to’la yonib bo’lganda hosil bo’ladigan issiqlik miqdori issiqlik berish qobiliyati deb ataladi. 1 kg benzin to’la yonib bo’lganda 44000…46000 kJ (10500 kkal) issiqlik energiyasi bo’ladi.
    Bug’lanuvchanlik benzinning quyuq xolatdan bug’ xolatga o’tish haroratini aniqlaydi. Bu harorat qancha past bo’lsa, benzinning sifati shuncha yuqori bo’ladi. Natijada dvigatelnin yurgizish osonlashadi va u ravon ishlaydi hamda tejamliligi ortadi. Karbyuratorli dvigatellar uchun GOST bo’yicha quyidagi belgili benzinlar ishlab chiqariladi: A-72, A-76, AI-93, AI-98. benzin belgilaridagi A harfi avtomobil benzini ekanligini, raqamlar esa oktan sonini ko’rsatadi. Benzin dvigatel silindrlarida ish jarayoni vaqtida to’la yonishi uchun uni xavo bilan yaxshi va bir tekis aralashtirish lozim. Bu jarayon tirsakli valning 2500…4000 min-1 aylanishida o’tadi va har bir takt taxminan 0,01 sek davom etadi.

    Dizel dvigatellarning ta’minlash tarmog’i yuqorida ko’rib o’tilgan karbyuratorli dvigatellarning yonilg’i aralashmasini tayyorlash usulidan tubdan farq qiladi. Dizellarda yonilg’ini purkash xavo bilan ish aralashmasini tsilindr bo’shlig’ida harakatlantirish usuli yonilg’i yuborish qurilmalari hamda yonish bo’linmasining konstruktsiyasiga bog’liq. YAMZ va KamAZ dizellarida yonilg’ini purkash tarmog’i yuqori bosim nasosi va har bir tsilindrga yopiq holda o’rnatilgan forsunkadan iborat. Bu dvigatelning ta’minlash tarmog’i asosiy ikkita: past va yuqori bosim shoxobchalaridan iborat. Past bosim shaxobchasi yonilg’ini bakdan yuqori bosim nasosiga uzatadi. YUqori bosim shaxobchasi esa ma’lum miqdordagi yonilg’ini ma’lum vaqtda dvigatelning tsilindrlariga uzatadi. YAMZ dvigatellari ta’minlash tarmog’ining umumlashgan chizmasi 148-rasmda keltirilgan. Bak 2 dan yonilg’i, haydash nasosi 20 qilgan siyraklanish ta’sirida, dag’al filtr 22 ga yuboriladi. Bu filtrdan yonilg’i mayin tozalash filtri 7 ga, undan yonilg’i naychasi 10 orqali yuqori bosim nasosi 19 ga o’tib, bu nasos yordamida PMa (150 kgk G’sm2) ga yaqin bosim ostida yonilg’ini purkash forsunkasi 17 ga yuboriladi.yuqori bosim nasosi 19 da yig’ilib qolganortiqcha yonilg’ining bosimi 15 MPa (150 kgk G’sm2) ga tenglashganda o’kazib yuborish klapani 13 ochilib qaytarish naychalari 44 va 11 orqali yonilg’i bak 2 ga oqib tushadi. Forsunka 17 tirqishlaridan tomib oqib chiquvchi yonilg’i bakka naycha 18 orqali qaytadi. Tarmoqqa yonilg’i bilan dastlabki to’ldirish jarayoni haydash nasosi 20 ning korpusidagi qo’l yuritmali nasos 12 yordamida amalga oshiriladi.





    Yonilg’i bilan kirgan xavoni tashqariga chiqarib yuborish uchun tiqin 9 va 14 parmalangan teshikchalar bor. Tarmoqda yonilg’ini tozalovchi asosiy filtr 7 va dag’al filtr 22 hamda bakning bo’g’zidagi to’r-simli tozaligich 3 dan tashqarii, yonilg’i qabul qilgich 1 qopqog’ida va forsunka 17 ning shtutseri 16 da to’rqsimli tozalagichlar bor.
    Minsk, Kremenchug va KamAZ avtomobil zavodlarida ishlab chiqariladigan dizeli avtomobillarga kata sig’imli (100-250 l) yonilg’i baklari o’rnatiladi. Katta sig’imli baklar o’ta mustahkam bo’lishi kerak. Ular o’ta mustahkam qo’rg’oshinli po’latdan tayyorlanib, yonilg’ini chayqalishini kamaytirish uchun bakning ichiga bir nechta ko’ndalang to’siql ar o’rnatilgan. Bak yonilg’i bilan qopqoqli bo’g’iz orqali to’ldiriladi. Bo’g’izda yonilgiga aralashib qolgan metal zarrachalarini tutib qoluvchi to’r simli tozalagich bor. Yonilg’i baki avtomobil ramasiga o’rnatiladi. KamAZ avtomobilining dvigatelida yuqorida ko’rib o’tilgan YAMZ dvigatellarining ta’minlash tarmog’idan ikkita past bosimli xaydash nasosi brligi bilan farq qiladi. Bunda bitta nasos uzatmalar qutisining kronshteyniga o’rnatilgan bo’lib, faqat yuritmalidir, ikkinchi xaydash nasosi yuqori bosim nasosning korpusida o’rnatilgan va ikkita yuritmaga ega: qo’l bilan va mexanik. Shuningdek ZIL-4331 avtomobilining ZIL-654 nusxali dizelida ta’minlash tarmog’i ikkita xaydash nasosiga ega: bittasi yuqori bosimli nasos korpusida o’rnatilgan bo’lib, faqat mexanik yuritmali, ikkinchisi esa dvigatelda joylashgan - qo’l yuritmali. Undan tashqari yuqori bosimli nasosda tirsakli valning aylanishlar soni o’zgartirib beruvchi ikki maromli rostlagich o’rnatilgan. Rostlagich dvigateli eng kichik aylanishlari sonini (600 min-1) barqarorlashtirib, eng yuqori aylanishlar sonini (2800 min-1) o’z-o’zidan cheklab turadi. ZIL-654 dizel ta’minlash tarmog’ining umumiy tuzilish chizmasi va ishlash uslub oldingi bayon etilgan YAMZ dvigatellarining ta’minlash tarmog’iga o’xshash.

