Biror vab-saytda mahsulot yoki xizmat xarid qilsangiz,
ismingiz,
manzilingiz va toʻlov maʼlumotlarini shakllarga kiritishingiz
kerak. Cookie fayllar maʼlumotlaringizni eslab qoladi, shu
sababli har safar shu veb-saytda nimadir
sotib olganingizda bir
xil shaklni qayta toʻldirishingiz shart boʻlmaydi.
Afsuski, baʼzi cookie fayllarning sizdan koʻra, ularni sizning
kompyuteringizga oʻrnatuvchi veb-saytlarga koʻproq yordami
tegadi. Baʼzi veb-saytlar manzilingiz va/yoki
veb-sahifalarni
koʻrish tarixingiz asosida oʻzlarining maqsadli reklamasiga
yordam berishi uchun cookie fayllardan foydalanadi; baʼzilar
esa siz boshqa hech kim bilishini
xohlamagan shaxsiy
maʼlumotlarni boshqalarga taqdim qiladi. Cookie fayllarning
ayrim turlari siz foydalanayotgan kompyuter va dasturlaringiz
turini aniqlay oladi va ayrimlari elektron pochta manzilingizni
ola bilishi mumkin. Ular bunday maʼlumotlarni reklama
beruvchilar, sizga spam xabarlarini yuborishni xohlaydigan
marketing kompaniyalar va shu kabilarga sotishi mumkin.