• hamma ham kompyuterga ega emas yoki onlayn xaridni  amalga oshirish uchun AKT savodxonligi yetarli darajada  emas; •




Download 132,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet137/382
Sana22.11.2023
Hajmi132,8 Mb.
#103163
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   382
Bog'liq
IAT 9-sinf Talabalar-uchun-darslik

hamma ham kompyuterga ega emas yoki onlayn xaridni 
amalga oshirish uchun AKT savodxonligi yetarli darajada 
emas;
Hamma ham buyurtma qilish va mahsulotlar haqini onlayn
tarzda toʻlash texnologiyasiga ishonmaydi.
6.14 Tanib olish tizimlar
Kitobning boshrogʻida, 2.02-boʻlimda MICR, OMR, RFID va OCR
haqida maʼlumot berilgandi. Quyidagilarni eslang:
MICR magnitli siyoh belgilarni oʻquvchi (Magnetic Ink
Character Reader) degan maʼnoni anglatadi; chekning
pastki qismidagi raqamlar magnitli siyohda chop etiladi
shu sababli hatto ularning ustiga yozilsa ham, maxsus rider 
yordamida ularni oʻqish mumkin.
OMR maxsus belgilarni optik aniqlash (Optical Mark 
Recognition) degan maʼnoni anglatadi hamda reyestr
yoki bir necha variantli javoblar varaqasi kabi belgi 
joylashtirish uchun boʻsh yerlari bor maxsus tayyorlangan
bosma nusxadagi shakllarni skanerlashni oʻz ichiga oladi.
Imtihondagi bir necha variantli savollar varaqasi OMRdan
alohida foydalanishga misol boʻladi.
RFID radio chastotasi identifikatsiyasi (Radio Frequency
Identification) degan maʼnoni anglatadi va u RDIF chipga
eg boʻlgan obyektning noyob identifikatorini skaner qila
oladi.
OCR belgini optik aniqlash (Optical Character Recognition)
boʻlib, skanerlangan qogʻoz hujjat matnidagi har bir belgini
oʻqib, uni matn protsessorida tahrirlash mumkin boʻlgan
shakda qayta yarata oladi.
Supermarketda kontaktsiz toʻlov orqali mahsulotlarni
xarid qilishda RFID texnologiyasidan (2.02-boʻlim) qanday
foydalanilishini koʻrgandingiz, buni pasportlar yoki
avtomobillarga ham qoʻllash mumkin.
Pasportlar
Koʻplab davlatlar pasportlarni qalbakilashtirishga qarshi
kurashish uchun oʻz migratsiya va immigratsiya qonunlarini
oʻzgartirmoqda. RFID skanerga ega kompyuter yoniga
RFID chipli pasport olib kelinganda, skaner chipni oʻzidagi
maʼlumotlarni tarqatish uchun yetarli energiya bilan
taʼminlaydi, keyin bu maʼlumotlar kompyuterda oʻqiladi.
Kichik chip oʻzida insonning oʻz shaxsini qalbakilashtirishini
imkonsiz qilib qoʻyish uchun yetarli boʻlgan maʼlumotlarni
saqlay oladi. Fotosuratlar, barmoq izlari va batafsil hujjatlar kabi 
maʼlumotlar chipga kodlanishi mumkin. Bu shaxs pasportidagi
fotosurati oʻzgartira olishi mumkin boʻlsa-da, chipda
saqlanadigan barmoq izlarini oʻzgartira olmasligini anglatadi.

Download 132,8 Mb.
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   382




Download 132,8 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



• hamma ham kompyuterga ega emas yoki onlayn xaridni  amalga oshirish uchun AKT savodxonligi yetarli darajada  emas; •

Download 132,8 Mb.
Pdf ko'rish