    Avtomobil dvigatellarida suyultirilgan yoki siqilgan gazsimon yonilg’i ishlatiladi. Karbyuratorli dvigatelni gaz bilan ishlashga o’tkazishuchun murakkab qayta uskunalash talab qilinmaydi. Ta’minlash tarmog’i oddiylashadi, osongina mukammal aralashma qilinadi, dvigatellarda juda kichik ortiqcha xavo koeffitsenti bilan ishlashi tufayli bu yonilg’i aralashmasi benzinga nisbatan to’laroq yonadi. Undan tashqari, gazning xavo bilan aralashmasi o’z tarkibiga ko’ra bir xil bo’lganidan dvigatelning yaxshi ishlashini va qabul qiluvchanligini moyillik darajasi yuqoriroq bo’lishini ta’minlaydi. Gaz simon yonilg’ining detonatseyasiga turg’unligi benzinnikiga nisbatan, yuqori, detallarning korrozion va mexanikyeyilish tezligi ancha kamayadi, gaz simon yonilg’i moyining suyultirmaydi, dvigatelning tejamkorligi ortadi. Shu afzalliklari tufayli gazsimon yonilg’i avtomobil dvigatellari uchun istiqboli yonilg’i deb xisoblanadi va bunday yonilg’ini ishlatish suyuq yonilg’iga bo’lgan extiyojni ancha kamaytiradi.


    So’ngi yillarda avtomobil zavodlarida suyultirilgan neftli gazda ishlatishga mo’ljallangan GAZ-52-07, GAZ-52-09 va GAZ-53-19 markali avtomobillar ishlab chiqarilmoqda.
    Yuqorida bayon etilgandek gaz ballonli avtomobillarda ishlatiladigan gazsimon yonilg’i tabiiy yoki sun’iy yonuvchi gazlar bo’lib, ular suyultirilgan neft gazi (SNG), siqilgan tabiiy gaz (STG) bo’lishi mumkin. SNG da ishlovchi avtomobil dvigatellari keng tarqalgan. Neft bilan birga chiquvchi gazlar, odatda, propan-butan aralashmalaridan, yani uch-to’rttadan uglerod atomlariga ega bo’lgan uglevodoroddan tashkil topgan. Suyultirilgan neft gazi shu uglevodoroddan tayyorlanadi. Maqbul haroratda bosimi 1,6 MPa (16kgk|sm2) gayetguncha gazsimon xolatdan suyuq xolatga o’tuvchi gazlarga suyultirilgan neftb gazlari deb ataladi. Demak, bunday gazlar yopiq idish va ballonlarda suyuq xolatda bo’ladi. SNGlar, odatda uch xil turda chiqariladi: texnik propan, texnik butan va ularning aralashmalari. Birinchisini qishda, ikkinchisini yozda, uchinchisini esa yil davomida ishlatish mumkin. Bu gazlarning issiqlik berishi va detonatsiya turg’unligi bir-biriga yaqin. SNG ning xidi ham, rangi ham bo’lmaganligi uchun ularga oz miqdorda o’tkir hidli gazsimon moda qo’shiladi. Bu moddalar sizib chiqib, kabina yoki kuzov uchida to’plangan gazni sezishga imkon beradi. Suyultirilgan gazni saqlash muddati ishlab chiqarilgan vaqtdan boshlab uch oydan oshmasligi kerak. Bu muddat tugagach, gazning xolati standart ko’rsatkichlari bo’yicha teshiriladi.
    STG lar siqilgan gaz ballonli deb ataluvchi yuk avtomobillarida yonilg’i sifatada ishlatiladi. STG deb, suyuqlik xolatiga o’tish harorati past bo’lgan gazlarga aytiladi. Gaz ballonli avtomobillarda ishlatiladagan tabiiy gaz asosan metandan tarkib topgan bo’lib yonish natijasida issiqlik chiqarish qobiliyati 8500kkal|m3. lekin siqilgan gazda ishlovchi avtomobil dvigatellari uncha keng tarqalmagan, chunki, bir tomondan, tsilindrlarning to’lishi kamayishi natijasida ularning quvvati 10-20 foizga pasayadi, ikkinchi tomondan, avtomobilning yuk ko’tarish imkoniyati boshqa yonilg’i sistemali avtomobillarga nisbatan kamayadi. Avtomobilga sig’imi 10 m3 dan bo’lgan bunday ballonlardan oltitasi ketma-ket ulanib o’rnatiladi. Ballonlar maxsus gaz to’ldirish stantsiyalarida tozalangan va quritilgan tabiiy gaz bilan to’ldiriladi. Gaz bilan ishlovchi dvigatellarning ish tsikli karbyuratorli dvigatellarning ishlash uslubiga o’xshash bo’lsa-da, asbob va uskunalarining tuzilishi bilan farq qiladi.
    Suyultirilgan gazda turli ZIL-432810, GAZ-53-07 yuk avtomobillari va LAZ-695P, LiAZ-677G avtobuslar bir-biriga o’xshash gaz ballonli ta’minlash tarmog’i bo’yicha ishlaydi. Bunday gaz ballonli uskunalashgan chizma



    114- rasmda tasvirlangan. Avtomobil kuzovi ostida 250l sig’imli gaz ballonli 5 o’rnatilgan. Gaz olish uchun ballonga ikkita naycha ulangan, har bir naychada sarflash ventillari 16 VA 17 bor. Ulardan biri suyuqlik sathidan yuqoriroq o’rnatilgan bo’lib, undan dvigatelni yurgizib yuborish va qizdirish vaqtida gaz bug’lari beriladi, ikkinchisi esa suyuqlikning pastki satxida o’rnatilgan. Ballondan chiqadigan gaz bug’latgichga tushib, uyerda batamom bug’lanadi, so’ngra filtr 9 va bug’larning bosimini pasaytiruvchi reduktor 10 dan o’tib, mezonlagich 10 ga, keyin aralashtirgichga tushadi. bo’lgan yonuvchi gaz-xavo aralashmasi kiritish naychasi bo’linmasiga kiradi. Gaz reduktori 10 dozator bilan bitta qutida jixozlangan bo’lib, ularga gazni kiritish va chiqarish naychalari ulangan.
    Haydovchi kabinasidagi peshtaxta ballondagi gaz bosimini va reduktordagi bosimni doimiy ko’rsatib turuvchi manometr 7 VA 8 lar mavjud. Bu tarmoqqa muvoziy ravishda benzin bilan ishlaydigan extiyot ta’minlash sistemasi ham o’rnatilgan. U benzobak 15, benzonasos 14 va karbyurator-aralashtirgich 13 dan iborat bo’lib, xuddi karbyuratorli avtomobilning ta’minlash tarmog’iga o’xshash ishlaydi. Bunda faqat karbyurator kichik o’lchamli, ixcham va soddaroq qilib ishlangan. Ehtiyot tarmoqdan karbyuratorga benzin o’tishini to’xtatish uchun benzobakda kran 18 mo’ljallangan dvigatel qisqa vaqt to’xtatilganda, o’t oldirish tarmog’i o’chiriladi, ko’proq vaqtga, yani 1-2 soatga to’xtatilganda esa tarmoq ventili ham berkitiladi. Ballon 5 tubida sarflash ventillari 1 va 3 dan tashqarii saqlash klapani 2, to’ldirish klapani 4 bor. Bunday ikkita yonilg’ida ishlashga mo’ljallangan universal ta’minlash tarmog’ida gaz bilan avtomobilni yurishi 400 km atrofida bo’lib, benzinda yo’l bosish 17 km ni tashkil etadi. Gaz ballonli uskunalarning konstruktivyechimi avtomobilning ishlatish soxasi va vazifasiga ko’ra har xil ishlash uslubiga ega.
    Zamonaviy gaz ballonli uskunalarda ballonlar soni to’rttadan (GAZ turkumiga kiruvchi yuk avtomobillari) to o’ntagacha (KamAZ) bo’lishi mumkin. Har bir o’rnatilgan gaz ballonining foydali sig’imi 50 l, eng katta bosimi 20 MPa (200 kgk |sm2). Bunda bita ballonda hosil bo’lgan gazning jamg’arilgan energiyasi avtomobilning 200-250 km gacha yo’l bosishini ta’minlaydi.
    Download 128.88 Kb.




    Download 128.88 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    9-mavzu: Turli xildagi (benzin dizel va gaz ) yoqilg’ilarida ishlaydigan dvigatellar ta’minlash tizimining vazifasi tuzilishi va ishlshi. Reja

    Download 128.88 Kb.